{"id":21032,"date":"2022-03-12T17:33:30","date_gmt":"2022-03-12T14:33:30","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=21032"},"modified":"2022-03-12T17:33:32","modified_gmt":"2022-03-12T14:33:32","slug":"ormon-resurslari","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/ormon-resurslari\/","title":{"rendered":"O&#8217;RMON RESURSLARI"},"content":{"rendered":"\n<p>O&#8217;RMON RESURSLARI \u2014 tabiat resurslarining eng muhim turlaridan biri; mamlakat hududidagi o&#8217;rmon (yog&#8217;och) zaxiralari, yem-xashak, ovchilik resurslari, yovvoyi o&#8217;simliklarning mevalari, dorivor o&#8217;simliklar va boshqalarni o&#8217;z ichiga oladi. 20-asrning 80-yillaridagi ma&#8217;lumotlarga ko&#8217;ra, yer sharida quruqlikning 30% ni o&#8217;rmonlar tashkil etadi. Jahon bo&#8217;yicha umumiy o&#8217;rmon yerlari maydoni 4 milliard gektar, shundan yalpi o&#8217;rmonzorlar 3 milliard gektar; jami yog&#8217;och zaxirasi 356,7 milliard metr kub, har yili tayyorlanadigan yog&#8217;och miqdori 3 milliard metr kubdan ko&#8217;proq. O&#8217;rmonlarda yog&#8217;ochlarning yillik o&#8217;sishi 3,2 milliard metr kubni tashkil etadi. Lotin Amerikasi yog&#8217;och zaxiralarining ko&#8217;pligi jihatidan qit&#8217;alar ichida 1 o&#8217;rinda turadi. Rossiya, AQSh, Kanada va Braziliya yirik O&#8217;rmon resurslariga ega. O&#8217;rmon resurslarining asosiy qimmatli mahsuloti \u2014 bu sanoat va qurilishning ko&#8217;pgina tarmoqlarida ishlatiladigan, o&#8217;rmon daraxtlarini kesib tayyorlanadigan yog&#8217;ochdir. O&#8217;rmon resurslaridan sanoat usulida foydalanishda undagi daraxtlarning tur tarkibi katta ahamiyatga ega. O&#8217;rmon sanoatida yog&#8217;ochi yuqori sifatli bo&#8217;lgan ignabargli, yumshoq bargli va qattiq bargli daraxt turlari qo&#8217;p ishlatiladi, yumshoq bargli turlari (qayin, tog&#8217;terak, olxa va boshqalar)dan kam foydalaniladi. Yuqori sifatli qayin daraxtlari faqat faner, mebel kabilarni tayyorlashda ishlatiladi. O&#8217;rmon resurslarining daraxtlardan boshqa boyliklaridan muhimlari oziq-ovqat resurslari, yem-xashak resurslari (pichanzor, yaylovlar)dir. O&#8217;zbekiston o&#8217;rmonlarining muhim ekologik va himoya xususiyatiga ega ekanligi va yog&#8217;och zaxirasining kamligi (12 million metr kub) sababli sanoat asosida yog&#8217;och kesish ishlari olib borilmaydi. Hozirda farmakologiya sanoatida ishlab chiqarilayotgan tibbiyot preparatlarining 40% dan oshiqrog&#8217;i o&#8217;rmon daraxtlari va butalar po&#8217;stlog&#8217;i, bargi, mevalari, turli o&#8217;tlarning ildizidan tayyorlanmoqda. Respublikada 22 ta o&#8217;rmon xo&#8217;jaligi va 8 ta dorivor o&#8217;simliklar yetishtirishga ixtisoslashgan xo&#8217;jaliklarda 15 turdan ortiq shifobaxsh o&#8217;simliklar (polpola, anzur piyoz, moychechak, totim, arslonquyruq, bo&#8217;yimodaron va boshqalar) ekib ko&#8217;paytiriladi. Har yili mazkur xo&#8217;jaliklarda 450-500 tonnadan ziyod dorivor o&#8217;simliklar xom ashyosi tayyorlab, iste&#8217;molchilarga yetkazib beriladi. Kesilgan o&#8217;rmonlarga daraxtlar ekish, yangi o&#8217;rmonzorlar barpo etish O&#8217;rmon resurslarini qayta tiklashning samarali usuli bo&#8217;lib, o&#8217;rmonlarda ulardan uzoq muddat samarali foydalanishni ta&#8217;minlaydi. O&#8217;rmonlarning oziq-ovqat resurslariga qo&#8217;ziqorin, mevalar, yong&#8217;oqlar, iste&#8217;mol qilinadigan o&#8217;tlar, ildizmevalar, yovvoyi hayvonlar va ovlanadigan qushlar, shuningdek, asalari mahsulotlari, ozuqabop yem-xashak resurslariga tayyorlanadigan pichan, har xil o&#8217;tlar, hayvonlar iste&#8217;mol qiladigan mevalar kiradi. O&#8217;rmon asalarichilikni rivojlantirish, turli hayvonlar va qushlarning yashashi, oziqlanishi, ko&#8217;payishi uchun qulay muhitdir. Abdushukur Xonazarov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O&#8217;RMON RESURSLARI \u2014 tabiat resurslarining eng muhim turlaridan biri; mamlakat hududidagi o&#8217;rmon (yog&#8217;och) zaxiralari, yem-xashak, ovchilik resurslari, yovvoyi o&#8217;simliklarning mevalari, dorivor o&#8217;simliklar va boshqalarni o&#8217;z ichiga oladi. 20-asrning 80-yillaridagi ma&#8217;lumotlarga &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/ormon-resurslari\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[115],"tags":[],"class_list":["post-21032","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-o-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21032","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=21032"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21032\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":21036,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21032\/revisions\/21036"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=21032"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=21032"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=21032"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}