{"id":21614,"date":"2022-03-16T15:12:23","date_gmt":"2022-03-16T12:12:23","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=21614"},"modified":"2022-03-16T15:12:24","modified_gmt":"2022-03-16T12:12:24","slug":"chexov-anton-pavlovich","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/chexov-anton-pavlovich\/","title":{"rendered":"CHEXOV ANTON PAVLOVICH"},"content":{"rendered":"\n<p>CHEXOV ANTON PAVLOVICH [1860.17 (29).1, Taganrog 1904.2 (15). 7, Badenveyler, Germaniya; Moskvada dafn etilgan] \u2014 rus yozuvchisi. Moskva universitetining tibbiyot fakultetini tugatgan (1884), shifokor bo&#8217;lib ishlagan. 1892-98 yillarda Moskva yaqinidagi Melixovo qishlog&#8217;i (hozirgi Chexov shahri) da yashab, mahalliy dehqonlarga tibbiy yordam ko&#8217;rsatgan, ularning bolalari uchun maktablar ochgan. Sil kasali bilan og&#8217;rib, 1898 yil Yaltaga ko&#8217;chgan. Salomatligi yomonlashgach, 1904 yil iyunida Badenveyler (Germaniya)ga borgan va u yerda vafot etgan. Chexov 80-yillarning 2-yarmida teatr uchun &#8220;Ivanov&#8221; (1887-89), &#8220;Alvasti&#8221; (1889, keyinchalik &#8220;Vanya amaki&#8221; nomi bilan qayta ishlangan) pyesalari, &#8220;To&#8217;y&#8221; (1889) bir pardali pyesasi, shuningdek, &#8220;Tamakining zarari haqida&#8221; (1886), &#8220;Ayiq&#8221; (1888), &#8220;Yubiley&#8221; (1891-92) singari vodevillar yozgan. 90-yillarda Saxalinga sayohatga borib, katorga va surgun qilingan kishilarning fojiali turmushi bilan tanishgan. Ushbu sayohat xotiralari &#8220;6-palata&#8221; (1892) qissasi va &#8220;Saxalin oroli&#8221; (1893-94) kitobida o&#8217;z aksini topgan. 90-yillar oxiriga borib, Chexovning dramaturglik mahorati yuksak cho&#8217;qqiga erishdi. &#8220;Chayka&#8221;, &#8220;Vanya amaki&#8221; (1896), &#8220;Uch opa-singil&#8221; (1900-01), &#8220;Olchazor&#8221; (1903\u2014 04) pyesalarining 1898 y.il Moskva badiiy teatrida sahnalashtirilishi Chexov ijodida yangi davr boshlanganidan darak berdi. Chexov ijodi 3 davrdan iborat: 1) 80-yillarning o&#8217;rtalariga qadar bo&#8217;lgan davr; 2) 80-yillarning o&#8217;rtalaridan 90-yillarning boshlariga qadar bo&#8217;lgan davr; 3) 90-yillarning boshlaridan yozuvchi vafotiga qadar bo&#8217;lgan davr. Chexov ijodining dastlabki davrida turli noshirlarning didi va buyurtmasi bilan asosan hazil-mutoyibadan iborat asarlar yozgan bo&#8217;lsada, shu davrdayoq yozuvchi ijodining asosiy mavzulari (inson va amal, go&#8217;zallik va razolat, hayotning serhasham va g&#8217;arib tomonlari va boshqalar) yuzaga chiqa boshladi. Chexov shu davrda yozgan &#8220;Semiz va oriq&#8221;, &#8220;Chinovnikning o&#8217;limi&#8221; (1893), &#8220;Buqalamun&#8221;, &#8220;Niqob&#8221; (1884), &#8220;Unter Prishibeyev&#8221; (1885) singari hikoyalarida mavzuni kulgi yordamida yoritish, hajviy obraz yaratish, voqea va hodisalarni lo&#8217;nda tasvirlash san&#8217;atini mukammal egallaganini namoyish qiladi. Chexov ijodining 2-davrida yozuvchining Markaziy mavzusi aniq qirralar kasb etadi. Qahramonning ruhiy olami va hatto voqeahodisalarning rivoji emas, balki ijtimoiy munosabatlar va maishiy to&#8217;qnashuvlarning qahramon xarakteriga ta&#8217;siri masalasi Chexovning diqqat markazida bo&#8217;ladi. Bu masala, birinchi navbatda, Chexovning &#8220;G&#8217;ilof bandasi&#8221; (1898) hikoyasida o&#8217;zining yorqin tajassumini topadi. Bu asarda g&#8217;ilof yolg&#8217;on va zulmga, kimningdir ayshishrat qilib, kimningdir azob-uqubat chekib yashashiga asoslangan hayotning timsoliga aylanadi. Chexov ijodining shu bosqichida ko&#8217;zga tashlangan tamoyillar 3-davrda yangi badiiy kuch bilan ifodalanadi. Chexovning &#8220;Boloxonali uy&#8221;, &#8220;Mening hayotim&#8221; (1896) qissalari, &#8220;Ionich&#8221; (1898), &#8220;Laycha etaklagan xonim&#8221; (1899) va boshqa hikoyalarida shu davrdagi rus jamiyatining anatomiyasi shafkatsizlik bilan ochib tashlandi. Bu asarlarda insonning lokaydligi mavzusi faqat ma&#8217;naviypsixologik rejada emas, balki ijtimoiy yo&#8217;nalishda ham badiiy tadqiq etildi. Chexov turli tabaqa va ijtimoiy qatlamlarga nazar tashlab, o&#8217;z qahramonining ruhiy uyg&#8217;onish, muhitga qarshilik ko&#8217;rsatish, hayotini qayta qurish qobiliyatini muttasil ravigsda tekshirib turadi. Chexovning dramaturgiya sohasidagi ijodi rus teatri taraqqiyotiga katta ta&#8217;sir ko&#8217;rsatdi. Yozuvchining nasriy asarlarida o&#8217;z ifodasini topgan kishilar o&#8217;rtasidagi ruhiy aloqalarning yo&#8217;kdigi mavzusi uning sahna asarlarida ham turli shaklda talqin etilgan. Chexov nasriy va dramaturgik ijodi bilan jahon adabiyoti taraqqiyotiga sezilarli ta&#8217;sir ko&#8217;rsatdi. O&#8217;zbek adabiyotida realistik xikoya janrining maydonga kelishi va Abdulla Qodiriy, Cho&#8217;lpon, Abdulla Qahhor hikoyanavislik ijodining shakllanishida Chexov an&#8217;analari ham muayyan omil bo&#8217;lib xizmat qilgan. Chexovning eng yaxshi nasriy asarlari va pyesalari o&#8217;zbek tiliga tarjima etilgan. Uning barcha mashhur pesalari respublikadagi o&#8217;zbek va rus teatrlarida sahnalashtirilgan. As: tanlangan asarlar, 3 j.li, T., 1957\u2014 58; Polnoe Sobranie sochineniy, t. 1-30, M, 197383. Ad.: Berdnikov G. P., Chexov, M., 1978; Poloskaya E. A., A.P.Chexov i Dvijenie xudojestvennoy misli, M., 1979; Byaliy G. A., Chexov i russkiy realizm, M., 1981. Naim Karimov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>CHEXOV ANTON PAVLOVICH [1860.17 (29).1, Taganrog 1904.2 (15). 7, Badenveyler, Germaniya; Moskvada dafn etilgan] \u2014 rus yozuvchisi. Moskva universitetining tibbiyot fakultetini tugatgan (1884), shifokor bo&#8217;lib ishlagan. 1892-98 yillarda Moskva yaqinidagi &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/chexov-anton-pavlovich\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[171],"tags":[],"class_list":["post-21614","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-ch-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21614","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=21614"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21614\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":21621,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21614\/revisions\/21621"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=21614"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=21614"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=21614"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}