{"id":21392,"date":"2022-03-15T12:15:08","date_gmt":"2022-03-15T09:15:08","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=21392"},"modified":"2022-03-15T12:15:09","modified_gmt":"2022-03-15T09:15:09","slug":"chatqol-biosfera-qoriqxonasi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/chatqol-biosfera-qoriqxonasi\/","title":{"rendered":"CHATQOL BIOSFERA QO&#8217;RIQXONASI"},"content":{"rendered":"\n<p>CHATQOL BIOSFERA QO&#8217;RIQXONASI \u2014 Toshkent viloyatining Parkent tumani tog&#8217;li hududida, Chatqol tog&#8217; tizmalarining janubi g&#8217;arbida joylashgan. O&#8217;zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1990 yil 21 iyundagi qarori bilan Chatqol qo&#8217;riqxonasi (1947) negizida Ugomchatqol davlat tabiat milliy bog&#8217;i tashkil etilishi munosabati bilan uning Janub qismida alohida qo&#8217;riqlanadigan hudud tarzida ajratilgan. Toshkent viloyati tabiatini muhofaza qilish boshqarmasiga qaraydi. G&#8217;arbiy Tyanshanning ulkan va noyob o&#8217;simliklari, hayvonot va qushlarini o&#8217;rganish, saqlab qolish va ko&#8217;paytirish maqsadlarida ish olib boradi. Umumiy maydoni 9900 gektar. Qo&#8217;riqxona hududi Sharqda deyarli Namangan viloyati, Janubi g&#8217;arbda Ohangaron tumani tog&#8217;li hududlariga yaqin boradi. Relyefi har xil balandliklar (1100-4000 metr), qoyali cho&#8217;qqilar va tik qiyaliklar bilan tavsiflanadi. 1000 -1500 metr balandlikda lyossimon tuproqlar, undan yuqorida tog&#8217; o&#8217;rmon va o&#8217;tloqi tuproqlarning turli shakllari rivojlangan. Iqlimi kontinental, yanvar oyining o&#8217;rtacha harorati -7\u00b0, iyul oyiniki 23-25\u00b0, yillik yog&#8217;in miqdori 700-800 millimetr. Qo&#8217;riqxona hududidagi asosiy suv havzalari Boshqizilsoy, Shovvasoy va ularning irmoqlari. Qo&#8217;riqxonada o&#8217;simliklarning 1300 ga yaqin turi, shu jumladan, dorivor o&#8217;simliklardan jenshen, tog&#8217; yon bag&#8217;irlarida 40 dan ortiq daraxt va buta turlari o&#8217;sadi. Asosiy daraxtlari tol, terak, qora archa, savur archa, yong&#8217;oq, pista, qayin, zirk, chetan, do&#8217;lana, yovvoyi olma, tog&#8217;olcha va boshqalar. Hayvonot dunyosida 30 dan ortiq sut emizuvchilar turi, shu jumladan, tog&#8217; qoploni, qo&#8217;ng&#8217;ir ayiq, tog&#8217; echkisi, elik, tulki, bo&#8217;rsiq, qobon (yovvoyi cho&#8217;chqa) va boshqalar, qushlarning 140 dan ortiq turi \u2014 bedana, qirg&#8217;iy, qora laylak, kaklik, qumri va boshqalar (qushlardan qora laylak, qirg&#8217;iy uya qurib bola ochadi), umurtqasizlarning 19 turi uchraydi. G&#8217;arbiy Tyanshan uchun noyob bo&#8217;lgan o&#8217;simliklarning 33 turi, hayvonlarning 3 turi, qushlarning 4 turi xalqaro va O\u2019zbekiston qizil kitobiga kiritilgan. Qo&#8217;riqxona o&#8217;simlik ko\u2019lami tiklanib, hayvon va qushlar soni ko&#8217;paymoqda. Qo&#8217;riqxona Maydontol uchastkasining baland tog&#8217; qoyalarida tog&#8217; echkisi va kiyiklar tasviri tushirilgan petrogliflar (Teraklisoy petrogliflari) topilgan (1965).<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>CHATQOL BIOSFERA QO&#8217;RIQXONASI \u2014 Toshkent viloyatining Parkent tumani tog&#8217;li hududida, Chatqol tog&#8217; tizmalarining janubi g&#8217;arbida joylashgan. O&#8217;zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1990 yil 21 iyundagi qarori bilan Chatqol qo&#8217;riqxonasi (1947) negizida &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/chatqol-biosfera-qoriqxonasi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[171],"tags":[],"class_list":["post-21392","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-ch-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21392","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=21392"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21392\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":21398,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21392\/revisions\/21398"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=21392"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=21392"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=21392"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}