{"id":20852,"date":"2022-03-12T10:54:51","date_gmt":"2022-03-12T07:54:51","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=20852"},"modified":"2022-03-12T10:54:52","modified_gmt":"2022-03-12T07:54:52","slug":"olchash-texnikasi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/olchash-texnikasi\/","title":{"rendered":"O&#8217;LCHASH TEXNIKASI"},"content":{"rendered":"\n<p>O&#8217;LCHASH TEXNIKASI \u2014 ishlab chiqarish jarayonlari, tekshiriladigan ob&#8217;yektlarning xossalari va holatlarini ifodalovchi miqdorlarni qayd qilish usullari va vositalarini o&#8217;rganish hamda ishlab chiqish bilan shug&#8217;ullanadigan fan va texnika sohasi. Jismlarning og&#8217;irligini o&#8217;lchash usullari va tarozilar miloddan bir necha ming yil ilgari ham ma&#8217;lum bo&#8217;lgan. Vaqt, masofa, maydon va burchaklarni o&#8217;lchashda, qurilish ishlarida o&#8217;lchash usullaridan keng foydalanilgan. Qadimda ham ancha nozik o&#8217;lchash ishlari bajarilgan. Masalan, o&#8217;sha davrlarda yorug&#8217;lik nurining sinish burchagi va yer Meridianlari aniqlangan. Fan rivojlangan sari O&#8217;lchash texnikasi ham takomillashtirilib borilgan. Abu Rayhon Beruniy matematika, astronomiya, geodeziya va boshqalar fanlarga oid asarlarida o&#8217;lchash usullari va vositalarini yoritishga katta ahamiyat bergan. U yer shari o&#8217;lchamlarini aniqlashda oddiy va o&#8217;ziga xos usullarni qo&#8217;llagan. Ulug&#8217;bek osmon jismlarining koordinatalarini aniqlash, yulduzlar va sayyoralar orasidagi masofalarni, joylarning geografik kengligi va uzunligini o&#8217;lchash kabi amaliy astronomiya masalalarini o&#8217;z davrining turli-tuman o&#8217;lchov asboblari yordamida hal etgan. Taxminan 15 asrgacha O&#8217;lchash texnikasi matematika fanidan ajratilmagan. &#8220;Geometriya&#8221; (Yerni o&#8217;lchash), &#8220;Trigonometriya&#8221; (burchaklarni o&#8217;lchash), &#8220;uch o&#8217;lchov fazosi&#8221; va hokazo tushunchalar buning dalilidir. 16-18-asrlarga kelib, fizika fanining keng rivojlanishi natijasida O&#8217;lchash texnikasi ancha takomillashtirildi. Fizika o&#8217;sha vaqtlarda, asosan, tajriba va O&#8217;lchash texnikasiga to&#8217;la asoslangan edi. Takomillashtirilgan soat, mikroskop, barometr, termometr va ba&#8217;zi bir elektr o&#8217;lchash asboblari o&#8217;sha davrda yaratilgan. G. Galiley, I. Nyuton, X. Gyuygens va boshqalar olimlar o&#8217;lchov asboblarini yaratish va ularning nazariyalarini ishlab chiqish borasida muhim ilmiy tadqoqpt ishlari qilganlar. Metrologiya va O&#8217;lchash texnikasi nazariyasi asoslari, asosan, 19-asrda ishlab chiqildi. Bu vaqtga kelib fan va texnikada o&#8217;lchash birligini ta&#8217;minlovchi o&#8217;lchovlar metrik tizimi ishlatila boshlandi. 1893 yil Rossiyada o&#8217;lchov va tarozilar bosh palatasi tashkil qilindi. Palatani birinchi bo&#8217;lib D. I. Mendeleyev boshqardi. O&#8217;lchash texnikasining rivojlanishida 20-asr yangi davr hisoblanadi. Mexanika, issiqlik texnikasi va optikada ishlatiladigan kattaliklarni elektr usulida o&#8217;lchashga o&#8217;tildi. Keyinchalik bu usullar kimyo, geologiya va boshqalar sohalarda ham keng qo&#8217;llanila boshladi. Ko&#8217;plab elektr o&#8217;lchash asboblari yaratildi. Bu asboblar turli fizik kattaliklarni elektr kattaliklariga aylantirish, o&#8217;lchash natijalarini qabul qilish, uzoq masofalarga uzatish, matematik ishlash va avtomatik usulda boshqarish masalalarini ancha osonlashtirdi. O&#8217;lchash asboblarini ishlatish sohalari va o&#8217;lchanishi zarur bo&#8217;lgan kattaliklarning turiga ko&#8217;ra, chiziqli va burchak kattaliklarini o&#8217;lchash; mexanika, optika, akustika, issiklik fizikasi, fizikkimyo, elektr va magnit kattaliklarini o&#8217;lchash; chastota va vaqgni o&#8217;lchash; radiotexnika o&#8217;lchashlari va hokazolar. Telemetriya (uzoq masofadan o&#8217;lchash) sohasida radiotelemetriya yo&#8217;nalishi mavjud; u kosmik radiotelemetriya va raqamli o&#8217;lchashlarni o&#8217;z ichiga oladi. 20-asr 70-yillaridan boshlab O&#8217;lchash texnikasi ancha rivojlantirildi. Deyarli hamma sohalarda raqamli elektron o&#8217;lchash asboblarining sifati va ishonchliligi ancha oshirildi, mikroelektronika elementlari asosida yangi chidamli o&#8217;lchash asboblari va tizimlari yaratildi. Hozirgi zamon o&#8217;lchov apparatlari va sistemalari o&#8217;lchash natijalarini matematika usullari yordamida ishlash va ularni uzoq masofalarga uzatish imkoniyatiga ega. O&#8217;lchash tizimlarida turli signallar (elektr, akustika, yorug&#8217;lik va hokazolar) dan foydalaniladi. Hozir impulsli va raqamli o&#8217;lchash apparatlari keng qo&#8217;llanilmoqda. O&#8217;lchov, takt o&#8217;lchovi \u2014 musiqiy metrning miqdoriy tavsifi; taktdagi ritmik birliklarning soni va sifatini belgilaydi. Nota yozuvida kasr shaklida asar boshida yoki o&#8217;zgarganda ko&#8217;rsatiladi (masalan, 4 va boshqalar).<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O&#8217;LCHASH TEXNIKASI \u2014 ishlab chiqarish jarayonlari, tekshiriladigan ob&#8217;yektlarning xossalari va holatlarini ifodalovchi miqdorlarni qayd qilish usullari va vositalarini o&#8217;rganish hamda ishlab chiqish bilan shug&#8217;ullanadigan fan va texnika sohasi. Jismlarning og&#8217;irligini &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/olchash-texnikasi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[115],"tags":[],"class_list":["post-20852","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-o-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/20852","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=20852"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/20852\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":20859,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/20852\/revisions\/20859"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=20852"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=20852"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=20852"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}