{"id":21130,"date":"2022-03-13T09:35:04","date_gmt":"2022-03-13T06:35:04","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=21130"},"modified":"2022-03-13T09:35:05","modified_gmt":"2022-03-13T06:35:05","slug":"orta-chirchiq-tumani","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/orta-chirchiq-tumani\/","title":{"rendered":"O&#8217;RTA CHIRCHIQ TUMANI"},"content":{"rendered":"\n<p>O&#8217;RTA CHIRCHIQ TUMANI \u2014 Toshkent viloyatidagi tuman. Hududining ko&#8217;p qismi Chirchiq daryosi bilan Toshkent kanali oralig&#8217;ida joylashgan. 1926 yil 29 sentyabrda tashkil etilgan. Shimoli Sharqda Yuqori Chirchiq, Sharqda Ohangaron tumanlari, shim.da Toshkent shahri, Zangiota tumani, g&#8217;arbda quyi Chirchiq, Janubda Oqqo&#8217;rg&#8217;on va Piskent tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 0,51 ming kilometr kvadrat. Aholisi 163,4 ming kishi (2004). Tumanda 1 shahar (To&#8217;ytepa), 2 shaharcha (Tuyabo&#8217;g&#8217;iz, Yangihayot), 13 qishloq fuqarolari yig&#8217;ini (Angor, Do&#8217;stlik, Istiqlol, Navoiy, Oxunboboyev, Oqota, Uyshun, Paxtakor, Paxtaobod, Yunuchqala, Yangiturmush, O&#8217;rtasaroy, Qorasuv) bor. Tuman markazi \u2014 To&#8217;ytepa shahri. Tabiati. Tuman hududi Chirchiq daryosining chap sohilidagi tekislikda joylashgan. Iqlimi kontinental. Qishi sovuq, yozi issiq. Yanvarning o&#8217;rtacha temperaturasi 0-4\u00b0, eng past temperatura 19\u00b0, -20\u00b0. Iyulniki 28-30\u00b0, eng yuqori temperatura 41-42\u00b0. O&#8217;rtacha yillik yog&#8217;in 450-460 millimetr. Vegetatsiya davri 300 kun. Tuman hududidan Polvonov nomidagi Toshkent, Qorasuv kanallari, shimoli g&#8217;arbidan Chirchiq daryosi oqib o&#8217;tadi. Bir necha kollektor bor. Tuman Janubda Tuyabo&#8217;g&#8217;iz suv ombori (&#8220;Toshkent dengizi&#8221;) joylashgan. Tuproqlari bo&#8217;z tuproq. Yovvoyi o&#8217;simliklardan sho&#8217;ra, qamish, yulg&#8217;un va boshqalar o&#8217;sadi. Hayvonlardan chiyabo&#8217;ri, tulki, yumronqoziq, suvilonlar uchraydi. Aholisi, asosan, o&#8217;zbeklar, shuningdek, qozoq, tatar, rus, koreys va boshqalar millat vakillari ham yashaydi. Aholining o&#8217;rtacha zichligi 1 kilometr kvadratga 320,3 kishi (2004). Shahar aholisi 38,7 ming kishi, qishloq aholisi 124,7 ming kishi. Xo&#8217;jaligi. Tumanda yirik, o&#8217;rta biznes, 125 kichik korxona va 1143 mikrofirmalar faoliyat ko&#8217;rsatadi. O&#8217;zbekiston \u2014 Koreya &#8220;Kabul \u2014 To&#8217;ytepa LTD&#8221; ip yigiruv \u2014 to&#8217;quv, O&#8217;zbekiston \u2014 Germaniya &#8220;Xakipet&#8221;, &#8220;Xusayn Mirzo&#8221;, qo&#8217;shma korxonalari ishlab turibdi. Ishlab chiqarish birlashmalari, metallkonstruktsiyalari, temirbeton, asfaltbeton, 2 paxta tozalash zavod, MTP, tikuvchilik fabrikasi, don qabul qilish korxonasi bor. 13 jamoa xo&#8217;jaligi, o&#8217;quv tajriba korxonasi faoliyat ko&#8217;rsatadi. Tuman qishloq xo\u2019jalik, asosan, paxtachilik va g&#8217;allachilikka ixtisoslashgan. O&#8217;rta Chirchiq tumanida jami sug&#8217;oriladigan 28,6 ming gektar yerga paxta, 11,5 ming gektar yerga don, shuningdek, kartoshka, sabzavot va poliz, ozuqa ekinlari, beda ekiladi. Tumandagi jamoa va shaxsiy xo&#8217;jaliklarda 32 ming qoramol, shuningdek, 321,7 ming qo&#8217;y va echki, 205,2 ming parranda, 21,7 ming yilqi boqiladi (2005). O&#8217;rta Chirchiq tumanida Respublika sholikorlik ilmiy tadqiqot instituti, 74 umumiy ta&#8217;lim, bolalar san&#8217;at, sport maktablari, akademik litsey, gimnaziya, 2 kasb-hunar kolleji faoliyat ko&#8217;rsatadi. Tuman Markaziy kutubxonasi, Markaziy madaniyat uyi, 2 madaniyat va istirohat bog&#8217;i, 8 klub muassasasi bor. 3 stadion, sport zallari, otish tirlari, futbol, voleybol, basketbol, qo&#8217;l to&#8217;pi maydonchalari mavjud. Tuman Markaziy kasalxonasi, 3 poliklinika, tug&#8217;ruqxona, dorixona, 20 qishloq vrachlik punktlari, 21 feldsherakusherlik punktlari aholiga xizmat ko&#8217;rsatadi. O&#8217;rta Chirchiq tumani avtomobil yo&#8217;llari orqali Toshkent shahri va boshqalar shaharlar bilan bog&#8217;langan. Tuman hududidan Toshkent \u2014 Angren temir yo\u2019l o&#8217;tadi. 1932 yildan &#8220;Mash&#8217;al&#8221; tuman gazetasi chop etiladi. Andrey Kubatin.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O&#8217;RTA CHIRCHIQ TUMANI \u2014 Toshkent viloyatidagi tuman. Hududining ko&#8217;p qismi Chirchiq daryosi bilan Toshkent kanali oralig&#8217;ida joylashgan. 1926 yil 29 sentyabrda tashkil etilgan. Shimoli Sharqda Yuqori Chirchiq, Sharqda Ohangaron tumanlari, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/orta-chirchiq-tumani\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[115],"tags":[],"class_list":["post-21130","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-o-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21130","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=21130"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21130\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":21132,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21130\/revisions\/21132"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=21130"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=21130"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=21130"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}