{"id":21382,"date":"2022-03-14T16:54:50","date_gmt":"2022-03-14T13:54:50","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=21382"},"modified":"2022-03-14T16:54:51","modified_gmt":"2022-03-14T13:54:51","slug":"charchash","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/charchash\/","title":{"rendered":"CHARCHASH"},"content":{"rendered":"\n<p>CHARCHASH, toliqish, horish \u2014 organizmga haddan tashqari zo&#8217;r kelishi natijasida mehnat qobiliyatining pasayishi bilan kechadigan fiziologik holat. Aqliy Charchash intellektual mehnat mahsuldorligining kamayishi, e&#8217;tiborning buzilishi, fikrlashning susayishi va boshqalar bilan belgilanadi. Jismoniy Charchash muskullar kuchi va bir tekisda harakatlanishi kabi funktsiyalarning buzilishi bilan kechadi. O&#8217;ta va surunkali Charchash farq qilinadi. O&#8217;ta Charchash zo&#8217;r berib jismoniy mehnat qilish natijasida ro&#8217;y beradi. Surunkali Charchash turli funktsional sistemalar va butun organizmdagi o&#8217;zgarishlarning oylar va yillar davomida to&#8217;liq tiklanmasligi bilan bog&#8217;liq. Charchashning tezligi mehnatning xususiyati bilan belgilanadi: bir tarzda turib muskullarga zo&#8217;r keladigan ish bajarilganda kishi ancha tez, bir maromdagi ish bajarilganda birmuncha kam toliqadi. Charchashning yuzaga kelishida odamning bajarilayotgan ishga nisbatan munosabati ham muhim rol o&#8217;ynaydi. Ko&#8217;pchilik odamlarda emotsional qo&#8217;zg&#8217;alish davrida uzoq vaqtgacha Charchash belgilari paydo bo&#8217;lmaydi. Yetarli dam olmaslik yoki uzoq vaqt haddan tashqari zo&#8217;riqib ishlash Charchashga yoki mador qurishiga olib keladi. Aqliy va ruhiy toliqish farq qilinadi. Yosh va nerv sistemasi ma&#8217;lum bir tuzilishga ega bo&#8217;lgan kishilarda jadal aqliy mehnat nevrozlargya olib keladi. Ruhiy toliqish &#8220;yurak hissiyotiga&#8221; to&#8217;lib toshgan va turli majburiyatlari bo&#8217;lgan shaxslarda kuzatiladi. Miriqib uxlash va faol dam olish ish qobiliyatini tez tiklaydi. Og&#8217;ir kasalliklarni boshdan kechirgan kishilarda Charchash tez yuz beradi. Arzimagan va uncha uzoq davom etmaydigan zo&#8217;riqish ham ularda bosh og&#8217;rig&#8217;i, harsillash, tez yurak urishi, terlash va quvvatsizlikka sabab bo&#8217;ladi. Bunday kishilar mehnat rejimiga va iloji boricha uzoqroq dam olishga qat&#8217;iy amal qilishlari zarur. Bolalar organizmining anatomofiziologik xususiyatlariga ko&#8217;ra hatto unchalik urinmaganida ham (masalan, go&#8217;dak uyqudan qolganida, maktabda partada uzoq o&#8217;tirganida) tez charchab qolishi mumkin. Kun tartibining noto&#8217;g&#8217;riligi, bir turdagi mashg&#8217;ulot, ortiqcha o&#8217;yinkulgi ham tez Charchashga olib keladi. Bolalarda Charchash belgilari ko&#8217;pincha hatti-harakatning buzilishida ko&#8217;rinadi: ular toqatsiz, e&#8217;tiborsiz, dars vaqtida gaplashadigan, ya&#8217;ni intizomsiz bo&#8217;lib qoladilar. Ba&#8217;zi hollarda, ayniqsa, kasalliklarni boshidan kechirgan bolalar bo&#8217;shang, sustkash, xorg&#8217;in, kuchsiz bo&#8217;lib, fikrlaganda bosh og&#8217;rig&#8217;i sezadi. Charchash ba&#8217;zan boshdan kechirilgan kasallikning oqibati emas, balki uning boshlang&#8217;ich belgisi bo&#8217;lishi ham mumkin. Bolada boshdan kechirilgan kasallikka yoki aqliy va jismoniy zo&#8217;riqishga bog&#8217;liq bo&#8217;lmagan tez charchab qolish hollari yuz berganida, albatta, vrachga murojaat etish lozim. Ish qobiliyatini uzoq vaqtgacha saqlab qolishning ta&#8217;sirli vositalaridan biri \u2014 mehnat faoliyatining aniq maromda bo&#8217;lishidir. Tez Charchashni oldini olishda mehnat va dam olishni to&#8217;g&#8217;ri yo&#8217;lga qo&#8217;yish, ish kuni davomida qisqa muddatli tanaffuslar tashkil qilish, shuningdek, ish joyini tartibga solish, va o&#8217;zini sal horigan his qilganda, charchog&#8217;ini yozadigan mashqlar bajarishga muhim e&#8217;tibor berish zarur. Bolalarda tez charchab qolishning oldini olish uchun ularning kun tartibi maromining buzilishiga yo&#8217;l qo&#8217;ymaslik (to&#8217;yib uxlashiga, ish og&#8217;irlik qilmasligiga, ish bilan mashg&#8217;ulotni to&#8217;g&#8217;ri navbatlashtirishga, ularning ochiq havoda uzoqroq bo&#8217;lishiga imkoniyat tug&#8217;dirish) kerak.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>CHARCHASH, toliqish, horish \u2014 organizmga haddan tashqari zo&#8217;r kelishi natijasida mehnat qobiliyatining pasayishi bilan kechadigan fiziologik holat. Aqliy Charchash intellektual mehnat mahsuldorligining kamayishi, e&#8217;tiborning buzilishi, fikrlashning susayishi va boshqalar bilan &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/charchash\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[171],"tags":[],"class_list":["post-21382","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-ch-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21382","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=21382"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21382\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":21383,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21382\/revisions\/21383"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=21382"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=21382"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=21382"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}