{"id":21204,"date":"2022-03-13T14:26:50","date_gmt":"2022-03-13T11:26:50","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=21204"},"modified":"2022-03-13T14:26:51","modified_gmt":"2022-03-13T11:26:51","slug":"osimliklar-sistematikasi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/osimliklar-sistematikasi\/","title":{"rendered":"O&#8217;SIMLIKLAR SISTEMATIKASI"},"content":{"rendered":"\n<p>O&#8217;SIMLIKLAR SISTEMATIKASI \u2014 botanikaning bo&#8217;limi; hozirgi va qirilib ketgan o&#8217;simliklarni tavsiflash, ularni har xil darajada taksonlar bo&#8217;yicha tasnif qilish bilan shug&#8217;ullanadi. O&#8217;simliklar sistematikasi uzoq tarixga ega. O&#8217;simliklar dastlab ko&#8217;zga oson tashlanadigan bir necha belgilariga binoan tasniflangan. Hozirgi O&#8217;simliklar sistematikasida o&#8217;simliklarning anatomomorfologik belgilari bilan birga ular o&#8217;rtasidagi o&#8217;zaro qarindoshlik (gomologik) bog&#8217;lanishlar hisobga olinadi. O&#8217;simliklar sistematikasidagi dastlabki urinishlar bundan 5000 yil avval boshlangan. Yunon faylasufi, tabiatshunos Teofrast (miloddan avvalgi 372 \u2014 287) o&#8217;simliklarni 4 guruh: daraxtlar, butalar, chala butalar va o&#8217;tlarga bo&#8217;lgan. Keyinchalik nemis faylasufi Albert fon Bolshtedt (1193 \u2014 1280) o&#8217;simliklarni bir pallali va ikki pallalilarga ajratgan. Uyg&#8217;onish davrida italiyalik Andrea Chezalpino (1583) o&#8217;simliklarning, asosan, meva va urug&#8217;larining tuzilishi asosida birinchi sun&#8217;iy tasnifini nashr etdi. 16-asr oxirida K. Baugin turkum (avlod) va tur kategoriyalarini fanga joriy etdi. K.Linney (1735) o&#8217;zining changchilar soniga asoslangan sistemasini ishlab chiqdi. Bir qancha kamchiliklari bo&#8217;lishiga qaramay, bu sistema amaliy jihatdan faqat mutaxassislarga emas, balki barcha botanikaga qiziquvchilarga qo&#8217;l keldi. 19-asrda O.P. Dekandol sistematikasi (1813, 1819) katta ahamiyatga ega bo&#8217;ldi. U o&#8217;simliklar dunyosini 2 bo&#8217;lim (naychali va hujayrali, ya&#8217;ni naychasiz o&#8217;simliklar)ga ajratadi. Naychalilarga ikki pallali va bir pallali o&#8217;simliklar kiritildi. Angliyalik botanic R.Broun (1825) ochiq urug&#8217;lilar va yopiq urug&#8217;lilarni ko&#8217;rsatib berdi. Rus olimi M.A.Maksimovichning &#8220;O&#8217;simliklar dunyosi sistemalari&#8221; kitobida tabiiy sistematikaning nazariy printsiplari bayon etadi. Avstriya botanigi S.Endlixer hamma o&#8217;simliklarni 2 guruh (tallofitlar va yuksak o&#8217;simliklar)ga ajratgan. Frantsuz botanigi A. Bronyar (1843) sistemasi bo&#8217;yicha o&#8217;simliklar kriptogam (hammasi urug&#8217;siz) va fanerogamlarga ajratildi. Angliyalik botaniklar J.Bentam va J.Xuker (1862-83) Dekandol sistematikasini ancha takomillashtirishdi. Rossiyada o&#8217;simliklar filogenetik sistematikasining rivojlanishi, avvalo, B.M.Kozo Polyanskiy va uning shogirdlari ishlari bilan bog&#8217;liq. Keyinchalik O&#8217;simliklar sistematikasi sohasida bir kancha tadqiqotlar amalga oshirildi (Godenkin, 1937; Bush 1959, 1966; Vinogradov 1958; Komarov, 1954; Ilin, 1936; Popov, 1958; Kamelin, 1973; Svelev, 1976). O&#8217;zbekistonda ham bu sohada kata ishlar qilindi (Zokirov, 1955, 1961; Korovin, 1962; Vvedenskiy, 1953, 1955, 1962; Muzaffarov, 1987, 1988; Pratov, 1998 va boshqalar). 6 tomli &#8220;O&#8217;zbekiston florasi&#8221; (1941-1962), 10 tomli O&#8217;rta Osiyo o&#8217;simliklari aniqlagichi (1968\u2014 1993) kabi to&#8217;shgamlar nashr etildi. Hozirgi O&#8217;simliklar sistematikasi katta yutuklarga erishilganligiga qaramasdan o&#8217;simlik dunyosi uchun ko&#8217;pchilikka ma&#8217;qul bo&#8217;lgan yagona sistematika yaratilmagan. Ad.: Taxtadjan A.L., O sostoyanii i perspektivax razvitiya sistematiki. &#8220;Uspexi sovremennoy biologii&#8221;, M., 1972; Jizn rasteniy, t. 1-6, M., 1974-82.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O&#8217;SIMLIKLAR SISTEMATIKASI \u2014 botanikaning bo&#8217;limi; hozirgi va qirilib ketgan o&#8217;simliklarni tavsiflash, ularni har xil darajada taksonlar bo&#8217;yicha tasnif qilish bilan shug&#8217;ullanadi. O&#8217;simliklar sistematikasi uzoq tarixga ega. O&#8217;simliklar dastlab ko&#8217;zga oson &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/osimliklar-sistematikasi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[115],"tags":[],"class_list":["post-21204","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-o-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21204","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=21204"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21204\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":21208,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21204\/revisions\/21208"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=21204"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=21204"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=21204"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}