{"id":21571,"date":"2022-03-16T10:41:49","date_gmt":"2022-03-16T07:41:49","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=21571"},"modified":"2022-03-16T10:41:50","modified_gmt":"2022-03-16T07:41:50","slug":"chernishevskiy-nikolay-gavrilovich","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/chernishevskiy-nikolay-gavrilovich\/","title":{"rendered":"CHERNISHEVSKIY NIKOLAY GAVRILOVICH"},"content":{"rendered":"\n<p>CHERNISHEVSKIY NIKOLAY GAVRILOVICH [1828.12.24 (7) Saratov 1889.17(29).10] \u2014 rus publitsisti, adabiy tanqidchi va jamoat arbobi. Peterburg universitetining tarix-filologiya bo&#8217;limini (1846-50) tugatgan. Rus jamiyatida ilk demokratik harakat va inqilobiy vaziyat uchqun olgan 1859-61 yillarda &#8220;Sovremennik&#8221; jurnali &#8220;dehqonlar demokratiyasi&#8221;ning minbariga aylangan. Shu jarayonga boshchilik qilgan hamda inqilobiy ruhdagi varaqalarni tayyorlash va tarqatishda ishtirok etgan Chernishevskiy rus muhojirlari bilan aloqada ayblanib, 1862 yil 7 iyulda hibsga olinadi. Chernishevskiy Petropavlovsk qal&#8217;asida o&#8217;zining mashhur &#8220;Nima qilmoq kerak?&#8221;(1863) romanini yozadi. Chernishevskiyni 7 yil muddatli qatorga ishlariga yuborish haqidagi hukm e&#8217;lon qilinib, ochiq maydonda &#8220;fuqarolik jazosi&#8221; o&#8217;tkazilgach (1864 yil 19 may), u jandarmlar hamrohligida Sibirga yuborilgan. 20 yildan ziyod umrini qamoq, katorga va surgunda o&#8217;tkazib, 1883 yilda Astraxonda yashash sharti bilan ozod etilgan. Chernishevskiyning asosiy faoliyati dehqonlar inqilobi yordami bilan Rossiyani yangi taraqqiyot bosqichiga olib chiqishga qaratilgan. U Yevropadagi inqilobiy harakatlardan saboq chiqargan holda agrar Rossiyaning kelajagini dehqonlar inqilobining ro&#8217;y berishi va shu inqilobning bo&#8217;lajak samaralarida ko&#8217;rgan. Chernishevskiy Rossiyadagi mavjud siyosiy tuzumni dehqonlar inqilobi yordamida o&#8217;zgartirish g&#8217;oyasini olg&#8217;a surish bilan birga Yevropada shakllanib borayotgan kapitalizmni ham qabul qilmagan. Chernishevskiy Rossiyada kapitalizm bosqichini kechirmay turib, yangi, taraqqiy etgan va demokratik me&#8217;yorlar ustuvorlik qilgan jamiyatni barpo etish mumkin, deb hisoblagan. Shuning uchun ham sho&#8217;ro davri faylasuflari Chernishevskiyning siyosiy-ijtimoiy qarashlarini utopik sotsializm ta&#8217;limotining ko&#8217;rinishlaridan biri sifatida baholab kelganlar. Chernishevskiyning asosiy adabiy-estetik qarashlariga ko&#8217;ra, &#8220;san&#8217;at \u2014 san&#8217;at uchun&#8221; nazariyasi zararli; g&#8217;oyaviylik, xalqchillik va haqqoniylik adabiyotning ustuvor tamoyillaridir. Chernishevskiyning adabiy-tanqidiy va estetik qarashlari, birinchi navbatda, o&#8217;z davri uchun, rus adabiyoti va san&#8217;ati uchun muhim ahamiyatga ega bo&#8217;lgan. Chernishevskiyning adabiy merosida &#8220;nima qilmoq kerak?&#8221;(1862-63) romanidan tashqari, Sibirda yozilgan &#8220;muqaddima&#8221; (&#8220;Prolog&#8221;, 1867\u2014 69) romani, &#8220;bir kiz tarixi&#8221;, &#8220;Barbarussaning avlodi&#8221;, &#8220;Yog&#8217;du jilolari&#8221; singari hikoyalar, &#8220;Yechimsiz drama&#8221;, &#8220;Olijanob yer&#8221;, &#8220;Bo&#8217;tqa tayyorlovchi pazanda&#8221; kabi pyesalar bor. Bu asarlar orasida &#8220;Muqaddima&#8221; va, ayniqsa, &#8220;Nima qilmoq kerak?&#8221;romanlari alohida mavqega ega. Chernishevskiy &#8220;Nima qilmoq kerak?&#8221;romani asosida eski hayotni yomon ko&#8217;rgan, eskicha yashashni xohlamagan, o&#8217;z Vatanining go&#8217;zal ertangi kunini yaqinlashtirishni istagan kishilar nima qilishlari lozim, degan savolga javob berishga uringan. Chernishevskiyning &#8220;Muqaddima&#8221; romani ham jamiyatni qayta qurish muammosiga bag&#8217;ishlangan bo&#8217;lib, unda ham rus adabiyotidagi &#8220;Yangi kishilar&#8221; obrazi yaratilgan. As.; Tanlangan adabiytanqidiy maqolalar, T., 1956; nima qilmoq kerak? T., 1968; Sochineniya, t. 1-5, M., 1974. Ad. Pokusaev E.I., N.G. Chernishevskiy, M., 1976; Lantshikov A., N.G.Chernishevskiy, M., 1982; N.G.Chernishevskiy v vospominaniyax sovremennikov, M., 1982. Naim Karimov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>CHERNISHEVSKIY NIKOLAY GAVRILOVICH [1828.12.24 (7) Saratov 1889.17(29).10] \u2014 rus publitsisti, adabiy tanqidchi va jamoat arbobi. Peterburg universitetining tarix-filologiya bo&#8217;limini (1846-50) tugatgan. Rus jamiyatida ilk demokratik harakat va inqilobiy vaziyat uchqun &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/chernishevskiy-nikolay-gavrilovich\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[171],"tags":[],"class_list":["post-21571","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-ch-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21571","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=21571"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21571\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":21578,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21571\/revisions\/21578"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=21571"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=21571"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=21571"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}