{"id":21373,"date":"2022-03-14T14:19:07","date_gmt":"2022-03-14T11:19:07","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=21373"},"modified":"2022-03-14T14:19:08","modified_gmt":"2022-03-14T11:19:08","slug":"charxiy","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/charxiy\/","title":{"rendered":"CHARXIY"},"content":{"rendered":"\n<p>CHARXIY (taxallusi; asl ism-sharifi Hamroaliyev Asqarali) (1900.23.2 Qo&#8217;qon 1979.18.12) O&#8217;zbekiston xalq shoiri (1975). Qo&#8217;qondagi madrasalarning birida ta&#8217;lim olgan. Ayni vaqtda mumtoz she&#8217;riyat namoyandalari ijodi bilan yaqindan tanishgan va xattotlik san&#8217;atini o&#8217;rgangan. Qo&#8217;qondagi &#8220;Quvvat&#8221; artelida gulabardor (to&#8217;quvchilik korxonalarida gula tayyorlash yoki tandaga gula ko&#8217;tarish ishi, kasbi, 192638), Navoiyning 500 yilligiga tayyorgarlik ko&#8217;rish va o&#8217;tkazish bo&#8217;yicha tuzilgan qo&#8217;mitada xattot (1939), Muqimiy uymuzeyida ilmiy xodim (1941), Qo&#8217;qon shahar teatrida adabiy emakdosh (1942-47), G&#8217;afur G&#8217;ulom nomidagi viloyat adabiyot muzeyida (1950-79) ilmiy xodim bo&#8217;lib ishlagan. Charxiy Hofiz, Sa&#8217;diy, Navoiy, Bedil singari Sharq mumtoz shoirlari va Muqimiy, Furqat, Zavqiy singari zamondoshlari ijodidan saboq olish bilan birga Sulaymonqul Rojiy va Mirza Ho&#8217;qandiydan aruz ilmini o&#8217;rganib, 1916 yildan e&#8217;tiboran g&#8217;azallar yoza boshlagan. Uning asarlari ilk bor 1938-39 yillarda &#8220;Yangi Farg&#8217;ona&#8221; gazetasi va keyinchalik &#8220;Mushtum&#8221; jurnalida e&#8217;lon qilingan. Charxiy o&#8217;zbek mumtoz adabiyoti an&#8217;analarini davom ettirib, ham lirik, ham hajviy she&#8217;riyat janrlarida ijod qilgan. Charxiy ijodining asosiy janrlari g&#8217;azal, muxammas va masnaviydir. Charxiyning &#8220;Shirin va achchiq&#8221; (1959) ilk she&#8217;riy guldastasidan keyin &#8220;She&#8217;rlar&#8221; (1966), &#8220;Alixo&#8217;ja-Xo&#8217;jaali&#8221; (1970), &#8220;Devon&#8221; (1972) va &#8220;Beshigingda yotmayman&#8221; (1975) to&#8217;plamlari nashr etilgan. Shoirning ko&#8217;plab g&#8217;azallariga kuy bastalanib, xalq hofizlari tomonidan ijro etib kelinadi. As: Devon, T., 1972.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>CHARXIY (taxallusi; asl ism-sharifi Hamroaliyev Asqarali) (1900.23.2 Qo&#8217;qon 1979.18.12) O&#8217;zbekiston xalq shoiri (1975). Qo&#8217;qondagi madrasalarning birida ta&#8217;lim olgan. Ayni vaqtda mumtoz she&#8217;riyat namoyandalari ijodi bilan yaqindan tanishgan va xattotlik san&#8217;atini &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/charxiy\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[171],"tags":[],"class_list":["post-21373","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-ch-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21373","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=21373"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21373\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":21378,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21373\/revisions\/21378"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=21373"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=21373"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=21373"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}