{"id":21164,"date":"2022-03-13T10:18:41","date_gmt":"2022-03-13T07:18:41","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=21164"},"modified":"2022-03-13T10:18:42","modified_gmt":"2022-03-13T07:18:42","slug":"osimlik-moddalari-kimyosi-instituti","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/osimlik-moddalari-kimyosi-instituti\/","title":{"rendered":"O&#8217;SIMLIK MODDALARI KIMYOSI INSTITUTI"},"content":{"rendered":"\n<p>O&#8217;SIMLIK MODDALARI KIMYOSI INSTITUTI, O&#8217;zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Sobir Yunusov nomidagi o&#8217;simlik moddalari kimyosi instituti \u2014 ilmiy tekshirish muassasasi. 1956 yilda O&#8217;zbekiston Fanlar Akademiyasi tarkibidagi kimyo instituti alkaloidlar kimyosi laboratoriya (1943) negizida tashkil etilgan. Institutning asosiy fundamental ilmiy va amaliy yo&#8217;nalishi o&#8217;simliklar tarkibidagi biologik faol moddalar hamda sintez yo&#8217;li bilan olingan birikmalarni kimyoviy, farmakotoksikologik va texnologik tadqiq qilish, molekulyar genetik izlanishlar olib borish, o&#8217;stiruvchi moddalar, gerbitsidlar, fungisitlar, defoliantlar va boshqalar o&#8217;simliklarni himoya qilish vositalarini kashf etishdan iborat. Institutga asoschisi S.Yu.Yunusov nomi berilgan. Institutda alkaloidlar, glikozidlar, lipidlar kimyosi, yuqori molekulali o&#8217;simlik moddalari, kumarinlar kimyosi, molekulyar genetika, sintetik preparatlar texnologiyasi, farmakologiya va toksikologiya, tsitotoksikologiya. dorivor o&#8217;simliklar, organik sintez va boshqalar lab.lar, tajriba ishlab chiqarish korxonasi. kompyuter markazi, ilmiy-tashkiliy bo&#8217;lim, sertifikatsiya va standartizatsiya bo&#8217;limi, bosmaxona bor. Institutda O&#8217;zbekiston, Markaziy Osiyo va boshqalar hududlardagi o&#8217;simliklardan 2200 dan ortiq tabiiy birikmalar \u2014 alkaloidlar, glikozidlar, fitoekdisteroidlar, kumarinlar, flavanoidlar, murakkab efirlar, polisaxaridlar, laktonlar, proantosianidlar, lipidlar, fosfolipidlar, g&#8217;o&#8217;zapoya, sholi qipig&#8217;i ligninlari va o&#8217;simlik oqsillarining kimyoviy tuzilishi, transformatsiyalari va biologik faolligi, rekombinat oqsillar va monoklonal antitelolar asosida diagnostikumlar va vaktsinalar olish hamda fitogormonlar ta&#8217;sirining mexanizmi o&#8217;rganildi. Kimyoviy, farmakologik tadqiqotlar natijasida 60 dan ortiq dorivor moddalar, 30 dan ortiq preparatlar olish texnologiyasi ishlab chiqildi va tibbiyotda ko&#8217;llashga tavsiya etildi. 30 mingdan ortiq organik birikmalar sintez qilinib, ulardan butilkaptaks, tsitodef defoliantlari, nikomizolon fungisidlari, nitrolin o&#8217;stiruvchi moddalar va boshqalarni amaliyotda qo&#8217;llash mumkinligi aniqlandi. Chigit kunjarasidan ozuqa oqsilini ajratib olish, shirinmiya ildizidan ko&#8217;piklatkich olish usullari, steviya o&#8217;simligidan qanddan 50-150 marta shirin bo&#8217;lgan shirinlatgich ajratib olish texnologiyasi ishlab chiqildi. &#8220;Limonchiki&#8221;, &#8220;Go&#8217;zal&#8221;, &#8220;Alga&#8221;, &#8220;Akanta&#8221; nomli kosmetik vositalar uchun qo&#8217;shimchalar tayyorlandi, &#8220;Jisten&#8221; va &#8220;Jistenin&#8221; bioqo&#8217;shimchalar ishlab chiqarishga joriy etildi. Institut faoliyati S.Yu. Yunusov, X.N.Oripov, N.K.Abubakirov va boshqalar nomi bilan bog&#8217;liq. Institutda 300 dan ortiq xodim, jumladan, 1 O&#8217;zbekiston Fanlar Akademiyasi akademik (A.M.Glushenkova), 2 O&#8217;zbekiston Respublikasi fan arbobi, 21 fan doktori, 60 fan nomzodi faoliyat ko&#8217;rsatadi (2005). Institut xodimlarining 2 ilmiy ishi Beruniy nomidagi O&#8217;zbekiston Davlat mukofotiga sazovor bo&#8217;lgan. Tohir Do&#8217;stmuhamedov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O&#8217;SIMLIK MODDALARI KIMYOSI INSTITUTI, O&#8217;zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Sobir Yunusov nomidagi o&#8217;simlik moddalari kimyosi instituti \u2014 ilmiy tekshirish muassasasi. 1956 yilda O&#8217;zbekiston Fanlar Akademiyasi tarkibidagi kimyo instituti alkaloidlar kimyosi laboratoriya &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/osimlik-moddalari-kimyosi-instituti\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[115],"tags":[],"class_list":["post-21164","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-o-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21164","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=21164"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21164\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":21166,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21164\/revisions\/21166"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=21164"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=21164"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=21164"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}