{"id":21420,"date":"2022-03-15T15:21:59","date_gmt":"2022-03-15T12:21:59","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=21420"},"modified":"2022-03-15T15:22:01","modified_gmt":"2022-03-15T12:22:01","slug":"chaqaloqlarning-gemolitik-kasalligi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/chaqaloqlarning-gemolitik-kasalligi\/","title":{"rendered":"CHAQALOQLARNING GEMOLITIK KASALLIGI"},"content":{"rendered":"\n<p>CHAQALOQLARNING GEMOLITIK KASALLIGI \u2014 chaqaloqlarda og&#8217;ir kechadigan kasallik. Ona va homila qon gruppalarining turli sistemalar, ko&#8217;pincha rezusfaktor bo&#8217;yicha mos kelmasligi. Qonda rezusfaktorning bor-yo&#8217;qligiga qarab, u rezusmusbat yoki rezusmanfiy deb belgilanadi. Bolada kasallik ona yoki ota qonining rezusi mos kelmasligi (onasi\u2014rezusmanfiy, otasi\u2014rezusmusbat) dan paydo bo&#8217;ladi. Bunda homilaga rezusfaktor rezusmusbat otadan utishi mumkin. Homilaning rezusfaktori plasenta orqali rezusmanfiy ona qoniga o&#8217;tadi. Ona organizmi homila rezusfaktoriga nisbatan antitelolar ishlab chiqaradi, bular plasenta orqali rezusmusbat homila qoniga qayta o&#8217;tib, uning eritrositlarini yemiradi (gemoliz ro&#8217;y beradi), kamqonlik va sariq pigment \u2014 bilirubinning to&#8217;planishi yuzaga keladi. Kasallik aksari ikkinchi, uchinchi va keyingi homiladorliklarda tug&#8217;ilgan, shuningdek, abortlardan keyingi homiladorlikda tug&#8217;ilgan (chunki ona organizmida antitelolar mikdori bir homiladorlikdan ikkinchi homiladorlikkacha ortib boradi) go&#8217;daklarda uchraydi. Onaga ilgari rezusfaktorni hisobga olmay qon quyilgan bo&#8217;lsa, birinchi homiladorlikdan tug&#8217;ilgan bolada ham Chaqaloqlarning gemolitik kasalligi paydo bo&#8217;lishi mumkin. Chaqaloqlarning gemolitik kasalligi ona va homila qoni qon gruppalari bo&#8217;yicha mos kelmaganda ham kuzatiladi, bu ko&#8217;pincha onaning qon gruppasi 1(o), bolaniki P(A) yoki Sh(V) bo&#8217;lgan hollarda ro&#8217;y beradi. Chaqaloqlarning gemolitik kasalligining 3 shakli farq qilinadi: homiladagi umumiy tug&#8217;ma shish, chaqaloqlardagi sariqlik hamda ulardagi tug&#8217;ma kamqonlik. Chaqaloqlardagi sariklik ko&#8217;proq uchraydi. Sariqlik tug&#8217;ruqning birinchi-ikkinchi kunida paydo bo&#8217;ladi va bola hayotining keyingi kunlarida kupaya boradi; ba&#8217;zan go&#8217;dak terisi sarg&#8217;ayib tug&#8217;iladi, bu qonda eritrositlar parchalanishidan hosil bo&#8217;ladigan bo&#8217;yovchi modda \u2014 bilirubinning paydo bo&#8217;lishi va tez ko&#8217;payishiga bog&#8217;liq. Bunda birinchi haftaning oxirlarida bolaning ahvoli og&#8217;irlashib, u shilqillab tushadi, yaxshi emmaydi, oyoq-qo&#8217;llari tortishadi. Homilaning umumiy tugma shishi hamda kamqonliqda bola ulik tugiladi yoki tug&#8217;ilgan zahoti nobud bo&#8217;ladi. Chaqaloqlarning gemolitik kasalligining oldini olish uchun homilador ayollarning qoni Rezusfaktorga tekshiriladi va qon gruppasi aniqlanadi. Qoni rezusmanfiy ayollar hisobga olinadi; ularning qoni rezus antitelolarga muntazam tekshirib turiladi. Qoni rezusmanfiy birinchi marta homilador bo&#8217;lgan ayollarga abort qildirish tavsiya etilmaydi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>CHAQALOQLARNING GEMOLITIK KASALLIGI \u2014 chaqaloqlarda og&#8217;ir kechadigan kasallik. Ona va homila qon gruppalarining turli sistemalar, ko&#8217;pincha rezusfaktor bo&#8217;yicha mos kelmasligi. Qonda rezusfaktorning bor-yo&#8217;qligiga qarab, u rezusmusbat yoki rezusmanfiy deb belgilanadi. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/chaqaloqlarning-gemolitik-kasalligi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[171],"tags":[],"class_list":["post-21420","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-ch-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21420","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=21420"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21420\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":21425,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21420\/revisions\/21425"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=21420"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=21420"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=21420"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}