{"id":21439,"date":"2022-03-15T15:31:03","date_gmt":"2022-03-15T12:31:03","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=21439"},"modified":"2022-03-15T15:31:04","modified_gmt":"2022-03-15T12:31:04","slug":"chagon","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/chagon\/","title":{"rendered":"CHAG&#8217;ON"},"content":{"rendered":"\n<p>CHAG&#8217;ON \u2014 8-asr boshlarida Xorazmda hukmronlik qilgan Xorazmshoh. Poytaxt Fir (Fil) shahrida Xorazmshohning saroyi joylashgan. Manbalarda aytilishicha, Xorazmshoh Chag&#8217;on o&#8217;ziga qarshi qo&#8217;zg&#8217;olon ko&#8217;targan xalqqa boshchilik qilgan ukasi Hurzod (Xo&#8217;rzod) ga qarshi kurashish uchun Xorazmga bostirib kirgan arablar lashkarboshisi Qutayba ibn Muslimdan harbiy yordam so&#8217;raydi va o&#8217;z shaharlarining oltin kalitlarini unga yuboradi (711 yil). Hurzod bu paytda o&#8217;z tarafdorlari bilan Mizdahqonda turgan. Xorazmni bosib olishga 2 yilcha tayyorgarlik ko&#8217;rgan Qutayba bu ixtilofdan unumli foydalanib, Ibn al Asirning yozishicha, 712 yilda o&#8217;z qo&#8217;shini bilan Fir shahriga bostirib kirgan. Qutaybaga qarshi Hurzod qo&#8217;shini mardlik bilan kurashgan. Biroq Hurzod jangda asir olinib o&#8217;ldirilgan. Xorazmshoh Chag&#8217;on Hurzod tarafdorlari va o&#8217;ziga qarshi chiqayotgan Hamjir hokimlariga qarshi kurash olib borish uchun yana Qutaybadan yordam so&#8217;raydi. Xorazmshohch. oqibatda arablar hukmronligini tan olib, ularga xiroj to&#8217;lashga majbur bo&#8217;ladi. Xullas, Chag&#8217;on hukmronligi davrida Xorazm o&#8217;z mustaqilligini yo&#8217;qotgan. Xorazmshoh Chag&#8217;onning qo&#8217;shinlari arablarning Samarqand va boshqa shaharlar ustiga qilgan yurishlarida bir necha marta ishtirok etganlar. Qutayba Xorazmni tark etgach, vatanparvarlar Chag&#8217;onni xoinlikda ayblashgan. Sarosimada qolgan Chag&#8217;on \u2014 turklar, so&#8217;ngra Qutayba huzuriga qochib borgan. Ad.: Istoriya Xorezma, T., 1976.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>CHAG&#8217;ON \u2014 8-asr boshlarida Xorazmda hukmronlik qilgan Xorazmshoh. Poytaxt Fir (Fil) shahrida Xorazmshohning saroyi joylashgan. Manbalarda aytilishicha, Xorazmshoh Chag&#8217;on o&#8217;ziga qarshi qo&#8217;zg&#8217;olon ko&#8217;targan xalqqa boshchilik qilgan ukasi Hurzod (Xo&#8217;rzod) ga &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/chagon\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[171],"tags":[],"class_list":["post-21439","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-ch-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21439","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=21439"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21439\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":21445,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21439\/revisions\/21445"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=21439"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=21439"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=21439"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}