{"id":21203,"date":"2022-03-13T14:26:31","date_gmt":"2022-03-13T11:26:31","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=21203"},"modified":"2022-03-13T14:26:32","modified_gmt":"2022-03-13T11:26:32","slug":"osimliklar-morfologiyasi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/osimliklar-morfologiyasi\/","title":{"rendered":"O&#8217;SIMLIKLAR MORFOLOGIYASI"},"content":{"rendered":"\n<p>O&#8217;SIMLIKLAR MORFOLOGIYASI, fitomorfologiya \u2014 botanikaning bo&#8217;limi; o&#8217;simliklarning tuzilishi va forma hosil bo&#8217;lishi jarayonlaridagi qonuniyatlarni o&#8217;rganadigan fan. O&#8217;simliklar morfologiyasining tarixiy taraqqiyoti davomida undan o&#8217;simliklar anatomiyasi, o&#8217;simliklar embriologiyasi, tsitologiya mustaqil fan sifatida ajralib chiqdi. Tabiatdagi o&#8217;simliklarning morfologik jihatdan turli-tumanligini aniqlash; tuzilishi, organlar va organlar sistemasining o&#8217;zaro joylashuvi qonuniyatlarini o&#8217;rganish; o&#8217;simliklarning umumiy tuzulishi va ayrim organlarining individual rivojlanishida (ontomorfogenez) o&#8217;zgarishini tadqiq etish; o&#8217;simlik dunyosining evolyutsion rivojlanishida organlarning paydo bo&#8217;lishini izohlash (Filomorfogenez); forma hosil bo&#8217;lishida turli xil tashqi va ichki omillar ta&#8217;sirini o&#8217;rganish O&#8217;simliklar morfologiyasining asosiy muammolaridan hisoblanadi. Morfologik tadqiqotlarning asosiy metodlari \u2014 tasvirlash, chog&#8217;ishtirma va eksperimental metodlardir. Birinchisi o&#8217;simlik organlari va organlar sistemasini tasvirlaydi (organografiya), ikkinchi metodda tasvirlangan material tavsiflanadi va hokazolar. Eksperimental metodda nazorat etiladigan tashqi muhit kompleksi sun&#8217;iy hosil qilinadi hamda bu sharoitda o&#8217;simliklarning morfologik reaktsiyasi va boshqalar o&#8217;rganiladi. O&#8217;simliklar morfologiyasi Botanikaning boshqa bo&#8217;limlari: o&#8217;simliklar paleobotanikasi, o&#8217;simliklar sistematikasi va filogeniyasi, o&#8217;simliklar fiziologiyasi, o&#8217;simliklar ekologiyasi, o&#8217;simliklar geografiyasi va geobotanika, genetika va o&#8217;simlikshunoslik bilan chambarchas bog&#8217;liq. O&#8217;simliklar morfologiyasi juda qadimdan o&#8217;rganila boshlangan. 17-asrda O&#8217;simliklar morfologiyasini nazariy umumlashtirish sohasida dastlabki ishlar qilingan (italiyalik olimlar A.Tsezalpin, M.Malpigi, nemis olimi I.Yung). Lekin O&#8217;simliklar morfologiyasi soha sifatida 18-asr oxirlarida shakllandi. Bu vaqtda &#8220;o&#8217;simliklar metamorfozi haqida tajriba&#8221; (&#8220;opnt o metamorfoze rasteniy&#8221;, 1790) kitobi nashr qilinib, bunda I.V.Gyote &#8220;morfologiya&#8221; terminini fanga joriy etishni taklif etdi. 19-asrning birinchi yarmida O&#8217;simliklar morfologiyasi ancha rivojlandi. O.P.Dekandol (1827) Gyotedan mustasno organlar va ular metamorfozi to&#8217;g&#8217;risida xulosaga keldi. Ochiq urug&#8217;lilar urug&#8217;kurtagi ustidagi dastlabki tadqiqotlar angliyalik botanik R.Brounga tegishlidir; u ignabarglilarda arxegoniy va spermiyni anikdadi. O&#8217;simliklar morfologiyasi fanining chog&#8217;ishtirma metodi rivojlanishida nemis botanigi A.Braunning xizmati katta. 19-asrning 2-yarmi va 20-asr boshlarida O&#8217;simliklar morfologiyasining rivojlanishiga Ch.Darvinning evolyutsion nazariyasi katta ta&#8217;sir ko&#8217;rsatdi. O&#8217;simliklar morfologiyasi evolyutsiyasidagi boshqa yo&#8217;nalishlar rivoji, asosan, qazilma o&#8217;simliklarni o&#8217;rganishga asoslandi. Masalan, angliyalik botanik F.Bouer, nemis olimi g.Potone va frantsuz O.Linelar tomonidan quruqlikdagi yuksak o&#8217;simliklar asosiy organlari o&#8217;rganildi. Gulning kelib chiqishi nazariyasi O&#8217;simliklar morfologiyasi evolyutsiyasini tushuntirishda muhim ahamiyatga ega. Angliyalik botaniklar N.Arber va J.Parkin va Avstriyalik botanik R.Vettshteyn, rus botanigi X.Ya.Gobi mevalarning birinchi evolyutsion tasnifini ishlab chiqishdi. Ontogenetik O&#8217;simliklar morfologiyasi filogenetik va eksperimental O&#8217;simliklar morfologiyasi bilan mustahkam aloqada rivojlandi. Nemis botanigi A.Eyxler bargning rivojlanish tarixi (1869) va gul tuzilishi qonuniyatini (1878-82), rus botanigi V.A. Deynega esa bir pallali va ikki pallali o&#8217;simliklar bargi otnogenezini tadqiq etdilar. O&#8217;simliklar morfologiyasining eksperemental metodi (termin K.A.Timiryazev tomonidan taklif etilgan, 1890) ning rivojlanishiga A.N.Beketov katta hissa qo&#8217;shdi; u o&#8217;simlik organlarining fiziologik funktsiyalari va tashqi muhit ta&#8217;sirini forma hosil bo&#8217;lishida muhim omil deb hisobladi. Rus botanigi N.F.Levakovskiy quruqlikda yashovchi o&#8217;simlik novdalarining suv muhitidagi holatini eksperemental o&#8217;rgandi (1863), nemis fiziologi G. Fyoxting o&#8217;simlik formasiga turli tabiiy sharoit ta&#8217;sirini eksperemental kuzatdi (1878-82) hamda o&#8217;simliklarda qutblik hodisasini ochdi. Nemis botaniklari G. Klebs (1903) va K. Gyobel (1908) organlarning o&#8217;sish formasi aniq omillar (yorug&#8217;lik, namlik, oziq) ga bog&#8217;liq ekanligini tajribada aniklashdi va sun&#8217;iy metamorfoz hosil qilishdi. Ekologik O&#8217;simliklar morfologiyasi o&#8217;simliklar geografiyasi va ekologiyasi bilan bir vaqtda paydo bo&#8217;ldi. Daniyalik E.Varming va K.Raunkier, nemis botanigi A.Shimper mazkur yo&#8217;nalishga asos solishdi. Chog&#8217;ishtirmamorfologik yo&#8217;nalish V.Trollya (GFR) va uning shogirdlari ishlari bilan boshlandi. Yopiq urug&#8217;lilarning morfologik evolyutsiyasini rus botanigi A.L.Taxtajyan tavsiflab berdi. Ontogenetik va eksperimental yo&#8217;nalish o&#8217;simliklar fiziologiyasi bilan birga jadal rivojlandi (morfogenez). Morfogenez to&#8217;g&#8217;risida Amerikalik olim E.Sinnot ishlarida batafsil ma&#8217;lumot beradi. Yuksak o&#8217;simliklarda organo va gistogenezning asosiy manbai hisoblangan novda va ildiz o&#8217;sish konusini o&#8217;rganish bo&#8217;yicha bajarilgan ishlar ayniqsa muhim ahamiyatga ega. Mazkur sohadagi nazariy umumlashmalar shved olimi O.Shyupp (1938), amerikalik \u2014 A.Foster va uning xodimlari (1936\u2014 54), K.Esau (196065), nemis G.Guttenberg (1960-61), angliyalik \u2014 F.Klous (1961) ga tegishli. O&#8217;zbekistonda anatomik metod keng qo&#8217;llanishi asosida morfogenez sohasida muhim ishlar olib boriddi; qiyin ekologik sharoitda yashovchi ob&#8217;yektlarda organogenez etaplar va ularning tashqi muhitga bog&#8217;liqligi to&#8217;g&#8217;risidagi ta&#8217;limot shular jumlasidandir. Chog&#8217;ishtirma ekologik O&#8217;simliklar morfologiyasi sohasidagi ma&#8217;lumotlar faqat forma hosil bo&#8217;lish qonuniyatini tushuntirish bilan birga ulardan amaliyotda foydalanishga imkon berdi. Ontomorfogenez, ekologik va eksperimental O&#8217;simliklar morfologiyasi sohasidagi tadqiqotlar o&#8217;rmonchilik va o&#8217;tloqchilikning biologik asoslarini yaratishda hamda manzarali o&#8217;simliklar etishtirish usullarini ishlab chiqishda ahamiyatga ega. Botanika bog&#8217;laridagi introduktsiyalash ishlarida ontogenetik va ekologik O&#8217;simliklar morfologiyasi ma&#8217;lumotlariga asoslaniladi va ayni vaqtda bu ishlar yangi nazariy xulosalar uchun material beradi. O&#8217;zbekistonda &#8220;Botanika&#8221; ilmiy ishlab chiqarish markazida ham O&#8217;simliklar morfologiyasining turli sohalarida tadqiqot ishlari olib boriladi. Ad. Serebryakov I.G., Morfologiya vegetativnmx organov vmsshix rasteniy, M., 1952; Taxtadjyan A.L., Osnovn evolyutsionnoy morfologii pokrmtosemyannix, M.\u2014 L., 1964.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O&#8217;SIMLIKLAR MORFOLOGIYASI, fitomorfologiya \u2014 botanikaning bo&#8217;limi; o&#8217;simliklarning tuzilishi va forma hosil bo&#8217;lishi jarayonlaridagi qonuniyatlarni o&#8217;rganadigan fan. O&#8217;simliklar morfologiyasining tarixiy taraqqiyoti davomida undan o&#8217;simliklar anatomiyasi, o&#8217;simliklar embriologiyasi, tsitologiya mustaqil fan sifatida &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/osimliklar-morfologiyasi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[115],"tags":[],"class_list":["post-21203","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-o-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21203","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=21203"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21203\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":21207,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21203\/revisions\/21207"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=21203"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=21203"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=21203"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}