{"id":21568,"date":"2022-03-16T10:23:27","date_gmt":"2022-03-16T07:23:27","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=21568"},"modified":"2022-03-16T10:23:28","modified_gmt":"2022-03-16T07:23:28","slug":"chernigov-viloyati","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/chernigov-viloyati\/","title":{"rendered":"CHERNIGOV VILOYATI"},"content":{"rendered":"\n<p>CHERNIGOV VILOYATI &#8211; Ukraina tarkibidagi viloyat. 1932 yil 7 oktabrda tashkil etilgan. Maydoni 31,9 ming kilometr kvadrat. Aholisi 1199,1 ming kishi (2004), asosan, ukrainlar, shuningdek, rus, belorus va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Shahar aholisi 42%. 22 ma&#8217;muriy tumanga bo&#8217;lingan, 15 shahar, 31 shaharcha bor. Yirik shaharlari: Chernigov, Priluki, Nejin. Markazi \u2014 Chernigov shahri. Chernigov viloyati Dneprning chap irmog&#8217;i \u2014 Desna daryosi havzasida joylashgan. Yer yuzasi tekislik, shimoli sharqdan Janubi g&#8217;arbga tomon qiya. Iqlimi mo&#8217;tadil kontinental. Yozi iliq. Yanvarning o\u2019rtacha temperaturasi -6\u00b0, -8\u00b0; iyulniki 19-20\u00b0. Yiliga 500-600 millimetr yog&#8217;in tushadi. Vegetatsiya davri 190\u2014 200 kun. Asosiy daryosi \u2014 Desna. Mayda kul ko\u2019p. Shimol qismida chimli podzol, qumli, qumloq, Janubda qoratuproq tuproqlar keng tarqalgan. Viloyat hududining 1\/5 qismi o&#8217;rmon (qarag&#8217;ay, grab, dub, juka). O&#8217;rmon va o\u2019rmonli dasht hayvonlari uchraydi. Viloyatda bir qancha neft konlari ochilishi natijasida neft, neftni qayta ishlash sanoati tarmoklari vujudga keldi. Chernigov viloyati torf zaxiralari bo&#8217;yicha mamlakatda oldingi o&#8217;rinlardan birini egallaydi. Temirruda, fosforit, mergel konlari bor. Yengil sanoat yetakchi o&#8217;rinda. To&#8217;qimachilik, trikotaj, tikuvchilik korxonalarining salmog&#8217;i katta. Mashinasozlik va metallsozlikda qishloq xo\u2019jalik mashinalari, yong&#8217;inga qarshi asbob-uskunalar, avtomobil ehtiyot qismlari ishlab chiqarish tajriba-eksperimental, maxsus qirqish asboblari, ta&#8217;mirlash zdlari ishlab turibdi. Kimyo va neft kimyosi sanoatlari (&#8220;Ximvolokno&#8221; ishlab chiqarish birlashmasi, plastmassa, lok va bo&#8217;yoq korxonalari) vujudga kelgan. Mebel, musiqa asboblari (pianino) ishlab chiqarish korxonalari, texnik qog&#8217;oz fabrikasi bor. Yig&#8217;ma temirbeton konstruktsiyalar, tunuka materiallar, g&#8217;isht ishlab chiqariladi. Go&#8217;sht, moysir, sut, shakarqand, pivo, kraxmalqiyom zavodlari faoliyat ko&#8217;rsatadi. Sabzavotni qayta ishlash rivojlangan. Viloyat qishloq xo\u2019jalik kartoshka, don, qand lavlagi, uzun tolali zig&#8217;ir, sabzavot yetishtirish va sut-go&#8217;sht chorvachiligiga ixtisoslashgan. Qishloq xo\u2019jaligida foydalaniladigan yerlar viloyat hududining 70% ga yaqinini tashkil etadi. Don, kartoshka, texnika va ozuqa ekinlari ekiladi. Yaylov va pichanzorlar 30% ga yaqin maydonni egallaydi. Jamoa va shaxsiy xo&#8217;jaliklarida qoramol, cho&#8217;chqa, qo&#8217;y va echki boqiladi. Temir yo\u2019l uzunligi 900 kilometrga yaqin. Qattiq qoplamali avtomobil yo&#8217;llari uzunligi 4 ming kilometr chamasida. Dnepr va Desna daryolarida kema qatnaydi. Havo yo&#8217;li rivojlangan. 2 pedagogika instituti, 8 muzey, tarixiy-me&#8217;moriy muzeyqo&#8217;riqxona, 2 teatr bor.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>CHERNIGOV VILOYATI &#8211; Ukraina tarkibidagi viloyat. 1932 yil 7 oktabrda tashkil etilgan. Maydoni 31,9 ming kilometr kvadrat. Aholisi 1199,1 ming kishi (2004), asosan, ukrainlar, shuningdek, rus, belorus va boshqa millat &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/chernigov-viloyati\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[171],"tags":[],"class_list":["post-21568","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-ch-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21568","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=21568"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21568\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":21569,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21568\/revisions\/21569"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=21568"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=21568"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=21568"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}