{"id":21107,"date":"2022-03-12T21:50:16","date_gmt":"2022-03-12T18:50:16","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=21107"},"modified":"2022-03-12T21:50:18","modified_gmt":"2022-03-12T18:50:18","slug":"chavgon","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/chavgon\/","title":{"rendered":"CHAVGON"},"content":{"rendered":"\n<p>CHAVGON (forscha \u2014 uchi egri tayoq) \u2014 otda o&#8217;ynaladigan jamoaviy sport o&#8217;yini. Qad. Sharqda Chavgon chorvadorlar o&#8217;yini sifatida paydo bo&#8217;lgan. Keyinroq otliq askarlarning mashg&#8217;ulotiga aylangan. Sharq xalqlari Chavgon to&#8217;pini &#8220;go&#8217;y&#8221;, egri tayog&#8217;ini &#8220;chavgon&#8221; deyishgan. Shu bois bu o&#8217;yin &#8220;go&#8217;ychavgon&#8221; deb ham atalgan. Bu tarixiy qo&#8217;lyozmalarda o&#8217;z ifodasini topgan. Maxmud Koshg&#8217;ariyning &#8220;Devonu lug&#8217;otit turk&#8221;, Yusuf xos Hojibning &#8220;Qutadg&#8217;u bilig&#8221;, Abdurazzoq Samarqandiyning &#8220;Majlai sa&#8217;dayn va majmai Bahrayn&#8221;, Zahiriddin Muhammad Boburning &#8220;Boburnoma&#8221; asari va boshqa manbalarda Chavgon o&#8217;yiniga oid kimmatli ma&#8217;lumotlar bor. Ayniqsa, Abdulqosim Firdavsiyning &#8220;Shohnoma&#8221;, unsur almaoliyning &#8220;Qobusnoma&#8221; asarlarida Chavgon o&#8217;yini mufassal berilgan. 16-asr miniatyura maktabiga mansub noma&#8217;lum musavvirning &#8220;chavgon o&#8217;yini&#8221; asarida bu o&#8217;yinning qizg&#8217;in lahzasi tasvirlangan. Abu Abdulloh Rudakiy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy Chavgon o&#8217;yinidan ilhomlanishgan va ajib o&#8217;xshatishlar yaratishgan. Bu an&#8217;ana Sharq adabiyotida hamon davom etib keladi. Yozuvchi Primqul Qodirovning &#8220;Humoyun va Akbar&#8221; tarixiy romani Boburiy malikalarning Chavgon o&#8217;yiniga tayyorgarligini tasvirlashdan boshlanadi. Tarixiy manbalarda yozilishicha, Chavgon o&#8217;yini aynan Boburiylar saltanati davrida Hindistonda keng ommalashgan. 1850 yilda Hindistonda xizmat qilayotgan ingliz otliq askarlari Chavgon o&#8217;yiniga qiziqib qolishgan va dastlabki musobaqalarni o&#8217;tkazishgan. 1871 yilda Buyuk Britaniyada Chavgon (Polo) musobaqasi tashkil qilingan. Shu tariqa Chavgon oldin Yevropa, keyin Amerika davlatlariga tarqalgan. 1900, 1904, 1920, 1924 va 1936 yillarda bo&#8217;lgan Olimpiada o&#8217;yinlari dasturidan ham joy olgan. Zamonaviy Chavgon o&#8217;yini (hozirgi ko&#8217;plab davlatlarda &#8220;Polo&#8221; deb ataladi) maydonning o&#8217;lchami 274&#215;182 metr, yog&#8217;ochdan tayyorlanadigan to&#8217;pining diametri 8 santimetr, og&#8217;irligi 120\u2014 135 gramm, ikki yondagi darvozalarining eni 8 metrdan, o&#8217;yin vaqti 56 minut (7 minutdan 8 bo&#8217;lim). Musobaqalashayotgan ikki jamoadagi 4 tadan otliq o&#8217;yinchi qo&#8217;llaridagi uchi egri tayoq (klyushka) yordamida to&#8217;pni raqib darvozasiga kiritishga harakat qiladi. O&#8217;yinchilarga uchrashuv davomida otlarini o&#8217;zgartirishlariga ruxsat etiladi. Hozirgi kunda Chavgon o&#8217;yini Frantsiya, Argentina, AQSh, Meksika, Buyuk Britaniya, Italiya davlatlarida rivojlangan. Asror Mo&#8217;minov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>CHAVGON (forscha \u2014 uchi egri tayoq) \u2014 otda o&#8217;ynaladigan jamoaviy sport o&#8217;yini. Qad. Sharqda Chavgon chorvadorlar o&#8217;yini sifatida paydo bo&#8217;lgan. Keyinroq otliq askarlarning mashg&#8217;ulotiga aylangan. Sharq xalqlari Chavgon to&#8217;pini &#8220;go&#8217;y&#8221;, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/chavgon\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[171],"tags":[],"class_list":["post-21107","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-ch-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21107","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=21107"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21107\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":21108,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21107\/revisions\/21108"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=21107"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=21107"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=21107"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}