{"id":21109,"date":"2022-03-13T08:13:38","date_gmt":"2022-03-13T05:13:38","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=21109"},"modified":"2022-03-13T08:13:41","modified_gmt":"2022-03-13T05:13:41","slug":"orta-osiyo-qozgoloni","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/orta-osiyo-qozgoloni\/","title":{"rendered":"O&#8217;RTA OSIYO QO&#8217;ZG&#8217;OLONI"},"content":{"rendered":"\n<p>O&#8217;RTA OSIYO QO&#8217;ZG&#8217;OLONI (1916), mardikorlar qo&#8217;zg&#8217;oloni \u2014 1-jahon urushi davri (1914-18)da Rossiya podsho hukumatining mustamlakachilik siyosatiga qarshi O&#8217;rta Osiyo xalqlarining chiqishlari. O&#8217;rta Osiyo qo\u2019zg\u2019oloni aslida o&#8217;lkada tobora kuchayib borayotgan ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy qarama-qarshiliklar mahsuli bo&#8217;lib, uning boshlanishi uchun Nikolay II ning 1916 yil 25 iyundagi mardikorlikka olish haqidagi farmoni bahona bo&#8217;lgan. Bu farmon ijtimoiy-iqtisodiy tomondan ahvoli tang bo&#8217;lib turgan xalqning sabrkosasini to&#8217;ldirib yubordi. Dastlabki qo&#8217;zg&#8217;olon 4 iyul kuni Samarqand viloyatining Xo&#8217;jand shahrida boshlandi. Olomon polisiya idorasida to&#8217;planib mardikorlikka olishni to&#8217;xtatishlarini talab qildi. Bunga javoban chor ma&#8217;muriyati soldatlari ularni o&#8217;qqa tutdi. Bunday voqealar Samarqand viloyatining Siyob, Mahalla, Xo&#8217;jaahror, Dahbed, Jizzax, Sangzor, Zomin, Gadoytopmas, Jumabozor va boshqalar joylarda bir-biriga ulanib ketdi. Qo&#8217;zg&#8217;olonlarning birin- ketin mag&#8217;lubiyatga uchrashiga qaramay xalq ommasi bosh ko&#8217;tarishdan qaytmadi. Qo&#8217;zg&#8217;olonlarning hammasi shafqatsizlik bilan bostirildi. Turkiston o&#8217;lkasining Sirdaryo viloyatida ham xalq qo&#8217;zg&#8217;olonlari avjiga chiqdi. Bu yerdagi qo&#8217;zg&#8217;olonlarni ayollar boshlab berdilar. Dastlabki qo&#8217;zg&#8217;olon 11 iyul kuni Toshkent shahrida boshlanib, ular soni 2000-3000 kishi atrofida edi. Qo&#8217;zg&#8217;olonchilar Olmazordagi politsiya idorasiga to&#8217;planganlar, oldingi saflarda ayollar turishgan. Qo&#8217;zg&#8217;olonchilar mardikorlikka olinadiganlar ro&#8217;yxatini yirtib tashlash uchun politsiya binosiga bostirib kirishgan va derazalarni toshbo&#8217;ron qilishgan. Shunda pristav Mochalov xalqqa qarata o&#8217;t ochishga buyruq bergan va qo&#8217;zg&#8217;olon faollaridan bo&#8217;lgan Ruzvonbibi Ahmadjonovani o&#8217;z qo&#8217;li bilan otib tashlagan. Qo&#8217;zg&#8217;olon qonga botirilgan. Qo&#8217;zg&#8217;olonlar Sirdaryo viloyatining To&#8217;ytepa, Xonobod, Zangi- ota, Perovskiy, Avliyoota va boshqalar joylarida ham shiddatli tus olgan. Qo&#8217;zg&#8217;olon alangasi Farg&#8217;ona viloyatini ham qamrab oldi. U yerdagi dastlabki qo&#8217;zg&#8217;olonni 9 iyulda Andijon shahri aholisi boshlab berdi. Ertasiga Dalvarzin, 13 iyulda esa Chuama qishlog&#8217;i aholisi qo&#8217;zg&#8217;olon ko&#8217;tardi. Viloyatdagi eng yirik qo&#8217;zg&#8217;olon Marg&#8217;ilon shahrida bo&#8217;lib, unda 20-25 ming kishi qatnashdi. Qo&#8217;zg&#8217;olonlar Farg&#8217;ona viloyatining Andijon, Namangan, Qo&#8217;qon, O&#8217;sh va Skobelev uezdlarida davom etdi. Turkiston o&#8217;lkasi bo&#8217;yicha eng ko&#8217;p qo&#8217;zg&#8217;olonlar aynan shu viloyatda bo&#8217;lib o&#8217;tgan edi. Mustabid hukumat yuzlab qo&#8217;zg&#8217;olonchilarni hibsga oldi va ularni qattiq jazoladi. Qo&#8217;zg&#8217;olonchilar ishi bo&#8217;yicha sud jarayonlari harbiy vazir D.S.Shuvayev farmoni bilan tashkil qilingan maxsus muvaqqat harbiy sudlar tomonidan amalga oshirilgan. Sud ishlari yopiq eshiklar ortida, mutlaqo yashirin tarzda o&#8217;tkazilgan. Ularga harbiy sud orqali o&#8217;lim, surgun va turli muddatlarga qamash jazolarini berish bilan qo&#8217;zg&#8217;olon qatnashchilaridan qattiq o&#8217;ch olindi. Chor ma&#8217;muriyati belgilangan 200 ming 470 kishi o&#8217;rniga 123 mingdan ortiq mardikorlarni safarbar qilishga muvaffaq bo&#8217;ldi. Ulardan 101 600 kishi Rossiyaning Yevropa qismiga, 4000 kishi Sibirga, 7405 kishi Kavkazga joylashtirilgan. 10 mingdan ortiq kishi Turkiston o&#8217;lkasida ishlatilgan. O&#8217;rta Osiyo qo\u2019zg\u2019olonining o&#8217;ziga xos xususiyati shundan iboratki, unda o&#8217;zbek, qozoq, tojik, qirg&#8217;iz, turkman va qoraqalpoqlar birgalikda mardonavor kurashdilar. Kurash davomida xalqlarning tarixan shakllangan birodarligi va do&#8217;stligi yaqqol namoyon bo&#8217;ldi. Qo&#8217;zg&#8217;olon nihoyatda ommaviy tus olganligi sababli uning dovrug&#8217;i Rossiyaga yetib bordi. Ayniqsa, uni bostirish bilan bog&#8217;liq fojialar dahshatli bo&#8217;ldi, hatto Rossiya davlat dumasining diqqatini jalb etdi. oppozitsiyadagi fraktsiyalar maxsus komissiya tuzib 1916 yil qo&#8217;zg&#8217;olonining sabablari va oqibatlarini o&#8217;rgandi. So&#8217;ngra Duma majlisida komissiya a&#8217;zolari va so&#8217;zga chiqqanlar orasida chor hukumatining siyosatini g&#8217;ayriqonuniyligini, adolatsizligini va tub aholining ustidan yurgizgan zulmini fosh etdilar. Xalq qo&#8217;zg&#8217;olonlarini Peterburgda, Rossiya davlat Dumasida muhokama etilishida jadidlarning, ayniqsa, Ubaydulla Asadullaxo&#8217;jayevning xizmati katta bo&#8217;ldi. O&#8217;rta Osiyo qo\u2019zg\u2019oloni chor hukumatining mustamlakachilik va ulug&#8217; millatchilik siyosatiga qattiq zarba berdi. Bu kurash milliy zulm, o&#8217;lkani Rossiyaning xom ashyo manbai va tayyor mahsulotlar bozoriga aylantirishga qarshi qaratildi. Qo&#8217;zg&#8217;olon o&#8217;zbek va o&#8217;lkaning boshqa xalqlarining mustaqillik, ozodlik uchun olib borgan kurashlari tarixida o&#8217;chmas iz qoldirdi. Ad.: O&#8217;zbekistonning yangi tarixi, 1J. [Turkiston chor Rossiyasi mustamla- kachiligi davrida], T., 2000; Ziyayev H., O&#8217;zbekiston mustaqilligi uchun kurashlarning tarixi, T., 2001; Ismoilova J., Farg&#8217;ona vodiysida milliy ozodlik kurashlari, T., 2003. Jannat Ismoilova.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O&#8217;RTA OSIYO QO&#8217;ZG&#8217;OLONI (1916), mardikorlar qo&#8217;zg&#8217;oloni \u2014 1-jahon urushi davri (1914-18)da Rossiya podsho hukumatining mustamlakachilik siyosatiga qarshi O&#8217;rta Osiyo xalqlarining chiqishlari. O&#8217;rta Osiyo qo\u2019zg\u2019oloni aslida o&#8217;lkada tobora kuchayib borayotgan ijtimoiy-iqtisodiy &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/orta-osiyo-qozgoloni\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[115],"tags":[],"class_list":["post-21109","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-o-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21109","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=21109"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21109\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":21110,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21109\/revisions\/21110"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=21109"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=21109"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=21109"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}