{"id":21157,"date":"2022-03-13T10:06:35","date_gmt":"2022-03-13T07:06:35","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=21157"},"modified":"2022-03-13T10:06:37","modified_gmt":"2022-03-13T07:06:37","slug":"osimlik-bitlari","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/osimlik-bitlari\/","title":{"rendered":"O&#8217;SIMLIK BITLARI"},"content":{"rendered":"\n<p>O&#8217;SIMLIK BITLARI, shiralar \u2014 tengqanotli xartumli hashortlar kenja turkumi. Mingga yaqin turi ma&#8217;lum. Tana uzunligi 0,5\u20146,0 millimetr, tuxumsimon yoki oval shaklda, rangi och yashildan qo&#8217;ngirgacha. Boshi kamharakat, sanchibso&#8217;ruvchi og&#8217;iz apparati xartum ko&#8217;rinishida bo&#8217;lib, boshining orqa qismidan boshlangan bo&#8217;g&#8217;imlardan tashkil topgan. Mo&#8217;ylovlari 3-6 bo&#8217;g&#8217;imli. Ko&#8217;pincha qanotsiz. To&#8217;p-to&#8217;p bo&#8217;lib yashaydi. Qanotlilari bir o&#8217;simlikdan boshqasiga ko&#8217;chib o&#8217;tadi. O&#8217;simlik bitlarining rivojlanish tsikli: odatda, tuxum holida ikki yoki ko&#8217;p yillik o&#8217;simliklarda qishlaydi; bahorda tuxumdan qanotsiz urg&#8217;ochi \u2014 asoschi vujudga kelib, 50-70 lichinka tug&#8217;adi, bular tez orada rivojlanib voyaga yetadi; ikkinchi va navbatdagi keyingi avlodining voyaga yetgan individlari ham qanotsiz (partenogenetik, tirik tug&#8217;ib ko&#8217;payadi va qanotsiz qiz avlodni vujudga keltiradi). Rivojlanish tsikli urug&#8217;langan tuxum qo&#8217;yish bilan tugallanadi (masalan, dukkaklilar va lavlagi O&#8217;simlik bitlari). O&#8217;simlik bitlarilarining rivojlanish davri havo haroratiga bog&#8217;liq holda 3-20 kun. Mavsumda 2026 avlod beradi. Urg&#8217;ochisi yoz oyida 14 kungacha yashaydi. Qanotli urg&#8217;ochilar kuniga 1-2 lichinka, qanotsizlari esa 5 10 lichinka tugadi. Ozgina yog&#8217;ingarchilik shiralarning rivojlanishiga yaxshi sharoit yaratadi; yirik tomchili, Surunkasiga yoqqan shiddatli yomg&#8217;irlar ochiq yashovchi shiralarni yuvib, nobud qiladi. O&#8217;simlik bitlari bargnovdadagi shirani so&#8217;radi. Natijada o&#8217;simlik poyasi va ildizidagi uglevodlar zaxirasi keskin kamayadi. Bu esa barglarning buralishi, novdalarning qing&#8217;irqiyshiq o&#8217;sishi, to&#8217;qimalarning kasallanib shish, bujg&#8217;un va boshqalar har xil o&#8217;simtalar hosil qilishiga sabab bo&#8217;ladi. Zararlangan o&#8217;simliklarning hosildorligi 15-20% ga kamayib ketadi. Bundan tashqari, O&#8217;simlik bitlari kasal o&#8217;simlik shirasini so&#8217;rish bilan birga xavfli kasalliklarni tarqatadi ham. O&#8217;simlik bitlarida mayda yaydoqchilarning ko&#8217;pgina turlari, jumladan, afelinuslar, shuningdek, vizildoq pashshalar, to&#8217;rqanotlilar lichinkasi, ko&#8217;pgina koktsinellidlar parazitlik qiladi. Kurash choralari: birlamchi xo&#8217;jayino&#8217;simlik bilan ikkilamchisini bir-biriga yaqin ekmaslik; hasharotlar shikastlashiga chidamli navlarni yetishtirish; hasharotlarning tabiiy kushandalari entomofaglar (masalan, oltinko&#8217;z) dan foydalanish, o&#8217;simliklarga kimyoviy vositalar \u2014 fosfororganik preparatlar purkash. Ad.: Nevskiy V.P., Tli Sredney Azii, T., 1929; Davletshina A.G., Tli Roda Arn15 \u042c. faunm Uzbekistana, T., 1964; Muxamadiev A.A., Tli Ferganskoy Dolinn, T&#8221; 1979. Sulton Alimuhamedov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O&#8217;SIMLIK BITLARI, shiralar \u2014 tengqanotli xartumli hashortlar kenja turkumi. Mingga yaqin turi ma&#8217;lum. Tana uzunligi 0,5\u20146,0 millimetr, tuxumsimon yoki oval shaklda, rangi och yashildan qo&#8217;ngirgacha. Boshi kamharakat, sanchibso&#8217;ruvchi og&#8217;iz apparati &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/osimlik-bitlari\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[115],"tags":[],"class_list":["post-21157","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-o-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21157","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=21157"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21157\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":21161,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21157\/revisions\/21161"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=21157"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=21157"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=21157"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}