{"id":21418,"date":"2022-03-15T15:21:31","date_gmt":"2022-03-15T12:21:31","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=21418"},"modified":"2022-03-15T15:21:33","modified_gmt":"2022-03-15T12:21:33","slug":"chashnachilik","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/chashnachilik\/","title":{"rendered":"CHASHNACHILIK"},"content":{"rendered":"\n<p>CHASHNACHILIK (fors-tojikcha chashoni \u2014 tatib ko&#8217;rish, edirish) \u2014 uzum, vino, oziq-ovqat mahsulotlari yoki o&#8217;simlik xom ashyosi sifatini organoleptik usulda \u2014 ko&#8217;rish, hidlash, ta&#8217;m bilish, eshitish a&#8217;zolari orqali aniqlash. Vinochilikda vinoning iste&#8217;mol qimmatini hamda ishlab chiqarish jarayonida uning sifatini maxsus chashnachi ustalar baholaydilar. Tajribali vinochichashnachi kimyoviy tahlil yoki maxsus asboblar yordamida olingan vino yoki vino mahsulot haqidagi axborotni to&#8217;ldirib, texnologik jarayonning takomil darajasiga tuzatishlar kiritadi. Choy Chashnachilikda quruq choyning tashqi ko&#8217;rinishi, damlangan choyning ta&#8217;mi, rangi, xidi va bargining ko&#8217;rinishi; tamakida hidi, ta&#8217;mi, o&#8217;tkirligi, tutunida yog&#8217;li moddalarning bo&#8217;lishiga e&#8217;tibor beriladi. Uzumning xo&#8217;raki navlari Chashnachilik jihatidan 10 balli shkala bo&#8217;yicha \u2014 uzum boshi va g&#8217;ujumining ko&#8217;rinishi, ta&#8217;mi va hidi, po&#8217;sti xususiyatlari va etining tuzilishi bo&#8217;yicha baholanadi. Chashnachilikning kamchiligi \u2014 uning muayyan darajadagi sub&#8217;yektivligi, afzalligi esa, eng sezgir asboblar bilan aniqlab bo&#8217;lmaydigan o&#8217;ziga xos nozik sifat xossalarini farqlash va unga baho berishidir. Chashnachilikda vinolar orasidagi kimyoviy yo&#8217;l bilan aniqlash mumkin bo&#8217;lmagan farqni, masalan, markali va oddiy vino orasidagi ta&#8217;m, xushbo&#8217;ylik va boshqa farqlarni aniqlash mumkin. Chashnachilikni maxsus tajriba va layoqatga ega bo&#8217;lgan chashnachi mutaxassislar bajaradilar. Bunday qobiliyat tabiiy tarixiy rivojlanish natijasi bo&#8217;lib, inson shakllanganidan to hanuzgacha va bundan buyon ham ishlab chiqarish faoliyati ta&#8217;sirida iste&#8217;mol qilinadigan oziq-ovqat mahsulotlarining sifatini saqlash, ovqatlanish madaniyati bilan doim aloqadorlikda takomillashib boradi. Maza sezish a&#8217;zolari rivojlangan, nodir qobiliyat egalari bo&#8217;lgan chashnachilar bilinear-bilinmas, nihoyatda nozik ta&#8217;m va lazzatlarni sezib, xulosa chiqara oladilar. Ko&#8217;rgazma, tanlov va yarmarkalarda vino, uzum, tamaki mahsulotlari sifati chashnachilar xulosalariga ko&#8217;ra belgilanadi. Qadimdan o&#8217;zbeklar orasida urf bo&#8217;lgan anor sayli, qovun sayli (Shirinak) kabi sayillarda ham etishtirilgan anor, anjir, qovuntarvuz shirinligi, rangi, etining muloyimligi, sharbati miqdori, urug&#8217;ining ozligi yoki yirik-maydaligi kabi sifatlarini aniqlash bo&#8217;yicha chashnachilar musobaqalari o&#8217;tkazilgan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>CHASHNACHILIK (fors-tojikcha chashoni \u2014 tatib ko&#8217;rish, edirish) \u2014 uzum, vino, oziq-ovqat mahsulotlari yoki o&#8217;simlik xom ashyosi sifatini organoleptik usulda \u2014 ko&#8217;rish, hidlash, ta&#8217;m bilish, eshitish a&#8217;zolari orqali aniqlash. Vinochilikda vinoning &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/chashnachilik\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[171],"tags":[],"class_list":["post-21418","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-ch-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21418","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=21418"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21418\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":21423,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21418\/revisions\/21423"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=21418"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=21418"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=21418"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}