{"id":21022,"date":"2022-03-12T15:49:40","date_gmt":"2022-03-12T12:49:40","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=21022"},"modified":"2022-03-12T15:49:41","modified_gmt":"2022-03-12T12:49:41","slug":"orindoshlik","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/orindoshlik\/","title":{"rendered":"O&#8217;RINDOSHLIK"},"content":{"rendered":"\n<p>O&#8217;RINDOSHLIK \u2014 asosiy lavozim bilan bir vaqtda boshqa maoshli lavozimni egallab turish, shuningdek, asosiy ishdan tashqari haq to&#8217;lanadigan boshqa ishni muntazam bajarish. O&#8217;zbekiston Respublikasi mehnat qonunchiligiga ko&#8217;ra, O&#8217;rindoshlik bo&#8217;yicha ishga qabul qilish mehnat shartnomasi tuzish va ishga qabul qilish haqida buyruq chiqarish yo&#8217;li bilan rasmiylashtiriladi. O&#8217;rindoshlik bo&#8217;yicha ishga kirayotgan shaxsdan u ishlab turgan korxona tomonidan ruxsat berilishi, mehnat daftarchasi talab etilmaydi, uning o&#8217;rniga doimiy ish joyidan ma&#8217;lumotnoma taqdim etilishi lozim. Xodimning iltimosi bilan uning doimiy ish joyida O&#8217;rindoshlik bo&#8217;yicha ishlayotgani haqida daftarchasiga yozuv kiritilishi mumkin. O&#8217;rindoshlik. bo&#8217;yicha ishlayotgan shaxs o&#8217;rniga doimiy xodim ishga qabul qilinishi munosabati bilan ishdan bo&#8217;shatilishi mumkin (O&#8217;zbekiston Respublikasining MK, 100-modda, 2-qism, 5-band). O&#8217;rindoshlik bo&#8217;yicha ishlayotgan shaxsning ish vaqti 1 kunda 4 soatdan ko&#8217;p bo&#8217;lishi mumkin emas (dam olish kunlari to&#8217;liq ish kuni). O&#8217;rindoshning ish vaqti jami oylik ish vaqti normasining yarmidan ko&#8217;payib ketishiga yo&#8217;l qo&#8217;yilmaydi. Faqat bitta joyda O&#8217;rindoshlik asosida ishlash mumkin. O&#8217;rindoshlik bo&#8217;yicha ishlayotgan shaxs umumiy asoslarda yillik mehnat ta&#8217;tilidan foydalanadi va unga asosiy ish joyidagi ta&#8217;til bilan bir vaqtda ta&#8217;til berilishi lozim. Ta&#8217;til vaqti uchun o&#8217;rindosh xodimning ish joyi (lavozimi) hamda o&#8217;rtacha ish haqi saqlanadi. Bir paytning o&#8217;zida ikki rahbarlik lavozimida O&#8217;rindoshlik bo&#8217;yicha ishlash mumkin emas. O&#8217;rindosh xodimga amalda bajargan ish hajmiga ko&#8217;ra (agar ishbay ishlasa) yoki ishlagan va ishiga mutanosib holda (vaqtbay ishlasa \u2014 0,5 stavkadan ko&#8217;p bo&#8217;lmagan miqdorda) ish haqi to&#8217;lanadi. Korxonada belgilangan mukofot va boshqalar ustama haqlar jamoa shartnomasida belgilab qo&#8217;yilgani bo&#8217;yicha o&#8217;rindosh xodimga ham to&#8217;lanishi, unga korxona xodimlari uchun belgilangan boshqa imtiyozlar berilishi, kafolatli to&#8217;lovlar to&#8217;lanishi mumkin. Ularni xizmat safariga yuborish kelishuvga ko&#8217;ra va asosiy ish joyidagi ish xususiyatlari hisobga olingani holda amalga oshiriladi. Ta&#8217;lim, sog&#8217;liqni saqlash, madaniyat, san&#8217;at va boshqalar ayrim soha mutaxassislarining ba&#8217;zi toifalariga bir necha muassasada O&#8217;rindoshlik bo&#8217;yicha ishlashiga ruxsat etiladi. 18 yoshga to&#8217;lmagan xodimlarning O&#8217;rindoshlik bo&#8217;yicha ishlashiga ruxsat etilmaydi. Shuningdek, ishining xususiyati (intensivligi, xatarlilik darajasi va boshqalar) hisobga olingani holda ayrim toifa xodimlarning O&#8217;rindoshlik bo&#8217;yicha ishlashi korxona ish beruvchisi tomonidan xodimlar vakillik organi bilan kelishilgan holda cheklab qo&#8217;yilishi mumkin. Davlat xizmatchilarining ayrim toifalari (masalan, prokuratura, davlat soliq xizmati organlari xodimlari, sudyalar, notariuslar, bank boshqaruvchilari va boshqalar) uchun O&#8217;rindoshlik bo&#8217;yicha ishlash qonun hujjatlari bilan taqiqlanadi. Yo&#8217;ldosh Tursunov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O&#8217;RINDOSHLIK \u2014 asosiy lavozim bilan bir vaqtda boshqa maoshli lavozimni egallab turish, shuningdek, asosiy ishdan tashqari haq to&#8217;lanadigan boshqa ishni muntazam bajarish. O&#8217;zbekiston Respublikasi mehnat qonunchiligiga ko&#8217;ra, O&#8217;rindoshlik bo&#8217;yicha ishga &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/orindoshlik\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[115],"tags":[],"class_list":["post-21022","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-o-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21022","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=21022"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21022\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":21026,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21022\/revisions\/21026"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=21022"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=21022"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=21022"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}