{"id":21633,"date":"2022-03-16T16:20:28","date_gmt":"2022-03-16T13:20:28","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=21633"},"modified":"2022-03-16T16:20:29","modified_gmt":"2022-03-16T13:20:29","slug":"chjan-tsyan","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/chjan-tsyan\/","title":{"rendered":"CHJAN TSYAN"},"content":{"rendered":"\n<p>CHJAN TSYAN (? miloddan avvalgi taxminan 103) \u2014 xitoylik diplomat va sayyoh. Miloddan avvalgi 138 yil imperator udu tomonidan g\u2019arbga, yuechjilar bilan hunnularga qarshi ittifoq tuzish maqsadida yuborilgan. Hunnular qo&#8217;liga tushib qolib, faqat 10 yil o&#8217;tgachgina qochishga muvaffaq bo&#8217;lib sayohatini davom ettirgan. Qaytishda yana hunnular qo&#8217;liga tushgan, lekin tez orada qochishga erishgan. Miloddan avvalgi 115 yil elchilarga bosh bo&#8217;lib Xitoy chegaralaridan G&#8217;arbdagi ko&#8217;chmanchi usun qabilasi hukmdori (gunmo) huzuriga jo&#8217;natilgan. Chjan Tsyan uni Xitoy bilan ittifoq tuzishga ko&#8217;ndirgan. Chjan Tsyan tomonidan Xitoydan O&#8217;rta Osiyoga bosib o&#8217;tilgan yo&#8217;l keyinchalik Yevropada Buyuk ipak yo&#8217;li nomini olgan. G&#8217;arbiy o&#8217;lkalar \u2014 O&#8217;rta Osiyo va Sharqiy Turkiston Chjan Tsyan sayohatigacha xitoyliklarga noma&#8217;lum bo&#8217;lib kelgan. Xitoyning G&#8217;arbiy o&#8217;lka bilan diplomatik aloqalar o&#8217;rnatishiga asosiy sabab miloddan avvalgi 1-asrning 1-yarmida hunnular bilan yuechjilar (toxarlar) o&#8217;rtasidagi urush bo&#8217;lgan. Bu urushda yuechjilar yengilib, ularning aksari qismi hozirgi Gansu viloyatidan Yettisuvga ko&#8217;chgan, biroq bu yerda ham hunnular ularga tinchlik bermay quvg&#8217;in qilganlar. Ular O&#8217;rta Osiyoning Janubga, Baqtriyaga ketishga majbur bo&#8217;lishgan, u yerda Yunon-Baqtriya podsholigining vayron etishda boshqa qabilalar bilan ishtirok etishgan. Keyinchalik yuechjilarning avlodlari Kushon podsholigini barpo etishgan. Yuechjilar hunnularga qarshi kurashda o&#8217;zlariga ittifoqchi izlashgan. Xitoyning Xan sulolasi ham hunnularga qarshi kurash olib bormoqda edi. Chjan Tsyan G&#8217;arb safarida unga hun yo&#8217;lboshlovchisi Tani Xunuganfu hamriugik qilgan. Biroq yo&#8217;lda u Xunnular tomonidan qo&#8217;lga olinib ularning hukmdori huzuriga keltirilgan. Chjan Tsyanni Hunnu qizga uylantirganlar, undan bir o&#8217;g&#8217;il farzand qurgan. Pekin qulay fursat kelishi bilan u hamrohlari bilan asirlikdan qochib, sayohatini davom ettirgan. U qadimgi Farg\u2019ona \u2014 Davanta kelgan. Davan hokimi Xitoy bilan diplomatik aloqalar o&#8217;rnatish niyati borligini aytgan. Chjan Tsyan Davan aholisi mashg&#8217;uloti haqida qimmatli ma&#8217;lumotlar qoddirgan. Imperator Udiga, ayniqsa, Davan tulporlari yoqib qolgan. Chjan Tsyan Davandan Kangyuyga o&#8217;tgan, so&#8217;ng Janubga Daxya (Baqtriya)ga borgan. U yerda bir yil turib orqaga qaytgan, lekin yo&#8217;lda yana hunnular qo&#8217;liga tushib qolgan. Biroq 1 yildan keyin, hunnular o&#8217;rdasidagi ichki nizolardan foydalanib Xitoyga qochib borishga muvaffaq bo&#8217;lgan. Uning g&#8217;arbiy o&#8217;lkalarga qilgan 1-sayohati 13 yil davom etgan. U bilan yo&#8217;lga chiqqan 100 ta hamrohidan atigi 2 kishi \u2014 o&#8217;zi va yo&#8217;lboshlovchisi sog&#8217;-salomat qaytib kelishgan. Xitoyga qaytib kelgach, Chjan Tsyan imperatorga batafsil hisobot tayyorlagan. O&#8217;z hisobotida O&#8217;rta Osiyodagi davlatlar, mulklar \u2014 Davan, usun, Kangyuy, Daxya, Yantsay, katta yuechji va boshqalar haqida ma&#8217;lumot keltirgan. Ad.: Rtveladze E. V., Velikiy shyolkoviy put, T., 1999.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>CHJAN TSYAN (? miloddan avvalgi taxminan 103) \u2014 xitoylik diplomat va sayyoh. Miloddan avvalgi 138 yil imperator udu tomonidan g\u2019arbga, yuechjilar bilan hunnularga qarshi ittifoq tuzish maqsadida yuborilgan. Hunnular qo&#8217;liga &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/chjan-tsyan\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[171],"tags":[],"class_list":["post-21633","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-ch-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21633","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=21633"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21633\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":21640,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21633\/revisions\/21640"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=21633"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=21633"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=21633"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}