{"id":21736,"date":"2022-03-17T14:25:33","date_gmt":"2022-03-17T11:25:33","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=21736"},"modified":"2022-03-17T14:25:36","modified_gmt":"2022-03-17T11:25:36","slug":"chilla-davri","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/chilla-davri\/","title":{"rendered":"CHILLA DAVRI"},"content":{"rendered":"\n<p>CHILLA DAVRI \u2014 tug&#8217;ruqdan (yo&#8217;ldosh tushgandan boshlab) keyingi 6 \u2014 8 haftagacha bo&#8217;lgan davr. Tug&#8217;ruqdan keyingi birinchi soatlar (1 sutkagacha) esa ilk chilla davri hisoblanadi. Bu muddatda ko&#8217;p qon ketish holatlari kuzatiladi, shu sababli alohida e&#8217;tibor va kuzatuv talab etiladi. Xalq tabobatida Chilla davri 40 kun hisoblanib, shundan 20 kuni kichik chilla, 20 kuni katta chilla deyiladi. Tug&#8217;ruqdan so&#8217;ng ayol organizmining asli holiga qaytishi, chaqaloqning ona suti bilan oziqlanishini, normal o&#8217;sishini ta&#8217;minlash maqsadida O&#8217;zbekistonda ko&#8217;zi yorigan ayolga Chilla davri uchun jami 106 kun (tug&#8217;ruqdan oldin va tug&#8217;ruqdan keyin) dekret otpuskasi belgilangan, keyinchalik bola 2 yoshga kirguncha nafaqa to&#8217;lash, ayolning xohishiga ko&#8217;ra bola 3 yoshga to&#8217;lgunicha ish joyi saqlangan holda bepul otpuska berish qonunlashtirilgan. Chilla davrida homiladorlik, tug&#8217;ruq davrida ayol organizmi (a&#8217;zo va sistemalari) da sodir bo&#8217;lgan fiziologik o&#8217;zgarishlar asliga qaytadi (involyutsiya). Chilla davrining 1\u20142-kuni bachadon tubi kindik ro&#8217;parasida (qovdan 12 santimetr yuqorida) turadi. Chilla davrining 10-12 kuni davomida bachadon qisqarib, tubi odatdagicha qov suyagi ortiga o&#8217;tadi. Chilla davrining dastlabki kunlari bachadon og&#8217;irligi 1000 gramm bo&#8217;lsa, 8 hafta oxirigacha kamayib, 50-60 grammga tushadi. Bachadon bo&#8217;ynining ichki teshigi tug&#8217;ruqdan keyin, tashqi teshigi 3-haftada berkiladi. Bachadon qisqarayotgan davrida shilliq qavati ham tiklanib, asta-sekin bachadon ichki yuzasini qoplab boradi. Chilla davrining 3-haftasiga kelib, bachadonning epiteliy qavati to&#8217;la tiklanadi. Bu jarayon tugallangunga qadar tug&#8217;ruq vaqtida bachadon ichki yuzasida hosil bo&#8217;lgan jarohatlardan Chilla davriga xos ajralma \u2014 lohiyalar kelib turadi. Lohiyalar Chilla davrining 3\u20144-kuni qonli, qip-qizil bo&#8217;lib, keyin rangsizlanadi va kamayadi, 5-6 haftaga borib to&#8217;xtaydi. Chilla davrida qin (diloq) tonusi tiklanadi, tashqi jinsiy a&#8217;zolar, qin va bachadon bo&#8217;ynining chaqalangan, yirtilgan, shilingan jarohatlari bitadi. Bachadonning cho&#8217;zilgan boylamlari sekinasta kaltalashib, bachadon naylari va tuxumdonlar odatdagi holiga keladi. Chilla davrining 2\u20143-kuni sut bezlaridan sut (tug&#8217;ruqning 15\u201418-kunigacha og&#8217;iz suti, keyin odatdagi sut) ajrala boshlaydi. Normal o&#8217;tayotgan Chilla davrida chillali ayolning umumiy ahvoli yaxshi: pulsi tekis, to&#8217;la, ba&#8217;zan siyrak (fiziologik bradikardiya), arterial bosimi va gavda temperaturasi normal yoki shunga yaqin (goho yangi bo&#8217;shangan ayol temperaturasi bir oz ko&#8217;tarilishi ham mumkin) bo&#8217;ladi. Chilla davrida tashki jinsiy a&#8217;zolar va sut bezlarini har kuni tozalab turish, aseptika, antiseptika qoidalariga qat&#8217;iy rioya qilish zarur. Chunki ayol jinsiy yo&#8217;llaridagi tug&#8217;ruq jarohatlari, ko&#8217;krak so&#8217;rg&#8217;ichidagi yoriqlar orqali organizmga infektsiya kirishi va chilladagi septik kasalliklar rivojlanishi mumkin. Chilla davrida sog&#8217;lom ayollarga tug&#8217;ruqning 2-kunidanoq organizmni baquvvatlash, bachadon qisqarishini tezlashtirish maqsadida maxsus gimnastika mashg&#8217;ulotlari kompleksi belgilanadi. Chilla davrining 1\u20142-kuni sog&#8217;lom ayolga engil hazm bo&#8217;ladigan ovqatlar (sut, manniy bo&#8217;tqasi, qaymoq, qandli choy, kofe), 3-kundan boshlab odatdagi kaloriyali servitamin ovqatlar tavsiya qilinadi. Chilla davrida ayol achchiq, sho&#8217;r, o&#8217;tkir dorivorli va badhazm taomlar iste&#8217;mol qilmasligi, spirtli ichimlik ichmasligi kerak. Normal kechayotgan Chilla davrining 4-5 kuni tuqqan ayol tug&#8217;ruqxonadan chiqariladi. Gavda temperaturasi yuqori, shamollagan, yiringli teri kasalligi va boshqa infektsion kasalligi bor ayollar tug&#8217;ruqxonaning maxsus bo&#8217;limiga yotqiziladi. Ad.: Bodyajina V.I., Akusherlik (Darslik), T., 1971.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>CHILLA DAVRI \u2014 tug&#8217;ruqdan (yo&#8217;ldosh tushgandan boshlab) keyingi 6 \u2014 8 haftagacha bo&#8217;lgan davr. Tug&#8217;ruqdan keyingi birinchi soatlar (1 sutkagacha) esa ilk chilla davri hisoblanadi. Bu muddatda ko&#8217;p qon ketish &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/chilla-davri\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[171],"tags":[],"class_list":["post-21736","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-ch-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21736","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=21736"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21736\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":21742,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21736\/revisions\/21742"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=21736"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=21736"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=21736"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}