{"id":21039,"date":"2022-03-12T18:02:03","date_gmt":"2022-03-12T15:02:03","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=21039"},"modified":"2022-03-12T18:02:03","modified_gmt":"2022-03-12T15:02:03","slug":"ormon-xojaligi-instituti","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/ormon-xojaligi-instituti\/","title":{"rendered":"O&#8217;RMON XO&#8217;JALIGI INSTITUTI"},"content":{"rendered":"\n<p>O&#8217;RMON XO&#8217;JALIGI INSTITUTI, O&#8217;zbekiston o&#8217;rmon xo&#8217;jaligi ilmiy tadqiqot instituti \u2014 o&#8217;rmonchilik sohasidagi yirik ilmiy markaz. Toshkent shahrida joylashgan. Dastlab 1932 yilda O&#8217;zbekiston, Tojikiston, Turkmanistondagi o&#8217;rmon tajriba stansiyalari va tayanch punktlarini o&#8217;z tarkibiga olgan O&#8217;rta Osiyo o&#8217;rmonchilik Markaziy tajriba stansiyasi sifatida tashkil topgan. 1934 yildan O&#8217;zbekiston fan qo&#8217;mitasi agroo&#8217;rmon melioratsiyasi va o&#8217;rmon xo&#8217;jaligi sektori, 1940 yildan O&#8217;zbekiston agroo&#8217;rmon meliorasiyasi va o&#8217;rmon xo&#8217;jaligi ilmiy tekshirish instituti, 1948 yildan O&#8217;rta Osiyo o&#8217;rmon xo&#8217;jaligi ilmiy tekshirish instituti, 1992 yildan hozirgi nomda. Instituti tarkibida (2005): 3 ta ilmiy bo&#8217;lim, 8 ta sektor va 2 ta guruh, laboratoriya, patent, ilmiy-texnik ma&#8217;lumotlar bo&#8217;limi va ilmiy kutubxona mavjud. 4 ta (Chatqol, Qo&#8217;qon, Qoraqum, Mirzacho&#8217;l) tajriba stansiyalari, Buxoro tayanch punkti hamda &#8220;O&#8217;rmonmash&#8221; kichik korxonasi, tajriba \u2014 ishlab chiqarish xo&#8217;jaligi va tajriba o&#8217;rmon uchastkasi bor. Institutda o&#8217;rmon-meliorativ usullar bilan cho&#8217;l yaylovlari samaradorligini oshirish; qumli cho&#8217;llarda o&#8217;simlik (juzg&#8217;un) urug&#8217;i ekadigan mashinalar yaratish; sellar vujudga keladigan manbalarda o&#8217;rmonzorlar barpo etish; xandon pistaning sanoat plantatsiyalarini yaratish; imoratbop teraklarning sanoat plantattsiyalarini yaratish texnologiyasini ishlab chiqish; o&#8217;simliklarning genetik resurslarini o&#8217;rganish va respublika Florasini saqlash, boyitish, ulardan foydalanish; o&#8217;rmon xo&#8217;jaligi uchun mashinalar sistemasini ishlab chiqish va boshqalar yo&#8217;nalishlarda ilmiy tadqiqotlar olib boriladi. Institutda tog&#8217; o&#8217;rmon melioratsiyasi sohasida eroziya va selga qarshi o&#8217;rmon ihotazorlari barpo etish nazariyasi va amaliyoti ishlab chiqildi, tog&#8217; qiyaliklarida lalmi bog&#8217;lar barpo etish, tog&#8217; o&#8217;rmonlarining mahsuldorligini oshirish va qayta tiklash usullari yaratildi. Eroziyaga yo&#8217;l qo&#8217;ymaydigan daraxtbutalar turxilini yetishtirish, o&#8217;rmon urug&#8217;chiligi, o&#8217;rmon daraxtlari selektsiyasi, cho&#8217;llarni o&#8217;rmonmeliorativ usullari bilan o&#8217;zlashtirish, ko&#8217;chma qumlarni mustahkamlash va o&#8217;rmon barpo etish, cho&#8217;l o&#8217;rmonlarida xo&#8217;jalik qumlarini mustahkamlash va o&#8217;rmonlar barpo etish, cho&#8217;l o&#8217;rmonlarida xo&#8217;jalik ishlari olib borish, cho&#8217;l maydonlarida yailov ihotazorlari va meliorativ ozuqalari barpo etish agrotexnikasi, o&#8217;rmon daraxtlarini zararkunanda va kasalliklardan himoya qilishning zamonaviy usullari ishlab chiqildi. Yong&#8217;oq va pistaning sanoat plantasiyalarini barpo etish maqsadida qimmatli nav va shakllarni yaratish, qora saksovul va archaning o&#8217;rmonurug&#8217;chilik plantatsiyalarini barpo etish va boshqalar ishlar amalga oshirildi. Mexanizatsiya bo&#8217;limida o&#8217;rmon xo&#8217;jaligida qo&#8217;llaniladigan 20 ga yaqin mashinalar yaratildi. Institut faoliyati prof.lar V.L.Drobov, V.M.Savich, F.K. Kocherga, V.M.Rovskiy, G.P.Ozolin, M.B. Doshchanov, A.A. Xonazarov, A. K. Qayimov va boshqalar olimlarning nomlari bilan bog&#8217;liq. 2005 yilda institut bazasida Respublika manzarali bog&#8217;dorchilik va o&#8217;rmon xo&#8217;jaligi ilmiy \u2014 ishlab chiqarish markazi tashkil etildi. Abdushukur Xonazarov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O&#8217;RMON XO&#8217;JALIGI INSTITUTI, O&#8217;zbekiston o&#8217;rmon xo&#8217;jaligi ilmiy tadqiqot instituti \u2014 o&#8217;rmonchilik sohasidagi yirik ilmiy markaz. Toshkent shahrida joylashgan. Dastlab 1932 yilda O&#8217;zbekiston, Tojikiston, Turkmanistondagi o&#8217;rmon tajriba stansiyalari va tayanch punktlarini &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/ormon-xojaligi-instituti\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[115],"tags":[],"class_list":["post-21039","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-o-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21039","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=21039"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21039\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":21042,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21039\/revisions\/21042"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=21039"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=21039"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=21039"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}