{"id":21198,"date":"2022-03-13T14:00:49","date_gmt":"2022-03-13T11:00:49","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=21198"},"modified":"2022-03-13T14:00:51","modified_gmt":"2022-03-13T11:00:51","slug":"osimliklar-zararkunandalari","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/osimliklar-zararkunandalari\/","title":{"rendered":"O&#8217;SIMLIKLAR ZARARKUNANDALARI"},"content":{"rendered":"\n<p>O&#8217;SIMLIKLAR ZARARKUNANDALARI \u2014 madaniy o&#8217;simliklarni zararlaydigan yoki ularni nobud qiladigan jonivorlar. Umurtqali hayvonlarning sut emizuvchilar sinfi, ayniqsa, kemiruvchilar turkumiga mansub O&#8217;simliklar zararkunandalari ko&#8217;p. Umurtqasiz hayvonlardan qorinoyoqli mollyuskalarning ayrim turlari, nematodalar sinfidan yumaloq chuvalchanglarning ko&#8217;pchiligi o&#8217;simliklarni zararlaydi. Bo&#8217;g&#8217;imoyoqlilardan hasharotlar sinfi, o&#8217;rgimchaksimonlar sinfi (kanalar), ko&#8217;poyoqlilar sinfining ba&#8217;zi turlari hamda qisqichbaqasimonlar (eshakqurt) ga mansub turlituman va juda ko&#8217;p O&#8217;simliklar zararkunandalari turlari bor. Hasharotlar, ayniqsa, hosilga ko&#8217;proq zarar yetkazadi. Ularning 60 mingdan ortiq o&#8217;simlikxo&#8217;r turi ma&#8217;lum, shu jumladan, 4 mingga yaqin turi madaniy o&#8217;simliklarga zarar yetkazadi, mahsulotlarni buzadi va hokazolar. Qishloq xo\u2019jaligi uchun zararli hasharotlar sistematik tamoyil (turkumlar bo&#8217;yicha) hamda oziqlanish xarakteri bo&#8217;yicha tasniflanadi. O&#8217;simlikxo&#8217;r hasharotlar va kanalar turli oilalarga mansub o&#8217;simliklar bilan oziqlanadigan hammaxo&#8217;r hasharotlar \u2014 polifaglarga; bir oilaga mansub har xil turdagi o&#8217;simliklar bilan oziqlanadigan hasharotlar \u2014 oligofaglarga; faqat bir turdagi o&#8217;simliklar bilan oziqlanadigan hasharotlar \u2014 monofaglarga bo&#8217;linadi. Turli ekinlar hosiliga hammaxo&#8217;r zararkunandalar: chigirtkasimonlar, ba&#8217;zi chirildoqlar, qo&#8217;ng&#8217;izlardan qirsildoq (simqurtlar), qora qo&#8217;ng&#8217;izlar (soxta simqurtlar) va boshqalar, kapalaklardan kuzgi tunlam, g&#8217;o&#8217;za tunlami, karadrina va boshqalar katta zarar keltiradi. Bir oilaga mansub har xil turdagi o&#8217;simliklar bilan oziqlanadigan hasharotlar ham ko&#8217;pchilikni tashkil etadi. Bularga shved pashshasi, Gessen pashshasi va boshqalar kirib, faqat boshoqli o&#8217;simliklar bilan oziqlanadi. Karamguldoshlarga mansub o&#8217;simliklar bilan oziqlanadigan hasharot turlari ham ko&#8217;p. Bularga karam oq kapalagi, karam kuyasi, karam pashshasi va boshqalar kiradi. Faqat bir turdagi o&#8217;simliklar bilan oziqlanadigan hasharotlardan filloksera (tokning asosiy zararqunandasi), beda barg filchasi (fitonomus) va boshqalar xavfli zararkunandalardan hisoblanadi. Zararkunanda hasharotlar va kanalar ular zararlaydigan o&#8217;simlik guruhlari bo&#8217;yicha ham tasniflanadi. Masalan, boshoqlilar zararkunandalari, g&#8217;o&#8217;za zararkunandalari (200 dan ortiq turi bor), bog&#8217; zararkunandalari, sabzavot ekinlari zararkunandalari va hokazolar. O&#8217;simliklar zararlanishining asosiy ikki turi farqlanadi: birinchisi \u2014 og&#8217;iz organlari kemiruvchi, ikkinchisi sanchibso&#8217;ruvchi hasharotlarga xos. Kemiruvchi hasharotlar o&#8217;simlikning turli organlarini, to&#8217;qimalarini kemiradi. Sanchibso&#8217;ruvchi hasharotlar, masalan, o&#8217;simlik bitlari, kanalar va boshqalar o&#8217;simlik shirasi bilan oziqlanadi. O&#8217;simliklar zararkunandalari oziqlanishida o&#8217;simlikning ma&#8217;lum organlariga o&#8217;rgangan bo&#8217;ladi. Shuning uchun ham ildiz, poya, barg, meva, gul va boshqalar organlar zararkunandalari guruhlari farklanadi. O&#8217;simliklar zararkunandalari tarqalishi va turlar kompleksining shakllanishi tashqi muhitning o&#8217;zgaruvchanligi hamda turlarning ekologik moslashuvi bilan uzviy bog&#8217;liq. Har bir tur o&#8217;zi uchun qulay hududga joylashadi. Hasharot va kanalarning rivojlanishi hamda ko&#8217;payishi uchun temperatura sharoiti muhim ahamiyatga ega. Har bir tur uchun ma&#8217;lum temperatura rejimi zarur. Sutkalik o&#8217;rtacha samarali temperatura yig&#8217;indisiga qarab hasharotlarning paydo bo&#8217;lishi, rivojlanishi, mavsumda nasl berishini taxminan aniqlash mumkin. O&#8217;simliklar zararkunandalarining embrional va postembrional rivojlanishi, odatda, yuqori trada tezlashadi. Masalan, beda barg filchasi 17,6\u00b0 da 56, 21,2\u00b0 da 34, 22\u00b0 da 31 kunda rivojlanadi. Rivojlanishi tuproq bilan bog&#8217;liq bo&#8217;lgan hasharotlar uchun tuproqning kimyoviy tarkibi, kislotaliligi, aerasiyasi, namligi katta ahamiyatga ega. Agrotexnika tadbirlari (tuproqni ishlash, o&#8217;g&#8217;it solish va boshqalar) yordamida zararkunanda hasharotlar uchun noqulay sharoit yaratish mumkin. Masalan, nordon tuproqlar ohaklanganda qirsildoq qo&#8217;ng&#8217;izlar rivojlana olmaydi. O&#8217;simliklar zararkunandalarining boshqa hayvon organizmlari bilan o&#8217;zaro bog&#8217;liqligi ham ularning rivojlanishiga jiddiy ta&#8217;sir ko&#8217;rsatadi. Masalan, o&#8217;simlik bitlari o&#8217;simlik shirasi bilan oziqlanadi, ular ajratgan shira chumoli, yaydoqchi va ba&#8217;zi pashshalar uchun oziq hisoblanadi. O&#8217;simlik bitlari bilan yirtqich hasharotlar (qo&#8217;ngizlar, vizildoq pashsha lichinkalari va boshqalar), ular bilan turli hasharotxo&#8217;r qushlar, bular bilan esa turli yirtqich qushlar oziqlanadi. O&#8217;simliklar zararkunandalarining ko&#8217;payishida oziqning ko&#8217;pligi va tarkibi, ob-havo sharoiti, yirtqichlar, parazitlar, kasalliklar ta&#8217;siri va boshqalar muhim rol o&#8217;ynaydi. Bir joyda muttasil bir xil ekin ekish (yakka ziroatchilik) shu o&#8217;simlik bilan oziqlanadigan zararkunandalarning ko&#8217;payib ketishi uchun qulay sharoit yaratadi. Masalan, eski bedapoyalarning o&#8217;z vaqtida haydalmasligi ularda beda barg filchasining ko&#8217;payib ketishiga sabab bo&#8217;lishi mumkin. O&#8217;simliklarni zararkunanda hasharotlardan himoya qilishda Fenologik kuzatish muhim ahamiyatga ega. Ad.: Yaxontov V. V ., O&#8217;rta Osiyo qishloq xo&#8217;jaligi o&#8217;simliklari hamda mahsulotlarining zararkunandalari va ularga qarshi kurash, T., 1962; Yaxontov V.V., Ekologiya nasekommx, M., 1964. Sulton Alimuhamedov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O&#8217;SIMLIKLAR ZARARKUNANDALARI \u2014 madaniy o&#8217;simliklarni zararlaydigan yoki ularni nobud qiladigan jonivorlar. Umurtqali hayvonlarning sut emizuvchilar sinfi, ayniqsa, kemiruvchilar turkumiga mansub O&#8217;simliklar zararkunandalari ko&#8217;p. Umurtqasiz hayvonlardan qorinoyoqli mollyuskalarning ayrim turlari, nematodalar &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/osimliklar-zararkunandalari\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[115],"tags":[],"class_list":["post-21198","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-o-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21198","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=21198"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21198\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":21201,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21198\/revisions\/21201"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=21198"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=21198"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=21198"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}