{"id":21111,"date":"2022-03-13T08:45:58","date_gmt":"2022-03-13T05:45:58","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=21111"},"modified":"2022-03-13T08:46:00","modified_gmt":"2022-03-13T05:46:00","slug":"orta-osiyoda-yer-suv-islohoti","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/orta-osiyoda-yer-suv-islohoti\/","title":{"rendered":"O&#8217;RTA OSIYODA YER-SUV ISLOHOTI"},"content":{"rendered":"\n<p>O&#8217;RTA OSIYODA YER-SUV ISLOHOTI \u2014 Sovet hokimiyati tomonidan xususiy mulkni tugatish maqsadida O&#8217;rta Osiyo va Qozog&#8217;iston respublikalarida amalga oshirilgan ijtimoiy-iqtisodiy tadbirlar (1921\u2014 29). O&#8217;rta Osiyo yer suv islohoti 2 bosqichda: 1) 1921-22 yillarda Turkiston ASSR va Qozog&#8217;iston ASSRda; 2) O&#8217;rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish o&#8217;tkazilgandan so&#8217;ng 1925\u2014 29 yillarda amalga oshirilgan. Sovet jamiyati tomonidan o&#8217;tkazilgan agrar islohot yangi bosqichining vazifalari RKP(b)MKning 1920 yil 29 iyul qarori, Turkiston Kompartiyasining 5-s&#8217;yezdi va Turkiston ASSR sovetlarining 9-s&#8217;ezdi (1920 yil sentyabr) qarorlarida belgilab berildi. Bu vazifalarni 3 guruhga bo&#8217;lish mumkin: mehnat bilan shug&#8217;ullanmaydigan boyquloq xo&#8217;jaliklarni tugatish va ko&#8217;chmanchi aholini o&#8217;troq holatga o&#8217;tkazish; katta yer egaligini yo&#8217;qotib, yerlarni ersiz va kam yerli dehqonlar, batraklar, chorakorlar o&#8217;rtasida mehnat normalari bo&#8217;yicha taqsimlash; chor Rossiyasi mustamlakachilik siyosatining ayrim sarqitlarini tugatishga qaratilgan bo&#8217;lib, stolipin islohotlari davrida Turkistonga ko&#8217;chirilgan kelgindi rus krestyanlari (dehqonlari) tomonidan egallab olingan yerlarni tortib olish. Islohotni amaliy jihatdan ro&#8217;yobga chiqarish 1921 yil bahorida boshlanib, dastlab u Yettisuv, Sirdaryo, Farg&#8217;ona oblastlari va Qozog&#8217;iston ASSRning Oqmo&#8217;la, Ural, Semipalatinsk gubernyalarida amalga oshirildi. Islohot favqulodda tartiblar shaklida o&#8217;tkazilib, uning asosiy vositasi \u2014 ma&#8217;muriy tazyiq o&#8217;tkazishdan iborat bo&#8217;ldi. Vaqf yerlari ham tortib olina boshlandi. Terrorga uchragan islohot qurbonlari qattiq qarshilik ko&#8217;rsatdilar. Mintaqaning butun hududi, jumladan O&#8217;zbekiston SSRda mulkdor dehqonlarning sovet hokimiyatiga qarshi ko&#8217;plab ommaviy g&#8217;alayonlari va isyonlari bo&#8217;lib o&#8217;tib, ayrim holatlarda u qo&#8217;zg&#8217;olon darajasiga o&#8217;sib chiqqan. Islohot qishloqdagi siyosiy vaziyatni jiddiy ravishda keskinlashtirdi. Islohotning 1-bosqichida yer tuzish jamg&#8217;armasiga 1 722626 desyatina yer qo&#8217;shildi. Ana shu resurslardan mahalliy aholiga faqat 600 000 desyatina yer (o&#8217;zbek aholisi uchun atigi 117&nbsp;512 desyatina yer) ekin ekish va yaylovlar uchun ajratildi. Islohotning 2-bosqichi birinchisidan farqli o&#8217;laroq katta yer egaligini (rasmiy hujjatlarda quloqtar \u2014 mushtumzo&#8217;rlarni) butunlay cheklash va ularni sinf sifatida tugatish masalasini qo&#8217;ydi. &#8220;Agrar inqilobing strategiya va taktikasi O&#8217;zbekiston kompartiyasining 2-s&#8217;ezdi (1925 yil noyabr) da tasdiqlandi. Bu bosqich O&#8217;zSSR MIKning &#8220;Suv va suvni natsionalizasiya qilish to&#8217;g&#8217;risida&#8221; va &#8220;Yer-suv islohoti to&#8217;g&#8217;risida&#8221; dekretlari (1925 yil 2 dekabr) va Turkmaniston SSR MIK va XKSning 1925 yil 24 sentyabrdagi qarorlari, Qozog&#8217;iston ASSR va XKS ning 1926 yil 20 maydagi qarorlari bilan boshlandi. Mazkur bosqichda ham davlatning butun qudrati &#8220;Quloqboy unsurlar&#8221;ga qarshi kurashga qaratildi. 1925-29 yillardagi islohot jarayonida shakllangan kam quvvatli xo&#8217;jaliklar tortib olingan 474893 desyatina yer fondidan boryo&#8217;g&#8217;i 10%i olindi, xolos. O&#8217;rta Osiyo respublikalarida islohot davrida 6763 ta badavlat odamlar qo&#8217;lidagi mulk butunlay musodara qilindi, 37759 ta boyning yerlari keskin kamaytirildi, 415500 desyatina yer 123400 yersiz va kam yerli dehqonlar o&#8217;rtasida taqsimlandi. Bu bilan agrar islohot yer-suvni tortib olishni tugallab, qishloq xo\u2019jaligini davlat monopoliyasiga olish uchun moddiy shart-sharoitlar yaratdi. Ad.: O&#8217;zbekistonning yangi tarixi, 2-kitob [O&#8217;zbekiston sovet mustamlakachiligi davrida], T., 2000; Turkestan v nachale XX veka: k istorii istokov natsionalnoy nezavisimosti, T., 2000: Rajabov Q., Haydarov M ., Turkiston tarixi (1917-1924 yil), T., 2002; Shamsutdinov R., Qishloq fojiasi: jamoalashtirish, quloklashtirish, surgun, T., 2003. Qahramon Rajabov, Soyibjon Tillaboyev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O&#8217;RTA OSIYODA YER-SUV ISLOHOTI \u2014 Sovet hokimiyati tomonidan xususiy mulkni tugatish maqsadida O&#8217;rta Osiyo va Qozog&#8217;iston respublikalarida amalga oshirilgan ijtimoiy-iqtisodiy tadbirlar (1921\u2014 29). O&#8217;rta Osiyo yer suv islohoti 2 bosqichda: &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/orta-osiyoda-yer-suv-islohoti\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[115],"tags":[],"class_list":["post-21111","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-o-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21111","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=21111"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21111\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":21113,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21111\/revisions\/21113"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=21111"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=21111"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=21111"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}