{"id":21616,"date":"2022-03-16T15:12:49","date_gmt":"2022-03-16T12:12:49","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=21616"},"modified":"2022-03-16T15:12:50","modified_gmt":"2022-03-16T12:12:50","slug":"chechak","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/chechak\/","title":{"rendered":"CHECHAK"},"content":{"rendered":"\n<p>CHECHAK, chin chechak \u2014 odam va hayvonlarning o&#8217;tkir yuqumli kasalligi. O&#8217;tmishda yer yuzidagi barcha mamlakatlarda keng tarqalgan bo&#8217;lib, u haqdagi dastlabki ma&#8217;lumotlar kds. Misr va Xitoy qo&#8217;lyozmalarida uchraydi, keyinroq yunon va rimlik vrachlarning asarlarida qayd etilgan. O&#8217;rta asrlarda Roziy &#8220;Chechak va qizamiq haqida kitob&#8221; (&#8220;Kitob aljudariy valhasba&#8221;) nomli asar yaratib, tibbiyot tarixida birinchi marta Chechakni ta&#8217;riflab berdi va Chechakga qarshi emlash kerak degan fikrga kelib, uni amalda qo&#8217;lladi. Chechakning oldini olish haqidagi fikrlar Ibn Sino asarlarida ham ilgari surilgan. 1796 yilga kelib Yevropada ingliz vrachi E. Jenner chechakka qarshi emlashni taklif etganidan so&#8217;nggina Chechak ancha kamaydi. Chechakni filtrlanuvchi viruslar qo&#8217;zg&#8217;atadi. Infektsiya manbai \u2014 bemor. Virus havo (chang, bemor aksirganda, yo&#8217;talganda) va bemor buyumlari (kiyim-kechak va hokazolar) dan o&#8217;tadi. Kasallik o&#8217;tkir boshlanadi. Gavda temperaturasi birdan ko&#8217;tarilib, bosh og&#8217;riydi, et uvishib ko&#8217;ngil ayniydi va bel, dumg&#8217;aza atrofida og&#8217;riq paydo bo&#8217;ladi. Bemorning pulsi tezlashib, tili quruqshaydi, karashlanadi. Tomoq, burun, halqum shilliq qavatlari qizarib yallig&#8217;lanadi. Shu davrda ayrim bemorlarning qorin pasti, sonining ichki tarafiga qizamiq yoki qizilcha toshmasiga o&#8217;xshash toshmalar toshadi. 3-4 kundan so&#8217;ng bemorning ahvoli birmuncha yaxshilanib, keyin yana og&#8217;irlashadi. Bu davrda peshona, soch, yuz, qo&#8217;l panjasida haqiqiy Chechak toshmasi \u2014 mayda dog&#8217;ga o&#8217;xshash toshmalar paydo bo&#8217;ladi, ertasiga ular qizg&#8217;ish tugunchalar (papula)ga aylanib, butun badanga tarqaladi. Keyin tugunchalardan pufakchalar (vezikula) hosil bo&#8217;ladi va yiring boylaydi. Kasallikning 10\u201413-kuni yiringli toshmalar qurib, qoraqo&#8217;gir bo&#8217;ladi. 18\u201420-kuni ular tusha boshlaydi va o&#8217;rni chandiqlana boradi, bemorning ahvoli birmuncha yaxshilanadi. Og&#8217;ir kechadigan aralash Chechakda toshmalar bi-rbiriga qo&#8217;shilib ketadi. Gemorragik Chechak (&#8220;qora Chechak&#8221;yoki Chechak purpurasi) da to&#8217;qima va a&#8217;zolarga qon quyiladi. Chechakning toshma toshmaydigan, isitmasiz kechadigan shakllari farq qilinadi. Chechakning oldini olish uchun bemor Chechakga qarshi emlanadi va boshqa chora-tadbirlar ko&#8217;riladi. 1980 yil Jahon Sog&#8217;liqni Saqlash Assambleyasining 33 sessiyasida yer yuzida chin chechak butkul tugatilganligi rasmiy ravishda e&#8217;lon qilindi. Chorva mollarida Chechak zaharlanish, isitma va teriga toshmalar toshishi bilan kechadi. Chechak qo&#8217;zg&#8217;atuvchisi Poxviridae oilasiga mansub 7 turkum viruslari. Har bir hayvon turida Chechakni qo&#8217;zg&#8217;atadigan o&#8217;ziga xos viruslari bor. Masalan, qo&#8217;y Chechakda ko&#8217;z, burun zararlanadi, sigir Chechakda sog&#8217;im kamayadi, elinda va tananing boshqa qismlarida toshmalar paydo bo&#8217;ladi, qushlarda teri va ichki a&#8217;zolar zararlanadi. Kasal bo&#8217;lib tuzalgan hayvonlarda turg&#8217;un immunitet hosil bo&#8217;ladi. Kasallik kasal hayvon bilan sog&#8217;lom hayvon bir joyda saqlanganda, virus bilan zararlangan ozuqa, suv va boshqalar orqali yuqadi. Viruslar atrof muhitda bir necha oygacha saqlanadi. Qish oylarida yosh hamda nimjon o&#8217;sgan chorva mollari ko&#8217;proq va og&#8217;irroq kasallanadi; ularning mahsuldorligi pasayadi, terisi yoriladi, ayrim hayvonlar nobud bo&#8217;ladi. Tashhis klinikepizootologik va epidemiologik ma&#8217;lumotlar, lab. tekshiruvlari natijalari asosida qo&#8217;yiladi. Davolash: gammaglobulinlar, antibiotiklar, malham dorilar, glitserin yoki antiseptik vositalarni qo&#8217;llash. Oldini olish: umumiy sanitariyaveterinariya qoidalariga rioya qilish; hayvonlarda emlash yo&#8217;li bilan immunitet hosil qilish; kasallikka chalingan mollarni alohida saqlash va boshqalar.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>CHECHAK, chin chechak \u2014 odam va hayvonlarning o&#8217;tkir yuqumli kasalligi. O&#8217;tmishda yer yuzidagi barcha mamlakatlarda keng tarqalgan bo&#8217;lib, u haqdagi dastlabki ma&#8217;lumotlar kds. Misr va Xitoy qo&#8217;lyozmalarida uchraydi, keyinroq yunon &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/chechak\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[171],"tags":[],"class_list":["post-21616","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-ch-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21616","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=21616"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21616\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":21623,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21616\/revisions\/21623"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=21616"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=21616"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=21616"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}