{"id":21080,"date":"2022-03-12T19:35:27","date_gmt":"2022-03-12T16:35:27","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=21080"},"modified":"2022-03-12T19:35:28","modified_gmt":"2022-03-12T16:35:28","slug":"orta-dengiz","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/orta-dengiz\/","title":{"rendered":"O&#8217;RTA DENGIZ"},"content":{"rendered":"\n<p>O&#8217;RTA DENGIZ \u2014 Atlantika okeanining materiklar o&#8217;rtasidagi dengizi, Afrika bilan Yevrosiyo oralig&#8217;ida. Gibraltar bo&#8217;g&#8217;ozi orqali Atlantika okeani bilan, Dardanell bo&#8217;g&#8217;ozi orqali Marmar dengizi, Bosfor bo&#8217;g&#8217;ozi orqali Qora dengiz, Suvaysh kanali orqali Qizil dengiz bilan qo&#8217;shilgan. Maydoni 2505 ming kilometr kvadrat. Suv hajmi 3839 ming kilometr kub. O&#8217;rtacha chuqurligi 1541 metr, eng chuqur joyi 5121 metr. O\u2019rta dengizda Alboran, Balear, Liguri, Tirren, Adriatika, ioni, Kipr va Egey dengizlari bor. Marmar, qora va Azov dengizlarini ham O\u2019rta dengiz havzasiga kiritadilar. Yirik qo&#8217;ltiqlari: Valensiya, Lion, Genuya, Taranto, katta va kichik Sirtlar. Yirik orollari: Balear, Korsika, Sardiniya, Sisiliya, Krit va Kipr. O\u2019rta dengizga Nil, Po, Rona va Ebro kabi yirik daryolar quyiladi. O\u2019rta dengiz tubining relefi murakkab. Materik yon bag&#8217;ri nisbatan tik, chuqurligi 2000\u2014 4000 metr. Geomorfologik jihatdan G&#8217;arbiy Jazoir Provans, Markaziy va Sharqiy Levant soyliklariga bo&#8217;linadi. Soyliklar tubi neogenantropogenning cho&#8217;kindi va vulkan jinslari bilan qoplangan. O\u2019rta dengiz \u2014 faol seysmik zona. Markaziy va Sharqiy soyliklarning ayrRim joylari cho&#8217;kindi yotqiziqlar, jumladan, daryolar keltirgan oqiziqlar bilan to&#8217;lgan. Sohil qismi qumli. Dengiz tagida neft va gaz konlari, yuqori Miotsen yotqiziqlari orasida tuz qatlamlari mavjud. O\u2019rta dengiz subtropik mintaqada bo&#8217;lib, o&#8217;z iqlim sharoitlari bilan mustaqil O&#8217;rta dengiz iqlimi tipini hosil qiladi. Qishi yumshoq, sernam, seryog&#8217;in. Yozi issiq, quruq va kamyog&#8217;in. Afrikadan sirokko shamoli esadi. O&#8217;rtacha temperatura yanvarda O\u2019rta dengiz janubida 14-16\u00b0, shimolda 7-10\u00b0, avgustda shimolida 22-24\u00b0, Janubda 27\u2014 30\u00b0. Yillik o&#8217;rtacha yog&#8217;in 400 millimetr. Eng ko&#8217;p yog&#8217;in dekabrda yog&#8217;adi. O\u2019rta dengizda sarob hodisasi tez-tez kuzatiladi. Dengiz suvi, asosan, shamollar tufayli tsirkulyatsiya qiladi. Kanar oqimi Afrika bo&#8217;ylab O\u2019rta dengizdan Livan sohillarigacha yetib keladi. Shuningdek, ayrim dengiz va havzalarning mahalliy oqimlari bor. O\u2019rta dengiz tubining suvi dunyo okeani dengizlari ichida eng iliq va sho&#8217;rlaridan biri. Suvining temperaturasi yuza qatlamida Fevralda 8\u00b0 dan 17\u00b0 gacha, avgustda 19-28\u00b0, ba&#8217;zida 30\u00b0 ga yetadi. Sho&#8217;rligi g&#8217;arbida 36%o, sharqida 39,5%o. Suvining nisbiy tiniqligi 50-60 metrgacha. Suv ko&#8217;tarilishi aralash va yarim sutkalik, balandligi 0,1\u20140,5 metr. Qishda kuchli to&#8217;lqinlar bo&#8217;ladi. O\u2019rta dengizning o&#8217;simlik va hayvonot dunyosida fitoplankton va zooplanktonlar miqdori kam. Suvo&#8217;tlar, asosan, peridineylar va diatomlar. Fauna turlari xilma-xil. Baliqning 550 dan ortiq turi ma&#8217;lum, jumladan, 70 xili endemik, shuningdek, turli xil dengiz jonivorlari bor. O\u2019rta dengiz muhim iqtisodiy ahamiyatga ega. Dengiz orqali Yevropani Afrika, Janubiy va Sharqiy Osiyo mamlakatlari bilan bog&#8217;lovchi muhim suv yo&#8217;llari o&#8217;tgan. Dengizdan baliq (Sardiniya, tunes, makrel, skumbriya va boshqalar) hamda dengiz hayvonlari ovlanadi. Shelf qismida suv ostidan neft va gaz olinadi. Dengiz orqali yaqin Sharq va Afrikadan Yevropa davlatlariga neft quvurlari o&#8217;tkazilgan. Yirik portlari: Barselona (Ispaniya), Marsel (Frantsiya), Genuya, Neapol, Venesiya, Triest (Italiya), Pirey, Saloniki (Gresiya), Bayrut (Livan), Iskandariya, Portsaid (Misr), Tripoli (Liviya), Jazoir (Jazoir). O\u2019rta dengiz bo&#8217;yidagi (Frantsiya, Monako va Italiyadagi moviy qirg&#8217;oq, Ispaniyadagi Levantiya sohili va Balear orolidagi va boshqalar) kurortlar dunyoga mashhur. Neft mahsulotlarini ko&#8217;plab qazib olish va tashish, sanoat chiqindilarini dengizga oqizish, turistik zonalarning kengayishi O\u2019rta dengizda murakkab ekologik muammolarni keltirib chiqarmoqda. O\u2019rta dengiz flora va faunasini muhofaza qilish bilan BMT qoshida tuzilgan maxsus komissiyalar shug&#8217;ullanadi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O&#8217;RTA DENGIZ \u2014 Atlantika okeanining materiklar o&#8217;rtasidagi dengizi, Afrika bilan Yevrosiyo oralig&#8217;ida. Gibraltar bo&#8217;g&#8217;ozi orqali Atlantika okeani bilan, Dardanell bo&#8217;g&#8217;ozi orqali Marmar dengizi, Bosfor bo&#8217;g&#8217;ozi orqali Qora dengiz, Suvaysh kanali &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/orta-dengiz\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[115],"tags":[],"class_list":["post-21080","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-o-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21080","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=21080"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21080\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":21081,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21080\/revisions\/21081"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=21080"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=21080"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=21080"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}