{"id":21748,"date":"2022-03-17T14:27:50","date_gmt":"2022-03-17T11:27:50","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=21748"},"modified":"2022-03-17T14:27:51","modified_gmt":"2022-03-17T11:27:51","slug":"chilonjiyda","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/chilonjiyda\/","title":{"rendered":"CHILONJIYDA"},"content":{"rendered":"\n<p>CHILONJIYDA, unabi, Xitoy xurmosi (Ziziphus Mill.) \u2014 jumrutdoshlar oilasi, zizifus turkumiga mansub daraxt yoki buta; ekiladigan meva daraxti. Osiyo, Afrika, Shim. Amerika, Avstraliyaning tropik va subtropik mintaqalarida o&#8217;sadigan 50 dan ortiq turi ma&#8217;lum. Jumladan, O&#8217;rta Osiyoning tog&#8217;li hududlarida mayda mevali yovvoyi turi o&#8217;sadi. Xitoy Chilonjiydasi (unabi; Z.jujuba Mill.) madaniylashtirilgan. Yaponiya, Xitoy, Pokiston, Afg&#8217;oniston, O&#8217;zbekiston, Tojikiston, Turkmanistonda ekiladi. Daraxti balandligi 8\u2014 12 metrga boradi, tanasining yo&#8217;g&#8217;onligi 40-60 santimetr (ba&#8217;zan 4 metrli buta holida o&#8217;sadi). 100 yildan ortiq yashaydi. Bargi tuxumsimon, yaltiroq, chetlari mayda arra tishli. May oxiri \u2014 iyul boshlarida gullaydi, gullashi 30-35 kun davom etadi. Guli xushbo&#8217;y, ikki jinsli, mayda, sarg&#8217;imtirko&#8217;kish. O&#8217;zidan va chetdan changlanadi. Mevasi 26\u2014 32 gramm, uzunligi 3-3,5 santimetr, noksimon, tuxumsimon, qizg&#8217;ishjigarrang, yaltiroq, po&#8217;sti qattiq. Sentabr oxirida pishadi. Eti och yashil, oq, shirin. Tarkibida 19-20% qand, 0,3\u2014 0,5% kislota, 2,8\u20142,9% oqsil, 1,73% kul moddasi, 500-523 mg% S va R, A vitaminlari; ildiz, barg va po&#8217;stlog&#8217;ida 4-9,5% oshlovchi modda bor; shifobaxsh. Chilonjiyda namsevar, qurg&#8217;oqchilik va sovuqqa chidamli, bahorgi qorasovuqdan zararlanmaydi. Ko&#8217;chati o&#8217;tqazilgach 2\u20144-yili hosilga kiradi. 18-20 yoshida bir tup daraxti 40-45 kilogramm meva beradi. Hosildorligi 150-200 tsentner\/gektar. Qalamcha, payvandlash yo&#8217;li bilan hamda urug&#8217;idan ko&#8217;paytiriladi. Mevasi yangiligida yeyiladi, quritiladi, sukatlar, murabbo, kompotlar, konserva qilinadi. O&#8217;zbekistonning barcha viloyatlarida 1967 yildan Xitoy va 1934 yilda Kaliforniya (AQSh)dan keltirilgan tan Yantszao, U sinxun navlari ekiladi. Zararkunanda va kasalliklari. Chilonjiyda kasallik va zararkunandalarga chidamli. Mevasiga Chilonjiyda pashshasi katta zarar yetkazadi. Kurash choralari qo&#8217;llanilmaganda chilonjiyda pashshasi qurtlari mevaning 90-95% ini zararlaydi. Ad..Toshmatov L., Chilonjiyda, T., 1962; Pomologiya Uzbekistana, T., 1983; Ahmedov O&#8217;.A., Xolmatov H.H., Chilonjiyda dorivor o&#8217;simlik, T., 1993.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>CHILONJIYDA, unabi, Xitoy xurmosi (Ziziphus Mill.) \u2014 jumrutdoshlar oilasi, zizifus turkumiga mansub daraxt yoki buta; ekiladigan meva daraxti. Osiyo, Afrika, Shim. Amerika, Avstraliyaning tropik va subtropik mintaqalarida o&#8217;sadigan 50 dan &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/chilonjiyda\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[171],"tags":[],"class_list":["post-21748","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-ch-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21748","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=21748"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21748\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":21751,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21748\/revisions\/21751"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=21748"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=21748"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=21748"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}