{"id":20876,"date":"2022-03-12T12:05:54","date_gmt":"2022-03-12T09:05:54","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=20876"},"modified":"2022-03-12T12:05:55","modified_gmt":"2022-03-12T09:05:55","slug":"on-ikki-maqom","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/on-ikki-maqom\/","title":{"rendered":"O&#8217;N IKKI MAQOM"},"content":{"rendered":"\n<p>O&#8217;N IKKI MAQOM, o&#8217;n ikki maqom tizimi \u2014 13-17-asrlarda O&#8217;rta va yaqin Sharq mamlakatlari kasbiy musiqa amaliyotida qo&#8217;llangan nazariyamaliy tizim. Ustoz musiqachi va olimlarning bastakorlik va xalq ijodiyoti namunalarini muayyan ta&#8217;limot (tasavvuf) asosida ma&#8217;naviy va badiiy yaxlit holga keltirish ustida olib borgan izlanishlari natijasida yuzaga kelgan. Dastlab Safiuddin al Urmaviy va Qutbiddin Sheroziylarning musiqaga doir asarlarida ilmiy jihatdan ishlab chiqilgan va keyingi asrlarda Xoja Abdulqodir Marog&#8217;iy, Abdurahmon Jomiy, Zaynulobidin Husayniy, Najmiddin Kavkabiy, Darvishali Changiy va boshqalar tomonidan ijodiy davom ettirilgan. Ushbu ilmiy an&#8217;anaga ko&#8217;ra, tizimning tarkibi muayyan darajali pardalar uyushmalari \u2014 12 maqom, 6 ovoza, 24 sho\u2019ba, 3 rang va 24 murakkabot kabi guruhlarni o&#8217;z ichiga olgan. Noiniy, Darvishali Changiy va boshqalar mualliflar ko&#8217;rsatishicha, 12 maqom guruhi payg&#8217;ambarlar [odam ato, Nuh, Ya&#8217;qub, Ayyub, Dovud, Sulaymon, Muso, Muhammad (as)]dan qolgan ma&#8217;naviy meros asosida aniqlab olingan hisoblanadi. 12 maqomning serjihat (zohiriybotiniy) ma&#8217;nolar bilan yo&#8217;g&#8217;rilgan umumiy va xususiy nomlari bo&#8217;lgan. Umumiy nomlari &#8220;doira&#8221;, &#8220;halqa&#8221;, &#8220;jam'&#8221; kabi atalib, ularning mukammallik darajasiga va, ayni paytda, cheksiz samoda mavjud barcha harakatdagi olamlarning o&#8217;zaro bog&#8217;likdigi va birligi g&#8217;oyasiga ishora etgan. Jumladan, musiqiy risolalarda O&#8217;n ikki maqom pardalari turli (katta-kichik) hajmdagi doiralar shaklida ustma-ust aks ettirilgan bo&#8217;lib, bir (ilk) doiradan keyingi doiralargacha izchil (navbatma-navbat) o&#8217;tilganda ularning boshlang&#8217;ich (tayanch) pardalari muntazam ravishda bir bosqichga yuksalib borgan. Natijada yuksalib boruvchi aylanma harakat yuzaga kelgan va u eng kichik doira bilan nihoyasiga yetgan. O&#8217;n ikki maqomning xususiy nomlari zanjirida ham tariqat maqomlariga bog&#8217;liq ma&#8217;naviy yuksalish g&#8217;oyasi o&#8217;ziga xos tarzda in&#8217;ikosini topgan. Bunda 1 &#8220;Ushshoq&#8221; maqomi \u2014 yo&#8217;l (tariqat)ga talabgor davrasini, 2 &#8220;Navo&#8221; \u2014 ularning ishq quyini (navo chekishni), 3 &#8220;Busalik&#8221; (Abu salik \u2014 ahd otasiga ishora) \u2014 oshiqning tariqat yo&#8217;liga kirishga ahd bog&#8217;lanishini anglatadi. Keyingi 7 maqom nomlarida oshiqlarning &#8220;yo&#8217;l&#8221; sayrlari va manzillari ulug&#8217;haj safariga qiyos etilgan. Shunga qo&#8217;ra, 4 &#8220;rost&#8221; \u2014 to&#8217;g&#8217;ri (tariqat) yo&#8217;lini, 5 &#8220;Husayniy&#8221; \u2014 pirumurshid (yo&#8217;l boshchi)ni, 6 &#8220;Hijoz&#8221; \u2014 Makkai Mukarrama va Madinai Munavvara shaharlari joylashgan sarhadyo&#8217;lning asosiy maqsad timsolini, 7 &#8220;Rohaviy&#8221; \u2014 yo&#8217;l (suluk)ni, 8 &#8220;zangula&#8221; (tuya bo&#8217;yniga ilinadigan qo&#8217;ng&#8217;iroq) \u2014 yo&#8217;ldagi karvon timsolini, 9 &#8220;Iroq&#8221; va 10 &#8220;Isfahon&#8221; \u2014 maqsadga yaqin kelishlik ma&#8217;nolarida keladi. Zero haj (Hijoz) yo&#8217;lida Iroq mamlakatining bepoyon cho&#8217;llaridan o&#8217;tilgan, &#8220;Isfahon&#8221; esa ana shu maqsadga yaqin kelishlikni ramz etadi. So&#8217;ngti ikki maqom \u2014 11 &#8220;Zirafkand&#8221; (to&#8217;shak, yotish payti) va 12 &#8220;Buzurg&#8221; (ulug&#8217;, buyuk) nomlarida safarbarlik harakati poyoniga yetganligi anglashiladi. Zirafkandning yana bir qo&#8217;shimcha nomi \u2014 &#8220;Ko&#8217;chak&#8221; (kichik) bo&#8217;lib, u o&#8217;zidan so&#8217;ng kelgan &#8220;Buzurg&#8221; (katta) bilan o&#8217;zaro nisbatda so&#8217;fiylarning kichik (inson) va katta olamning o&#8217;zaro birligi, uyg&#8217;unligi haqidagi so&#8217;fiyona qarashlarga ishora etilgan. O&#8217;n ikki maqom nomlari tasavvuf adabiyotida ham asosan ulug&#8217; yo&#8217;l safarini ifodalash uchun qo&#8217;llanib kelingan: Gar Sifohonda Navo topmasang, ey yori Buzurg, Qilg&#8217;asan azmi Iroq, aylab ohangi Hijoz. (Hofiz Xorazmiy). Ey, Navoiy, sen dog&#8217;i qilsang tama&#8217; sayri Hijoz, Qil Iroq ohangi, tark aylab Xuroson men kabi. (Navoiy). O&#8217;n ikki maqom tizimidan o&#8217;rin olgan ovoza va sho\u2019ba guruhlari pardalarining sifat tuzilishi nuqtai nazaridan 12 maqomdan keyingi darajalarni tashkil etadi. Jumladan, sho\u2019balar guruhida Sharq xalqlari (turk, Eron, Arab va boshqalar) qadimiy kuyashulalarining ohanglari tovushqatorlar tarzida tasnif etilgan. Ular kasbiy musiqa kesimida mustaqil badiiy qiymatga ega bo&#8217;lmagan ko&#8217;rinadi. Chunki ular, asosan, ikki (Dugoh, Mubarqa&#8217;), uch (Segoh, Rakb, Zovuliy) to&#8217;rt (Chorgoh) kabi tarkibi kam sonli nomukammal tovushlar uyushmasidan iborat bo&#8217;lgan. Ularni talab (komillik) darajasiga qadar rivojlantirish maqsadida 12 maqomning har biriga ikkitadan sho\u2019ba biriktirilgan. Bunda O&#8217;n ikki maqomning mukammal pardalari musiqiy yo&#8217;l (suluk) o&#8217;rnida namoyon bo&#8217;lib, sho\u2019ba kuy tuzilmalari esa muayyan maqomning parda bosqichlariga tayangan holda rivojlantirilgan. Masalan, ikki pog&#8217;onali Dugoh sho\u2019basi Husayniy maqomiga, uch pog&#8217;onali Segoh sho\u2019basi Hijoz maqomiga, to&#8217;rt pog&#8217;onali Chorgoh sho\u2019basi Zangula maqomi pardalariga bog&#8217;langan. O&#8217;n ikki maqom tizimining O&#8217;rta Osiyoda uzil-kesil shakllanishi va uning mumtoz ko&#8217;rinishlari qaror topishi Amir Temur va Temuriylar davriga to&#8217;g&#8217;ri keladi. Mazkur tizimning tarixiy rivojlanishi pirovardida Shashmaqom, Xorazm maqomlari hamda Farg&#8217;ona\u2014Toshkent maqom yo&#8217;llari yuzaga kelgan. Ad.: Rajabov I., Maqomlar masalasiga doir, T., 1963; Ibrohimov O., Maqom va makon, T, 1996. Oqilxon Ibrohimov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O&#8217;N IKKI MAQOM, o&#8217;n ikki maqom tizimi \u2014 13-17-asrlarda O&#8217;rta va yaqin Sharq mamlakatlari kasbiy musiqa amaliyotida qo&#8217;llangan nazariyamaliy tizim. Ustoz musiqachi va olimlarning bastakorlik va xalq ijodiyoti namunalarini muayyan &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/on-ikki-maqom\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[115],"tags":[],"class_list":["post-20876","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-o-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/20876","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=20876"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/20876\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":20883,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/20876\/revisions\/20883"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=20876"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=20876"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=20876"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}