{"id":21408,"date":"2022-03-15T15:07:52","date_gmt":"2022-03-15T12:07:52","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=21408"},"modified":"2022-03-15T15:07:54","modified_gmt":"2022-03-15T12:07:54","slug":"chatqol-tizmasi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/chatqol-tizmasi\/","title":{"rendered":"CHATQOL TIZMASI"},"content":{"rendered":"\n<p>CHATQOL TIZMASI &#8211; G&#8217;arbiy Tyan Shandagi tog&#8217; tizmasi. Qirg&#8217;iziston va O&#8217;zbekiston hududlarida. Farg&#8217;ona va Chatqol vodiylarini bir-biridan ajratib turadi. Janubi g&#8217;arbdan shimoli sharqqa 220 kilometr cho&#8217;zilgan. Shimoliy Sharqiy qismida Talas Olatovidan Terekbel dovonining g&#8217;arbrog&#8217;ida ajralgan, Janubi g&#8217;arbda Chirchiq vodiysida tugaydi. Balandligi 3000-3500 metr, eng baland joyi 4503 metr. Chatqol tizmasida bir-biridan daryolar bilan ajralgan bir qancha tog&#8217; massivlari bor. Bulardan yiriklari Surenota, Qizilnura, Uchtosh, Arashon, Sargardon, Qumbel va boshqalar. Chatqol tizmasi asimmetrik tuzilishga ega. Shimol va shimoliy g&#8217;arbiy yon bag&#8217;irlari Chatqol daryosi vodiysidan tik ko&#8217;tarilgan. Janubi va Janubiy Sharqiy yon bag&#8217;irlari esa qiyaroq. Suvayirg&#8217;ich qismida ko&#8217;plab tik ko&#8217;tarilgan cho&#8217;qqilar bor. Yon bag&#8217;irlari zich daryo vodiylari bilan kesilgan, denudasion yuzalar tarqalgan. Tektonik jihatdan gersin burmalanishi davrida shakllangan antiklinoriy. Hozirgi balandligiga bugungi kunlarda ham davom etayotgan yangi tektonik harakatlar ta&#8217;sirida ko&#8217;tarilgan. Chatqol tizmasi, asosan, paleozoy davri cho&#8217;kindi, metamorfik, otqindi tog&#8217;jinslari (slanes, ohaktosh, granit, granodiorit, porfir va boshqalar) dan tashkil topgan. Etaklarida paleogen, neogen, to&#8217;rtlamchi davr shag&#8217;al, gil, konglomerat, lyoss qatlamlari uchraydi. Suvayirg&#8217;ich va unga yondosh qismlarida qadimgi muzliklar qoldirgan muzlik yotqiziqdari (morenalar) ham tarqalgan. Iqlimi kontinental, kishi sovuq, yozi salqin, sernam. Yiliga 1000 millimetrdan ziyod yog&#8217;in tushadi (g&#8217;arbiy qismida yog&#8217;ingarchilik kamroq). Tuproq o&#8217;simlik qoplami balandlik mintaqalari bo&#8217;yicha tog&#8217;dasht mintaqasidan boshlanib, abadiy qorlar bilan qoplangan nival mintaqada tugaydi. Tizmaning etaklarida bo&#8217;z tuproqlar tarqalgan. Ularda Lola, lolaqizg&#8217;aldoq, rang, qo&#8217;ng&#8217;irbosh, oq kavrak, bug&#8217;doyiq, chalov, betaga, taktak, bo&#8217;tako&#8217;z, butalardan do&#8217;lana, togolcha, achchiqbodom va boshqalar o&#8217;sadi. Yuqoriroq qismlarida qo&#8217;ng&#8217;ir tog&#8217; o&#8217;rmon, kashtan tuproqlarda baland bo&#8217;yli o&#8217;tlar, tikanli bodom, do&#8217;lana, zirk, archa, yong&#8217;oq, qoraqarag&#8217;ay, zarang, qayin va boshqalar uchraydi. 3000 metr balandlikda subalp, Alp o&#8217;tloqdari mavjud. Ttguningdek, mushukquyruq, Alp lolasi, yovvoyi piyoz, qiziltikan, kavrak va b. o&#8217;sadi. Yovvoyi hayvonlardan qobon, bo&#8217;rsiq, Olmaxon; tizmaning baland qismlarida kiyik, qor qoploni, silovsin, bo&#8217;ri, ayiq, tulki va boshqalar; qushlardan kaklik, kaptar, bulbul, qirg&#8217;iy, Lochin, kalxat va b. uchraydi. Chatqol tizmasi hududida Sarichelak qo&#8217;riqxonasi va Ugomchatqol davlat tabiat milliy bog&#8217;i tashkil etilgan. Chatqol tizmasining tabiiy resurslaridan eng muhimlari: qazilma boyliklar, suvenergiya resurslari, shifobaxsh iqlimi, mevali va dorivor o&#8217;simliklaridir. Murod Mamatqulov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>CHATQOL TIZMASI &#8211; G&#8217;arbiy Tyan Shandagi tog&#8217; tizmasi. Qirg&#8217;iziston va O&#8217;zbekiston hududlarida. Farg&#8217;ona va Chatqol vodiylarini bir-biridan ajratib turadi. Janubi g&#8217;arbdan shimoli sharqqa 220 kilometr cho&#8217;zilgan. Shimoliy Sharqiy qismida Talas &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/chatqol-tizmasi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[171],"tags":[],"class_list":["post-21408","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-ch-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21408","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=21408"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21408\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":21413,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21408\/revisions\/21413"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=21408"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=21408"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=21408"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}