{"id":21682,"date":"2022-03-17T10:06:43","date_gmt":"2022-03-17T07:06:43","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=21682"},"modified":"2022-03-17T10:06:45","modified_gmt":"2022-03-17T07:06:45","slug":"chidamlilik","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/chidamlilik\/","title":{"rendered":"CHIDAMLILIK"},"content":{"rendered":"\n<p>CHIDAMLILIK (texnikada) \u2014 buyumlar, mashina va mexanizmlar, bino va inshootlarning muayyan muddatgacha, ya&#8217;ni ma&#8217;lum chegaraviy holatgacha ishga yaroqliligini saklash xossasi. Buyumlarning Chidamlilik darajasi ularning qanday materialdan yasalganligiga, ularni saqlash va ishlatish sharoitlariga bog&#8217;liq bo&#8217;ladi. Buyumlarni shartli ravishda ta&#8217;mirlanadigan (tuzatib turiladigan) va ta&#8217;mirlanmaydigan (buzilganidan keyin tashlab yuboriladigan) turlarga bo&#8217;lish mumkin. Ta&#8217;mirlanadigan buyumlar (uy-ro&#8217;zgor buyumlari, gaz va elektr asboblari, soatlar va boshqalar) ning ma&#8217;lum chegaraviy holati (ya&#8217;ni Chidamlilik chegarasi) ularning eskirishi, teztez ishlamay qolishi yoki tuzatish uchun sarflanadigan mablag&#8217;ning o&#8217;zini oqlamasligi bilan belgilanadi. Ayrim hollarda buyumlardan foydalanish qoidalarining buzilishi, xavfsizlik texnikasiga rioya qilmaslik ham ularning Chidamlilik chegarasiga ta&#8217;sir qiladigan omillar hisoblanadi. Buyumlarning ma&#8217;naviy eskirishi (yangiyangi rusumli, dizayni yaxshilangan buyumlarning ishlab chiqarilishi) ham ularning chegaraviy holatini belgilaydi. Ta&#8217;mirlanmaydigan buyumlar (masalan, yoritish lampalari, tishli g&#8217;ildiraklar va boshqalar) Chidamliligi uchun chegaraviy holat ularning ishdan chiqishi (masalan, lampochka tolasining kuyishi, shesternya tishining sinishi va boshqalar) bilan bog&#8217;liq bo&#8217;ladi va ularni tashlab yuborishga to&#8217;g&#8217;ri keladi. Bino va inshootlarning Chidamliligi deganda ularning talab etiladigan foydalanish ko&#8217;rsatkichlarini saqlagan holdagi xizmat muddati tushuniladi. Bunday Chidamlilik ma&#8217;naviy va jismoniy turlarga bo&#8217;linadi. Ma&#8217;naviy Chidamlilik \u2014 bino va inshootlarning o&#8217;zgaruvchan foydalanish shartlariga yoki xavfsizlik va estetika talablariga javob bermay qolguncha bo&#8217;lgan xizmat muddati. Bu muddatni o&#8217;tab bo&#8217;lgan bino yoki inshoot (masalan, turar joy binosi yoki ko&#8217;prik) mukammal (kapital) ta&#8217;mirlashdan chiqariladi yoki buzib tashlanadi. Jismoniy Chidamlilik mexanik zo&#8217;riqish (nagruzka) va fizikkimyoviy omillar ta&#8217;sirida bo&#8217;lgan asosiy yuk tushuvchi konstruktsiya yoki elementlar (masalan, binoning poydevori, sinch devori, ko&#8217;prikning ustuni va boshqalar) ning yemirilishi bilan belgilanadi. Bino va inshootlar bunday ahvolga tushmasligi uchun maxsus izolyasiya materiallari qo&#8217;llanadi, poydevorlarga qora moy surkaladi, binolar vaqti-vaqti bilan tezlab turiladi, ko&#8217;priklarning yemirilgan ustunlari almashtiriladi, foydalanishga doir qoidalarga qagiy rioya qilinadi va boshqalar. Shunda bino va inshootlarning xizmat muddati uzayadi. Davlat standartlashtirish tashkilotlari tomonidan bino va inshootlar uchun qurilish me&#8217;yorlari va qoidalari belgilab qo&#8217;yiladi. Bu me&#8217;yorlar va qoidalarga ko&#8217;ra, O&#8217;zbekistonda bino va inshootlarning xizmat muddati (vazifasi, qurilgan joyi va boshqalarga ko&#8217;ra) kamida 20 yil, 50 yil va 100 yil qilib belgilangan. Buyumlar, mashina va mexanizmlar, bino va inshootlarning Chidamlilik xossalarini o&#8217;rganish, bu xossalarni yaxshilash, xizmat muddatini uzaytirish chora-tadbirlarini ko&#8217;rish davlat miqyosidagi muhim ish hisoblanadi. Bu ishlar bilan maxsus tashkilotlar, ilmiy tadqiqot muassasalari, standartlashtirish va sertifikasiyalash idoralari shug&#8217;ullanadi. CHIJ (Spinus spinus) \u2014 chumchuqsimonlar turkumining sa&#8217;valar urug&#8217;iga mansub qush. Vazni 11 \u2014 14 gramm. Narining ko&#8217;kragi sariq, boshining usti qora. Modasi kulrangqo&#8217;ng&#8217;ir, dog&#8217;lari bor. Tumshug&#8217;i qisqa. Yevropa, G&#8217;arbiy Osiyo, G&#8217;arbiy Sibir va uzoq Sharqning qayin, qarag&#8217;ay va boshqa daraxtlar o&#8217;sadigan aralash o&#8217;rmonlarida, ayniqsa, tog&#8217;li joylarda keng tarqalgan. Baland daraxtlarning qalin shoxlarida uya yasaydi; 3-6 ta tuxum qo&#8217;yib, modasi 12-14 kun bosadi. Asosan, o&#8217;simlik urug&#8217;lari, ba&#8217;zan hasharotlar bilan oziqlanadi. Yashash arealining Janub qismi tashqarida \u2014 Shimoliy Afrika, Iroq, Janubiy Xitoyda ham qishlaydi. Ba&#8217;zan, O&#8217;rta Osiyo (goho Toshkent, Bishkek, Olmaota kabi shahri)da ham uchraydi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>CHIDAMLILIK (texnikada) \u2014 buyumlar, mashina va mexanizmlar, bino va inshootlarning muayyan muddatgacha, ya&#8217;ni ma&#8217;lum chegaraviy holatgacha ishga yaroqliligini saklash xossasi. Buyumlarning Chidamlilik darajasi ularning qanday materialdan yasalganligiga, ularni saqlash va &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/chidamlilik\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[171],"tags":[],"class_list":["post-21682","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-ch-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21682","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=21682"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21682\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":21687,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21682\/revisions\/21687"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=21682"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=21682"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=21682"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}