{"id":21660,"date":"2022-03-16T16:52:34","date_gmt":"2022-03-16T13:52:34","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=21660"},"modified":"2022-03-16T16:52:35","modified_gmt":"2022-03-16T13:52:35","slug":"chibcha-tillari","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/chibcha-tillari\/","title":{"rendered":"CHIBCHA TILLARI"},"content":{"rendered":"\n<p>CHIBCHA TILLARI \u2014 indeys tillari guruhi (oilasi); Markaziy va Janubiy Amerikaning Gonduras, Kostarika, Nikaragua, Panama, Venesuela, Kolumbiya, Ekvador, Peru (qisman) kabi mamlakatlarida tarqalgan. O&#8217;tgan asr oxiridagi ma&#8217;lumotlarga ko&#8217;ra, Chibcha tillarida 635 mingdan ortiq kishi so&#8217;zlashadi. Bir qancha olimlar tomonidan turlicha tasnif etilgan. Masalan, chexbrazil olimi Ch. Loukotka tasnifiga ko\u2019ra, Chibcha tillari 60 dan ortiq tilni va sheva guruhlarini o&#8217;z ichiga olgan 20 ta guruhchaga bo&#8217;linadi (chibcha, Esmeralda, karake, yaruro, rama, malchora, guatuzo, getar, terraba, kabekar, chumula, gualaka, kuna, chochama, Malibu, mokana, timana va boshqalar). Chibcha tillarida 20 dan ortiq undosh tovush bo&#8217;lib, ular portlovchi, sirg&#8217;aluvchi va qorishiq turlarga bo&#8217;linadi. Undoshlar orasida sonorlar ham anchagina (ba&#8217;zi tillarda 8 taga etadi). Unlilar asosan 5 ta, lekin ularning umlautli va burun variantlari ham uchraydi. Urg&#8217;u so&#8217;zning istalgan bo&#8217;g&#8217;iniga tushishi mumkin. Morfologiyasi agglyutinativ qurilishga ega. Otlarda son (birlik, ko&#8217;plik) va kelishik (6 tagacha) kategoriyalari mavjud. Sodda gaplardagi so&#8217;z tartibi ega \u2014 to&#8217;ldiruvchi \u2014 kesim tarzidadir. Otdan ifodalangan aniqlovchilar aniqlanmishdan oldin, sifatdan ifodalanganlari esa aniqlanmishdan keyin keladi. Ular orasida moslashuv mavjud emas. Chibcha tillari kam o&#8217;rganilgan, faqat asl chibcha boshqa tillarga nisbatan yaxshiroq tadqiq etilgan: ushbu tilning Bernan do Lugo, tomonidan yozilgan ilk grammatikasi 1619 yilda Madridda nashr etilgan. 17-20-asrlarda Chibcha tillari bo&#8217;yicha missionerlar tomonidan tuzilgan ko&#8217;plab grammatika va lug&#8217;atlar nashr qilinmay qolgan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>CHIBCHA TILLARI \u2014 indeys tillari guruhi (oilasi); Markaziy va Janubiy Amerikaning Gonduras, Kostarika, Nikaragua, Panama, Venesuela, Kolumbiya, Ekvador, Peru (qisman) kabi mamlakatlarida tarqalgan. O&#8217;tgan asr oxiridagi ma&#8217;lumotlarga ko&#8217;ra, Chibcha tillarida &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/chibcha-tillari\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[171],"tags":[],"class_list":["post-21660","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-ch-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21660","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=21660"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21660\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":21667,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21660\/revisions\/21667"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=21660"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=21660"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=21660"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}