{"id":21091,"date":"2022-03-12T20:44:55","date_gmt":"2022-03-12T17:44:55","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=21091"},"modified":"2022-03-12T20:44:57","modified_gmt":"2022-03-12T17:44:57","slug":"orta-maxsus-oquv-yurtlari","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/orta-maxsus-oquv-yurtlari\/","title":{"rendered":"O&#8217;RTA MAXSUS O&#8217;QUV YURTLARI"},"content":{"rendered":"\n<p>O&#8217;RTA MAXSUS O&#8217;QUV YURTLARI \u2014 O&#8217;zbekiston Respublikasida sanoat, qurilish, transport va aloqa, qishloq xo\u2019jalik, madaniyat va san&#8217;at, sog&#8217;liqni saqlash va boshqalar sohalar uchun kadrlar tayyorlab beruvchi o&#8217;quv muassasalari. Egallangan kasb-hunar bo&#8217;yicha ishlash huquqini beradigan hamda bunday ish yoki ta&#8217;limni navbatdagi bosqichda davom ettirish uchun asos bo&#8217;ladigan o&#8217;rta maxsus, kasb- hunar ta&#8217;limi beradi. Dastlabki O&#8217;rta maxsus o&#8217;quv yurtlari Yevropada 18-asrda paydo bo&#8217;lgan. Hozirgi O&#8217;zbekiston hududida birinchi o&#8217;rta maxsus o&#8217;quv yurti texnikum nomi bilan 1893 yil Toshkentda tashkil etilgan (yog&#8217;-moy sanoati texnikumi). 1905 yilda Samarqand bog&#8217;dorchilik texnikumiga asos solindi. 1940 yil O&#8217;zbekistondagi 98 O&#8217;rta maxsus o&#8217;quv yurtlarida 25,1 ming o&#8217;quvchi o&#8217;qidi. O&#8217;zbekistonda O&#8217;rta maxsus o&#8217;quv yurtlari akademik litsey va kasb-hunar kollejita bo&#8217;linadi. 2004\/05 o&#8217;quv yili O&#8217;zbekiston Respublikasidagi 897 o&#8217;rta maxsus o&#8217;quv yurtida 651356 o&#8217;quvchi ta&#8217;lim oldi. O&#8217;zbekiston Respublikasi Oliy va o&#8217;rta maxsus ta&#8217;lim vazirligi O&#8217;rta maxsus o&#8217;quv yurtlari faoliyatiga tashkiliy, o&#8217;quv-uslubiy va ilmiy rahbarlik qiladi hamda davlat ta&#8217;lim standartlarini ishlab chiqish va joriy etish, o&#8217;quv dasturlarini unifikatsiyalash, pedagog kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashni amalga oshiradi. O&#8217;rta maxsus o&#8217;quv yurtlari tuzilishi va ish mazmuni Oliy va o&#8217;rta maxsus ta&#8217;lim vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan hamda O&#8217;zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan Nizom bilan belgilangan. O&#8217;rta maxsus o&#8217;quv yurtlari odatda qaysi soha bo&#8217;yicha mutaxassislar yetishtirsa, shu tarmoq vazirligi, idora, korporatsiya, kontsern, uyushma va korxonalar hamda Oliy va o&#8217;rta maxsus ta&#8217;lim vazirligi ixtiyorida bo&#8217;ladi. Tarmoq vazirliklari, idora, korporatsiya, kontsern, uyushma va korxonalar ularni moddiy va moliyaviy ta&#8217;minlashni, o&#8217;quvchilarni kasb-hunarga o&#8217;rgatishni va ularda amaliy ko&#8217;nikmalarni tarbiyalashni amalga oshiradilar, mutaxassislarga bo&#8217;lgan ehtiyojni aniqlaydilar, bitiruvchilarni ishga joylashtirish masalalarini hal qiladilar. O&#8217;rta maxsus o&#8217;quv yurtlarida o&#8217;quv jarayoni jahon talablariga mos keluvchi davlat ta&#8217;lim standartlari, ya&#8217;ni zamon talablariga javob beruvchi, istiqbol va kelajakni ko&#8217;zlab ishlab chiqilgan hamda Oliy va o&#8217;rta maxsus ta&#8217;lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan o&#8217;quv reja va dasturlari bo&#8217;yicha tashkil etiladi. Ayrim maxsus o&#8217;quv fanlari bo&#8217;yicha dasturlar O&#8217;zbekiston Respublikasi Oliy va o&#8217;rta maxsus ta&#8217;lim vazirligi topshirig&#8217;iga binoan, tarmoq vazirligi, idora, korporatsiya, kontsern, uyushma va korxonalar tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. O&#8217;rta maxsus o&#8217;quv yurtlariga o&#8217;quvchilar 9 yillik umumiy o&#8217;rta ta&#8217;lim maktabini tugatganlaridan so&#8217;ng qabul qilinadilar. Ular uchun maxsus darslik va o&#8217;quv qo&#8217;llanmalari nashr etiladi. O&#8217;rta maxsus o&#8217;quv yurtlarini bitiruvchilariga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplomlar beriladi. Bu diplomlar ta&#8217;limning keyingi bosqichlarida o&#8217;qishni davom ettirish yoki egallangan ixtisos va kasb-hunar bo&#8217;yicha mehnat faoliyati bilan shug&#8217;ullanish huquqini beradi. Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti, Toshkent pedagogika universiteti va Namangan muhandislik-pedagogika instituti O&#8217;rta maxsus o&#8217;quv yurtlari uchun malakali pedagog va muhandis-pedagog kadrlar tayyorlashda bazaviy oliy ta&#8217;lim muassasalari hisoblanadi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O&#8217;RTA MAXSUS O&#8217;QUV YURTLARI \u2014 O&#8217;zbekiston Respublikasida sanoat, qurilish, transport va aloqa, qishloq xo\u2019jalik, madaniyat va san&#8217;at, sog&#8217;liqni saqlash va boshqalar sohalar uchun kadrlar tayyorlab beruvchi o&#8217;quv muassasalari. Egallangan kasb-hunar &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/orta-maxsus-oquv-yurtlari\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[115],"tags":[],"class_list":["post-21091","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-o-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21091","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=21091"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21091\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":21094,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21091\/revisions\/21094"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=21091"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=21091"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=21091"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}