{"id":21191,"date":"2022-03-13T13:05:42","date_gmt":"2022-03-13T10:05:42","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=21191"},"modified":"2022-03-13T13:05:43","modified_gmt":"2022-03-13T10:05:43","slug":"osimliklarni-himoya-qilish-instituti","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/osimliklarni-himoya-qilish-instituti\/","title":{"rendered":"O&#8217;SIMLIKLARNI HIMOYA QILISH INSTITUTI"},"content":{"rendered":"\n<p>O&#8217;SIMLIKLARNI HIMOYA QILISH INSTITUTI, O&#8217;zbekiston o&#8217;simliklarni himoya qilish ilmiy tadqiqot instituti \u2014 o&#8217;simliklarni himoya qilish bo&#8217;yicha bosh muvofiqlashtiruvchi ilmiy markaz. 1958 yilda Butunittifoq paxtachilik institutining o&#8217;simliklarni himoya qilish Markaziy stansiyasi negizida tashkil etilgan. Toshkent viloyati Qibray tumani Salor shaharchasida joylashgan. institut faoliyatining asosiy yo&#8217;nalishlari: o&#8217;simliklarni himoya qilishning yangi vositalarini qo&#8217;llab, ekinlar va ulardan olinadigan mahsulotlarni zararkunandalar, kasalliklar va begona o&#8217;tlardan himoyalashning samarali va zamonaviy texnologiyalarini ishlab chiqish; ekinlarning zararkunanda va kasalliklarga chidamli turlari va navlarini aniqlash; don ekinlari zararkunandalari, kasalliklari va begona o&#8217;tlariga qarshi ekologik xavfsiz kurash choralarini, donni saqlash davrida zararkunandalardan himoya qilish texnologiyasini ishlab chiqish; respublikada va chet ellarda ishlab chiqarilgan zamonaviy insektoakarisidlarni o&#8217;rganish va sinash asosida samarador bo&#8217;lganlarini tanlab olish va ishlab chiqarishda foydalanish uchun tavsiya etish; g&#8217;o&#8217;za, bug&#8217;doy va sabzavot ekin maydonlarida uchraydigan begona o&#8217;tlarga qarshi yangi gerbitsidlarni qo&#8217;llash sharoitlarini aniqlash va qishloq xo\u2019jaligida qo&#8217;llash usul va tartib-qoidalarini tavsiya etish; zararli chigirtkalarning biologik va ekologik xususiyatlarini o&#8217;rganish va ularga qarshi biologik va kimyoviy kurash choralarini ishlab chiqish va boshqalar. Institut tarkibida: 3 bo&#8217;lim (entomologiya, fitopatologiya, patent va joriy etish); 11 laboratoriya (texnika, moyli ekinlar va tut daraxti zararkunandalari; bog&#8217;, sabzavot ekinlari va dorivor o&#8217;simliklar zararkunandalarini o&#8217;rganish; qishloq xo\u2019jalik ekinlari zararkunandalari va kasalliklarini prognozlash; o&#8217;simliklarning kasallik va zararkunandalarga qarshi immunitetini o&#8217;rganish; zararli chigirtkalarni o&#8217;rganish va matematik modellashtirish; chet ellar bilan aloqalar va ilmiytexnika axboroti; iqtisodiyot va mexanizatsiya tadqiqotlari); Qo&#8217;qon, Xorazm, Nukus, Qashqadaryo, Surxondaryo filiallari, Namangan qo&#8217;riqxonasi bor. Institutga ajratilgan tajriba xo&#8217;jaligi yer maydoni Qibray tumanida 14 gektar, Farg&#8217;ona tayanch punkti (Bag&#8217;dod tumani Ultarma qishlog&#8217;i)da 65 gektar. Institut tashkil etilgandan boshlab, asosan, o&#8217;simliklarni zararkunanda, kasallik va begona o&#8217;tlardan himoya qilishning uyg&#8217;unlashgan kurash choralarini ishlab chiqish muammolari bo&#8217;yicha izlanishlar olib bordi va g&#8217;o&#8217;zaning asosiy zararkunandalariga qarshi biologik kurash usulini ish lab chiqtsi va ishlab chiqarish ga joriy etdi. ITT faoliyati S.A.Juravskaya, K.I. Mirpo&#8217;latov, B.G.Aleyev, V.V. Yaxontov, N.S.Mirpo&#8217;latova, N.G.Zaprometov, F.M.Uspenskiy, S.N. Alimuhamedov, N.M.Mahmudxo&#8217;jayev, Sh.T.Xo&#8217;jayev, F.A.Stepanov, S.B.Zapevalova, Z.Q. Odilov, I.S.O&#8217;runov, T.K.Hasanov, K. Asanov, M.X. Komilova, E.L. Alxasyans, U.Rasulov, A. X. Hakimov, M.I.Rashidov va boshqalar olimlar bilan bog&#8217;liq. Institutda 70 ga yaqin xodim, jumladan, 6 fan doktori, 23 fan nomzodi ishladi (2005). Institut xodimlari tomonidan 39 ta ixtirolar qilingan va patent bilan himoyalangan. Institut olimlari tomonidan o&#8217;simliklarni himoya qilishga oid ilmiy to&#8217;plam, tavsiyanomalar, uslubiy qo&#8217;llanmalar va boshqalar yaratildi. Institutda ixtisoslashgan ilmiy kengash va aspirantura bor. Ilmiy kutubxona faoliyat ko&#8217;rsatadi. Institut dunyoning yetakchi davlatlari (Rossiya, AQSh, Germaniya, Frantsiya, Yaponiya, Shveytsariya, Shvesiya, Ukraina, Belorussiya, Qozog&#8217;iston)dagi ilmiy muassasalar bilan ilmiy hamkorlik aloqalari o&#8217;rnatgan. Murodjon Rashidov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O&#8217;SIMLIKLARNI HIMOYA QILISH INSTITUTI, O&#8217;zbekiston o&#8217;simliklarni himoya qilish ilmiy tadqiqot instituti \u2014 o&#8217;simliklarni himoya qilish bo&#8217;yicha bosh muvofiqlashtiruvchi ilmiy markaz. 1958 yilda Butunittifoq paxtachilik institutining o&#8217;simliklarni himoya qilish Markaziy stansiyasi &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/osimliklarni-himoya-qilish-instituti\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[115],"tags":[],"class_list":["post-21191","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-o-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21191","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=21191"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21191\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":21193,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21191\/revisions\/21193"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=21191"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=21191"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=21191"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}