{"id":21576,"date":"2022-03-16T10:42:43","date_gmt":"2022-03-16T07:42:43","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=21576"},"modified":"2022-03-16T10:42:45","modified_gmt":"2022-03-16T07:42:45","slug":"chernovsi-viloyati","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/chernovsi-viloyati\/","title":{"rendered":"CHERNOVSI VILOYATI"},"content":{"rendered":"\n<p>CHERNOVSI VILOYATI \u2013 Ukraina tarkibidagi viloyat. 1940 yil 7 avgustda tashkil etilgan. Maydoni 8,1 ming kilometr kvadrat. Aholisi 913 ming kishi (2004), asosan, ukrainlar, shuningdek, moldavan, rumin, rus va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Shahar aholisi 36%. 10 ma&#8217;muriy tumanga bo&#8217;lingan, 10 shahar va 9 shaharcha bor. Markazi \u2014 Chernovsi shahri. Muhim shaharlari: Chernovsi, xotin, Storojines. Chernovsi viloyati Karpat tog&#8217;lari va shu tog&#8217; etaklari hamda Volin Podoliya qirlarining tarmoqlarida joylashgan. Iqdimi mo&#8221;tadil kontinental. Yanvarning o&#8217;rtacha temperaturasi -4,8\u00b0 dan -10\u00b0 gacha; iyulniki 12\u00b0-19\u00b0. Yillik yog&#8217;in 500-1000 millimetr. Vegetatsiya davri 206\u2014 216 kun. Muhim daryolari: Dnestr, Prut, Siret. Tekislikda sur tusli o&#8217;rmon va podzollashgan qoratuproq, tog&#8217;larda va tog&#8217; etaklarida podzollashgan qo&#8217;ng&#8217;ir tuproq va chimli qo&#8217;ng&#8217;ir tuproqlar tarqalgan. Hududining 28% o&#8217;rmon va butazorlar (qoraqarag&#8217;ay, oqqarag&#8217;ay, dub, qora qayin). Tog&#8217;va tog&#8217; etaklari tabiiy pichanzor va yaylov. O&#8217;rmonlarda bug&#8217;u, qobon, ayiq, silovsin, tulki, suvsar, tiyin, ondatra, malla tovushqon yashaydi. Zubr, Los, norka; qushlardan qirg&#8217;ovul iqlimlashtirilgan. Oziq-ovqat, yengil va mashinasozlik sanoatlari rivojlangan. Go&#8217;sht, yog&#8217;-moy kombinatlari, shakarqand, sabzavot quritish va konserva zavodlari bor. Mashinasozlik korxonalari, neft sanoati uchun apparaturalar, energetika asboblari, yengil sanoat uchun stanoklar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. O&#8217;rmon va yog&#8217;ochsozlik sanoati rivojlangan. Viloyat elektr energiyani Chernovsi issiqlik elektr markazidan oladi. Ip-gazlama, qo&#8217;lqop-trikotaj, paypoq ishlab chiqarish birlashmalari ishlab turibdi. Qishloq xo\u2019jalik g&#8217;alla va texnika ekinlari yetishtirish, sut-go&#8217;sht uchun qoramol boqishga ixtisoslashgan. G&#8217;alla, texnika va yem-xashak ekinlari ekiladi. Bog&#8217;dorchilik rivojlangan. Viloyat xo&#8217;jaliklarida qoramol, cho&#8217;chqa, qo&#8217;y va echki boqiladi. Temir yo\u2019l uzunligi 466 kilometr, qattiq qoplamali avtomobil yo&#8217;llar uzunligi 2,7 ming kilometr. 2 oliy o&#8217;quv yurti (shu jumladan, universitet), 5 muzey, filarmoniya, 2 teatr bor. Chernovsi viloyati hududida 17-18-asrlarga oid tarixiy-me&#8217;moriy yodgorliklar (yog&#8217;och cherkovlar) saqlangan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>CHERNOVSI VILOYATI \u2013 Ukraina tarkibidagi viloyat. 1940 yil 7 avgustda tashkil etilgan. Maydoni 8,1 ming kilometr kvadrat. Aholisi 913 ming kishi (2004), asosan, ukrainlar, shuningdek, moldavan, rumin, rus va boshqa &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/chernovsi-viloyati\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[114],"tags":[],"class_list":["post-21576","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-b-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21576","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=21576"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21576\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":21582,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21576\/revisions\/21582"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=21576"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=21576"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=21576"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}