{"id":21037,"date":"2022-03-12T18:01:18","date_gmt":"2022-03-12T15:01:18","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=21037"},"modified":"2022-03-12T18:01:21","modified_gmt":"2022-03-12T15:01:21","slug":"ormon-fondi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/ormon-fondi\/","title":{"rendered":"O&#8217;RMON FONDI"},"content":{"rendered":"\n<p>O&#8217;RMON FONDI \u2014 mamlakat hududidagi jami o&#8217;rmonlar majmui. O&#8217;zbekistonda o&#8217;rmonlar davlat mulki \u2014 umummilliy boylik bo&#8217;lib, davlat tomonidan qo&#8217;riqlanadi va yagona davlat O&#8217;rmon fondi deb ataladi. Davlat O&#8217;rmon fondi davlat ahamiyatiga ega bo&#8217;lgan (davlat o&#8217;rmon xo&#8217;jaligi organlari qaramog&#8217;idagi o&#8217;rmonlar) hamda boshqa idoralar va yuridik shaxslar foydalanadigan o&#8217;rmonlarga bo&#8217;linadi. Qishloq xo\u2019jaligi uchun mo&#8217;ljallangan yerlardagi daraxtlar va to&#8217;p-to&#8217;p daraxtlar, ekinzorlarning ihota daraxtzorlari, shuningdek, boshqa daraxtzorlar va butalar; temir yo&#8217;l, avtomobil yo&#8217;llari, kanallar va boshqalar suv ob&#8217;yektlarining ajratilgan mintaqalaridagi ihota daraxtzorlari; shaharlar va boshqalar aholi punktlaridagi to&#8217;pto&#8217;p daraxtlar, shuningdek, ko&#8217;kalamzorlashtirish uchun ekilgan o&#8217;simliklar; tomorqalardagi va bog&#8217; uchastkalaridagi daraxtlar hamda to&#8217;p-to&#8217;p daraxtlar davlat O&#8217;rmon fondi tarkibiga kirmaydi. O&#8217;rmon bilan qoplangan yerlar, shuningdek, o&#8217;rmon bilan qoplanmagan, ammo o&#8217;rmon xo&#8217;jaligi ehtiyojlari uchun berilgan yerlar O&#8217;rmon fondi yerlari deb ataladi. O&#8217;zbekistonda O&#8217;rmon fondi tog&#8217; o&#8217;rmonlari (tog&#8217;lar qiyaliklaridagi archazorlar, pistazorlar, yong&#8217;oqzorlar va boshqalardan tashkil topgan o&#8217;rmonlar), qumli cho&#8217;l o&#8217;rmonlari (saksovul, qandim, cherkez va boshqalar o&#8217;sadigan hamda qorako&#8217;lchilikda yaylov sifatida foydalaniladigan cho&#8217;llar), to&#8217;qay o&#8217;rmonlari (Daryo yoqalarida, Daryo orollarida o&#8217;sadigan turang&#8217;il, jiyda, yulg&#8217;un, chingil, shumtol va boshqalar daraxtzorlar va butazorlar)dan tashkil topgan. O&#8217;zbekistonda O&#8217;rmon fondi umumiy yer maydoni 8544,1 ming gektar yoki Respublika umumiy yer maydonining 20% ni tashkil qiladi (2004). O&#8217;rmon bilan qoplangan maydonlar (ming gektar) \u2014 2391,4 shu jumladan, sun&#8217;iy o&#8217;rmonlar 207,1, yosh o&#8217;rmonzorlar 152,9; siyrak o&#8217;rmonlar \u2014 247,8; daraxtsiz, ochiq maydonlar \u2014 285,3. O&#8217;rmonlarning xalq xo&#8217;jaligidagi ahamiyatini hisobga olgan holda O&#8217;zbekistondagi barcha o&#8217;rmonlar 1-guruh o&#8217;rmonlariga kiritilgan (2001). O&#8217;rmon fondida alohida qimmatga ega bo&#8217;lgan o&#8217;rmon mavzelari (ming gektar) \u2014 86,7; davlat qo&#8217;riqxona o&#8217;rmonlari \u2014 226,8; davlat milliy tabiat bog&#8217;lari o&#8217;rmonlari \u2014 24,1; ilmiy va tarixiy ahamiyatga ega bo&#8217;lgan o&#8217;rmonlar \u2014 12,4; eroziya himoya o&#8217;rmonlari \u2014 1135,1. O&#8217;rmon fondi yerlari tog&#8217; zonasida 1200,9 ming gektarni, qumli cho&#8217;llar zonasida 7190,8 ming gektarni, daryo bo&#8217;yidagi to&#8217;qayzorlarda 88,8 ming gektarni, vodiylarda 52,2 ming gektarni tashkil etadi. O&#8217;rmon fondi asosan, cho&#8217;l (83,3%) va tog&#8217; (15,7%) zonalarida joylashgan. Respublika O&#8217;rmon fondining eng katta maydoni Qoraqalpog&#8217;istonda (54,8%), umumiy maydonining 20,8% esa Navoiy viloyatida joylashgan. Abdushukur Xonazarov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O&#8217;RMON FONDI \u2014 mamlakat hududidagi jami o&#8217;rmonlar majmui. O&#8217;zbekistonda o&#8217;rmonlar davlat mulki \u2014 umummilliy boylik bo&#8217;lib, davlat tomonidan qo&#8217;riqlanadi va yagona davlat O&#8217;rmon fondi deb ataladi. Davlat O&#8217;rmon fondi davlat &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/ormon-fondi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[115],"tags":[],"class_list":["post-21037","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-o-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21037","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=21037"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21037\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":21040,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21037\/revisions\/21040"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=21037"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=21037"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=21037"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}