{"id":21446,"date":"2022-03-15T15:56:10","date_gmt":"2022-03-15T12:56:10","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=21446"},"modified":"2022-03-15T15:56:10","modified_gmt":"2022-03-15T12:56:10","slug":"chagoniyon","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/chagoniyon\/","title":{"rendered":"CHAG&#8217;ONIYON"},"content":{"rendered":"\n<p>CHAG&#8217;ONIYON (Arabcha Sag&#8217;oniyon) Surxondaryo (Chag&#8217;onrud)ning o&#8217;rta va yuqori oqimi bo&#8217;ylarida joylashgan tarixiy-madaniy viloyat. Dastlab Syuan Szan tomonidan (milodiy taxminan 630 yil) qayd etilgan. Bu hududda insonlar yashaganligining eng qadimgi izlari mezolit va neolit davrlariga oid. Miloddan avvalgi 2-ming yillikning 2-yarmida bu yerda ilk dehqonchilik manzilgohlari (Mo&#8217;lalitepa), miloddan avvalgi 1-ming yillik o&#8217;rtasida esa ilk shahar (Qiziltepa) vujudga kelgan. Miloddan avvalgi 1-asr \u2014 milodiy 1-asrda Chag&#8217;oniyon yuechjiylar davlatining asosiy markazlaridan biri bo&#8217;lgan. Milodiy 1-3-asrlarda Chag&#8217;oniyon Kushon podsholigi tarkibiga kirgan. Chag&#8217;oniyonning iqtisodi va madaniyati bu davrda ravnaq topgan, ko&#8217;plab shahar va qishloqlar vujudga kelgan, tovar-pul munosabatlari, sug&#8217;orma dehqonchilik, turli kasb-hunarlar, tasviriy va amaliy san&#8217;at (ayniqsa, haykaltaroshlik) rivojlangan (Xolchayo&#8217;n, Dalvarzintepa). Milodiy 3-4-asrlarning 2-yarmida Chag&#8217;oniyon sosoniy kushonshoxdar qo&#8217;l ostida bo&#8217;lgan. Milodiy 5-asrning 2-yarmi \u2014 6-asrda viloyat avval Eftaliylar, so&#8217;ngra Sosoniylar davlati tarkibiga kirgan. 6-asrning 2-yarmidan \u2014 8-asrning 2-yarmigacha Chag&#8217;oniyonni mahalliy sulola boshqargan, u nomigagina Toxaristonning oliy hukmdorlari \u2014 turkiy yabg&#8217;ularga bo&#8217;ysungan. Chag&#8217;oniyonning ayrim hukmdorlari \u2014 xidevlar yoki Chag&#8217;onxudotlarning ismlari yozma, epigrafik va numizmatik ma&#8217;lumotlar bo&#8217;yicha aniqlangan: Fag&#8217;anish, Sashr, Zarin, Turontosh, Tish, Xnar. Milodiy 7-asrning 2-yarmida Chag&#8217;oniyonga arablar kirib kelgan, ular 8-asr oxirida mahalliy sulolani tugatganlar. 9-asrning o&#8217;rtasi yoxud 2-yarmidan 11-asr boshigacha Chag&#8217;oniyon \u2014 somoniylarning eng qudratli yarim mustaqil vassallaridan hisoblangan muxtojiylar sulolasidan bo&#8217;lgan hokimlarning merosiy mulki bo&#8217;lgan. Bu sulola amirlari Abu Bakr Muhammad bin Muzaffar (940\/941 yil vafot etgan), ayniqsa, Ahmad bin Abu Bakr Muhammad \u2014 Abu Ali Chagoniy (955\/956 yil) Somoniylar saroyida eng muhim ma&#8217;muriy mansablarni (jumladan, Xuroson noibi va sipohsolorlik) egallaganlar. Muxtojiylar davrida Chag&#8217;oniyon tarkibiga hozirgi Surxondaryo viloyatidan tashqari Tojikistonning shimoli g&#8217;arbidagi Shuman va Oxarun viloyatlari kirgan. Chag&#8217;oniyon poytaxti ham Sag&#8217;oniyon deb atalib, Denovdan 6 kilometr Janubi sharqdagi Budroch shahri xarobasi o&#8217;rnida bo&#8217;lgan. Chag&#8217;oniyon (Sag&#8217;oniyon) shahri bu davrda Markaziy Osiyoning eng yirik iqtisodiy va madaniy markazlaridan biri bo&#8217;lgan. Chag&#8217;oniyon Amiri Axmad bin Muhammad esa ko&#8217;plab buyuk shoirlar (Daqiqiy, Farruxiy, Manjuqiy) homiysi (Mamdux) sifatida Sharqsa Shuhrat qozongan. 11-asrning 1-yarmida Chag&#8217;oniyon ma&#8217;lum darajada qoraxoniylarga qaram bo&#8217;lgan, ayrim vaqtlarda u mustaqil mulk hisoblangan. 11-asrning 2-yarmi \u2014 11-asrning 1-yarmida Chag&#8217;oniyon Saljuqiylar davlati tarkibiga kirgan. 11-asrning 2-yarmi \u2014 13-asr boshida Chag&#8217;oniyonni Qoraxoniylar, qarluqlar, g&#8217;uriylar, Xorazmshoxlar idora etgan. Mo&#8217;g&#8217;ullar istilosidan so&#8217;ng 13- asr o&#8217;rtasida Chag&#8217;oniyon Chig&#8217;atoyxonning nabirasi Esun Tuvaning, so&#8217;ngra uning o&#8217;g&#8217;li Baroqning merosiy mulkiga aylangan. Bu davrda yangi shahar ilgarigi rabod o&#8217;rnida vujudga kelib 16-asr boshiga qadar mavjud bo&#8217;lgan, so&#8217;ngra Shayboniyxon tomonidan bosib olintan. Shundan so&#8217;ng asosiy markaz Dehinav (hozirgi Denov) ga ko&#8217;chgan. Ad.: Rtveladze E.V., Velikiy shelkoviy put, T., 1999; Bo&#8217;rieyv O., Temuriylar davri manbalarida Chag&#8217;oniyon, T., 2001; Chagoniyon tarixi, T., 2002.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>CHAG&#8217;ONIYON (Arabcha Sag&#8217;oniyon) Surxondaryo (Chag&#8217;onrud)ning o&#8217;rta va yuqori oqimi bo&#8217;ylarida joylashgan tarixiy-madaniy viloyat. Dastlab Syuan Szan tomonidan (milodiy taxminan 630 yil) qayd etilgan. Bu hududda insonlar yashaganligining eng qadimgi izlari &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/chagoniyon\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[171],"tags":[],"class_list":["post-21446","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-ch-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21446","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=21446"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21446\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":21452,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21446\/revisions\/21452"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=21446"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=21446"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=21446"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}