{"id":21393,"date":"2022-03-15T12:15:23","date_gmt":"2022-03-15T09:15:23","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=21393"},"modified":"2022-03-15T12:15:23","modified_gmt":"2022-03-15T09:15:23","slug":"chatqol-vodiysi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/chatqol-vodiysi\/","title":{"rendered":"CHATQOL VODIYSI"},"content":{"rendered":"\n<p>CHATQOL VODIYSI &#8211; G&#8217;arbiy Tyanshan tog&#8217;laridagi vodiy, Chatqol daryosi yuqori oqimida. Qirg&#8217;iziston Respublikasining O&#8217;sh viloyati hududida. Shimoli g&#8217;arbdan Piskom va Sandalash, shimoldan Talas Olatovi, Jan.sharqdan Chatqol tizmasi bilan o&#8217;ralgan. Shimoli sharqdan Janubi g&#8217;arbga 90 kilometrdan ziyod masofaga cho&#8217;zilgan. O&#8217;rtacha eni 2-5 kilometr. Vodiy tubining balandligi Janubi g&#8217;arbdan (1400 metr) shimoli sharqqa (2200 metr) ortib boradi. Vodiy Chapchama dovoni (2841 metr) orqali Qozog&#8217;istonning Jambul viloyati bilan bog&#8217;langan. Chatqol vodiysining o&#8217;rta qismidan oqib o&#8217;tadigan Chatqol daryosi va uning o&#8217;ng va chap irmoqlari (Qoraqasmoq, Toldibuloq, Sandalash, Jartisu, Qoraqorum va boshqalar) keng qayir, bir qancha erozion va erozionakkumulyativ terrasalar hosil qilgan. Terrasalardan yuqorvdagi tizmalar yon bag&#8217;rida va suvayirg&#8217;ich qismlarida tekislangan yuzalar uchraydi. Chatqol vodiysi tektonik jihatdan gersin burmalanishi davrida shakllangan sinklinal botiqtsir. Vodiyni o&#8217;rab olgan tizmalar paleozoygacha va paleozoy davri cho&#8217;kindi, metamorfik va vulkanik tog&#8217;jinslari (slanes, qumtosh, ohaktosh, konglomerat, kvarsit va boshqalar) dan tashkil topgan. Vodiyda paleogen va to&#8217;rtlamchi davr cho&#8217;kindi tog&#8217; jinslari (qumtosh, alevrolit, gil, konglomerat, mergel, qum aralash shag&#8217;al toshlar, lyosslar) tarqalgan. Iqlimi keskin kontinental. O&#8217;rtacha temperatura yanvarda -17,8\u00b0, iyulda 17,3\u00b0. Eng past temperatura (-47\u00b0) dekabrda kuzatiladi. O&#8217;rtacha yillik temperatura 2\u00b0 atrofida. Yillik yog&#8217;in 600-700 millimetr. Asosan, mart \u2014 aprel oylarida yog&#8217;adi. Chatqol vodiysi hududida, asosan, bo&#8217;z, qo&#8217;ng&#8217;ir, jigarrang tuproqlar, Daryo va soylar oqizib keltirgan tosh, qum va qumloqlar uchraydi. Efemer va efemeroidlardan lola, lolaqizg&#8217;aldoq, rang, qo&#8217;ng&#8217;irbosh, bug&#8217;doyiq, kakra, bo&#8217;tako&#8217;z va boshqalar, vodiyning balandroq qismlari va daryo bo&#8217;ylarida bo&#8217;liq o&#8217;tlar, butalar, daraxtlar (tikanli bodom, do&#8217;lana, zirk, archa, yong&#8217;oq, zarang, qayin, qayrag&#8217;och, tol, terak, olcha va boshqalar) o&#8217;sadi. Yovvoyi hayvonlardan bo&#8217;ri, ayiq, tulki, bo&#8217;rsiq, Olmaxon, kiyik, qor qoploni, silovsin, kalamush, ilonlar; qushlardan kaklik, kaptar, chumchuq, qirg&#8217;iy, lochin, so&#8217;fito&#8217;rg&#8217;ay va boshqalar bor. Vodiy hududida Beshorol qo&#8217;riqxonasi tashkil qilingan. Vodiyda dehqonchilik, bog&#8217;dorchilik bilan shug&#8217;ullaniladi va undan yaylov sifatida foydalaniladi. Murod Mamatqulov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>CHATQOL VODIYSI &#8211; G&#8217;arbiy Tyanshan tog&#8217;laridagi vodiy, Chatqol daryosi yuqori oqimida. Qirg&#8217;iziston Respublikasining O&#8217;sh viloyati hududida. Shimoli g&#8217;arbdan Piskom va Sandalash, shimoldan Talas Olatovi, Jan.sharqdan Chatqol tizmasi bilan o&#8217;ralgan. Shimoli &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/chatqol-vodiysi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[171],"tags":[],"class_list":["post-21393","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-ch-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21393","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=21393"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21393\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":21399,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21393\/revisions\/21399"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=21393"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=21393"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=21393"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}