{"id":21234,"date":"2022-03-13T16:14:20","date_gmt":"2022-03-13T13:14:20","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=21234"},"modified":"2022-03-13T16:14:22","modified_gmt":"2022-03-13T13:14:22","slug":"chaykovskiy-pyotr-ilich","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/chaykovskiy-pyotr-ilich\/","title":{"rendered":"CHAYKOVSKIY PYOTR ILICH"},"content":{"rendered":"\n<p>CHAYKOVSKIY PYOTR ILICH [1840.25.4(7.5), hozirgi Votkinsk \u2014 1893.25.10 (6.11), Peterburg] rus kompozitori, yirik simfoniyachi, musiqiy dramaturg, dirijyor, pedagog. Peterburg konservatoriyasini tugatgan (1865). Moskva konservatoriyasida prof. (1866-78). Rus musiqa jamiyati Moskva bo&#8217;limining direktori (1885 yildan). 1887 yildan Rossiya, shuningdek, Yevropa va AQShda gastrolda bo&#8217;lib, asosan, o&#8217;z asarlariga dirijyorlik qilgan. Chaykovskiy chuqur milliy, xalqchil va demokratik uslubdagi opera, balet, simfonik va kamer asarlarning yuksak namunalarini yaratgan. Uning ijodi rus romani, xalq qo&#8217;shiqlari va romantizm davri ohanglariga asoslangan o&#8217;ziga xos musiqa uslubi bilan ajralib turadi. Chaykovskiy musiqasi nihoyatda ta&#8217;sirchanligi, ajoyib ohangdorligi, yorqin ifodaviy vositalari, jushkin, hayajonli kuylarga boyligi bilan ahamiyatlidir. Ijodida o&#8217;ta nozik ruhidagi jarayonlar bilan birga ko\u2019lami keng \u2014 muhabbat va taqdir, hayot va o\u2019lim, tabiat kabi mavzular o&#8217;zining yuksak badiiy ifodasini topgan. Chaykovskiy turli janrlarda boy ijodiy meros qoldirib, 10 opera, 3 balet, 6 simfoniya, simfonik fantaziya, uvertyura va syuitalar, 3 fortepiano va 1 skripka kontsertlari, diniy mavzudagi xor asarlari, shuningdek, fortepiano, skripka uchun pyesalar hamda vokal musiqaning etuk namunalarini yaratgan. Ayniqsa, 4-6 simfoniyalari (1877-1893), &#8220;Francheska da Rimini&#8221; (1876) va &#8220;Romeo va Juletta&#8221; (1869) simfonik uvertyura\u2014fantaziyalar, &#8220;Italyancha kaprichio&#8221; (1880), skripka (1878) va 1-fortepiano (1875) kontsertlari, &#8220;Yevgeniy Onegin&#8221; (1878), &#8220;Qarg&#8217;a motkasi&#8221; (1890), &#8220;Iolanta&#8221; (1891) operalari, &#8220;Oqqush ko&#8217;li&#8221; (1876), &#8220;Uyqudagi go&#8217;zal&#8221; (1889), &#8220;Shchelkunchik&#8221; (1892) baletlari jahon simfonizma cho&#8217;qqilari hisoblanadi. Garmoniyadan rus tilida birinchi darelik (&#8220;garmoniyani amaliy o&#8217;rganish bo&#8217;yicha qo&#8217;llanma&#8221;, 1872) muallifi. Chaykovskiyning barcha asarlari tuda nashr etilgan (Polnoe Sobranie sochineniy, t. 1-63, M., 1940-90). Votkinsk shahrida memorial muzeyi (1894 yildan) va Klin (1940) shahrida Chaykovskiy uy-muzeyi bor. Moskva konservatoriyasi, 1958 yildan Moskvada o&#8217;tkaziladigan musiqa ijrochilari xalqaro tanlovi va boshqalarga Chaykovskiy nomi berilgan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>CHAYKOVSKIY PYOTR ILICH [1840.25.4(7.5), hozirgi Votkinsk \u2014 1893.25.10 (6.11), Peterburg] rus kompozitori, yirik simfoniyachi, musiqiy dramaturg, dirijyor, pedagog. Peterburg konservatoriyasini tugatgan (1865). Moskva konservatoriyasida prof. (1866-78). Rus musiqa jamiyati Moskva &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/chaykovskiy-pyotr-ilich\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[171],"tags":[],"class_list":["post-21234","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-ch-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21234","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=21234"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21234\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":21239,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21234\/revisions\/21239"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=21234"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=21234"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=21234"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}