{"id":20970,"date":"2022-03-12T14:11:11","date_gmt":"2022-03-12T11:11:11","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=20970"},"modified":"2022-03-12T14:11:12","modified_gmt":"2022-03-12T11:11:12","slug":"orik","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/orik\/","title":{"rendered":"O&#8217;RIK"},"content":{"rendered":"\n<p>O&#8217;RIK \u2014 ra&#8217;noguldoshlar oilasiga mansub daraxtlar turkumi; mevali o&#8217;simlik. Vatani \u2014 O&#8217;rta Osiyo. Osiyoda 10 turi ma&#8217;lum. Oddiy O&#8217;rik (A. us1\u00a7ap8), Manchjuriya O&#8217;riki (A.taps)\u00a7pipsa), Sibir O&#8217;riki (A.8yztsa), David O&#8217;riki (A. (1au1alapa) va qora O&#8217;rik (A. yazusagra) turlari keng tarqalgan. Shimoliy Hindiston, Eron, Turkiya, Italiya, Ispaniya, shimoliy va Janubiy Afrika, Shimoliy Amerika mamlakatlari va Avstraliya, O&#8217;rta Osiyo, Zakavkaze hamda Rossiyaning Evropa qismi Janubda yetishtiriladi. O&#8217;rta Osiyoda va Xitoyda 5 ming yil, Janubiy Yevropada 2 ming yil oldin madaniylashtirilgan. 500 dan ortiq navi bor. Jahon bo&#8217;yicha yalpi hosili 2,7 million tonna. O&#8217;zbekistonda 35 ming tonna (1999), ekin maydoni jihatidan mevali daraxtlar orasida 4-o&#8217;rinni egallaydi. O&#8217;zbekistonda, asosan, oddiy O&#8217;rik turi ekiladi. Bo&#8217;yi 5-8 metr, shoxshabbasi keng. Bargi keng tuxumsimon, guli oq yoki pushti, barg yozishdan oldin ochiladi. Mevasi etli, yumaloq, tuxumsimon, oq, sariq, qizg&#8217;ish; danagidan ajraladigan va ajralmaydigan xillari bor, shirin, shirinnordon. Tarkibida 14-16% qand, 0,6\u2014 1,2% olma, limon va boshqalar kislotalar, 28-31% quruq modda, S, RR vitamini, 0,38\u20141,27% pektin, 10 mg gacha karotin, danagi mag&#8217;zi shirin (ayrim navlariniki achchiq), tarkibida 29-58% yog&#8217; bor. Yangiligida yeyiladi, turshak, bargak solinadi, konserva (murabbo, jem, kompot), qaysa qilinadi. Danagidan danaksho&#8217;rak tayyorlanadi, xalq tabobatida mevasi va turshagidan yurakqon tomir tizimi kasalliklarini davolashda foydalaniladi. O&#8217;rik yaxshi asal beruvchi daraxt, danagidan va payvand qilib ko&#8217;paytiriladi. Payvandtag sifatida yovvoyi O&#8217;rik, olcha, bodom va shaftolidan foydalaniladi. Hosildorligi 80-120 tsentner\/gektar. Ekilganidan so&#8217;ng 4\u20145 yili hosil beradi, 15-17 yoshda to&#8217;liq hosilga kiradi. O&#8217;zbekistonda mart\u2014aprelda gullaydi, naviga qarab may\u2014iyulda pishadi. O&#8217;rik issiqsevar, yorug&#8217;sevar, qurg&#8217;oqchilik va issiqlikka chidamli, lekin namlik yetishmaganda hosilli vdoxlari meva tugmaydi. Gullagan paytda bahorgi qorasovuqlardan zararlanadi. Ko&#8217;chati kuzda va bahorda 6&#215;8, ihota daraxti sifatida 4&#215;6 metr sxemada ekiladi. O&#8217;rikka vazasimon yoki pog&#8217;onasimon shakl beriladi, bahorda bir yillik novdalarining 1\/3, 2\/3 qismi kesib turiladi. O&#8217;rik unumdor, serquyosh, bo&#8217;z hamda shag&#8217;altoshli sug&#8217;oriladigan yerlarda yaxshi o&#8217;sadi. O&#8217;zbekistondagi o&#8217;rikzorlarning asosiy qismi Farg&#8217;ona vodiysi va Zarafshon vohasida joylashgan, O&#8217;rta Osiyoda O&#8217;rikning 500 dan ortiq navlari va klonlari uchraydi. 20-asrning 30-yillaridan boshlab 40 dan ortiq xalq va ilmiy selektsiya navlari rayonlashtirilgan. O&#8217;zbekistonda O&#8217;rikning Ahroriy, Subhoniy, Gulungi luchchak, Mirsanjali, Ko&#8217;rsodiq, Xurmoi, Isfarak, javpazak, oq o&#8217;rik, Navoiy, Shalax, Ruhi Juvanon, Mohtobi va boshqalar ko&#8217;plab navlari ekiladi. Kasalliklari: kulrang chirish, klyasterosporioz, bakterial rak va boshqalar zararkunandalari: uzunburunlar, tillaqo&#8217;ng&#8217;izlar, o&#8217;rik filchasi, o&#8217;rik tunlami va boshqalar Ad.: Pomologiya Uzbekistana, T., 1983; Mirzaev M.M., Kultura abrikosa v Uzbekistane, T., 2002. Sulton Xolnazarov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O&#8217;RIK \u2014 ra&#8217;noguldoshlar oilasiga mansub daraxtlar turkumi; mevali o&#8217;simlik. Vatani \u2014 O&#8217;rta Osiyo. Osiyoda 10 turi ma&#8217;lum. Oddiy O&#8217;rik (A. us1\u00a7ap8), Manchjuriya O&#8217;riki (A.taps)\u00a7pipsa), Sibir O&#8217;riki (A.8yztsa), David O&#8217;riki (A. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/orik\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[115],"tags":[],"class_list":["post-20970","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-o-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/20970","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=20970"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/20970\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":20976,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/20970\/revisions\/20976"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=20970"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=20970"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=20970"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}