{"id":21757,"date":"2022-03-17T14:44:22","date_gmt":"2022-03-17T11:44:22","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=21757"},"modified":"2022-03-17T14:44:24","modified_gmt":"2022-03-17T11:44:24","slug":"chochqachilik","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/chochqachilik\/","title":{"rendered":"CHO&#8217;CHQACHILIK"},"content":{"rendered":"\n<p>CHO&#8217;CHQACHILIK \u2014 chorvanichilikning cho&#8217;chqalarni urchitish, ulardan go&#8217;sht, yog&#8217;, teri va boshqa mahsulotlar olish bilan shug&#8217;ullanadigan tarmog&#8217;i; cho&#8217;chqalar biologiyasi, selektsiyasi, zootexnikasi, xo&#8217;jalik ahamiyatini o&#8217;rganadigan fan. Cho&#8217;chqachilik chorvachilikning juda qadimgi tarmoqlaridan biri. Shaharlarning yiriklashuvi, aholining go&#8217;sht va boshqa chorvachilik mahsulotlariga bo&#8217;lgan ehtiyojlari ortib borishi bilan Cho&#8217;chqachilik ham jadal rivojlandi. 18-asrdan Amerikada mahalliy cho&#8217;chqa zotlarini bu yerga olib kelingan yunonrim va qadimgi Xitoy zotlari bilan chatishtirib, yangi sermahsul zotlar chiqarildi, tovar Cho&#8217;chqachilikdan naslchilik Cho&#8217;chqachilik ajralib chikdi, selektsiya ishlari olib borildi, naslchilik kitoblarini yuritish boshlandi, natijada yorkshirlar, berkshirlar kabi yuqori mahsuldor cho&#8217;chqa zotlari yaratildi. Cho&#8217;chqachilik jahondagi deyarli barcha mamlakatlarda go&#8217;sht mahsulotlari yetishtirishda samarali soha hisoblanadi. Jahon bo&#8217;yicha cho&#8217;chqalar soni 912,7 million boshni tashkil etadi (1999); Afrika mamlakatlari (million bosh) (27,0), Xitoy (429,1), AQSh (62,2), Braziliya (27,4), Ispaniya (21,6), Rossiya (17,3) va boshqalarda yirik cho&#8217;chqachilik fermalari tashkil etilgan. Cho&#8217;chqa go&#8217;shti yetishtirishning deyarli yarmi Osiyo mamlakatlari hissasiga to&#8217;g&#8217;ri keladi. &#8216;O&#8217;zbekistonda Cho&#8217;chqachilik, asosan, 19-asrning 2-yarmida, Rossiya imperiyasi O&#8217;rta Osiyoni bosib olganidan keyin bu yerga ko&#8217;chib kelgan yevropalik aholi orqali paydo bo&#8217;ldi. 1960-yillarga qadar issiq iqlim noqulayliklariga qaramay, davlat va jamoa xo&#8217;jaliklarining Cho&#8217;chqachilik fermalarida va, asosan, rus, ukrain, belorus va boshqa yevropalik aholining shaxsiy xo&#8217;jaliklarida rivojlandi. Rossiya, Ukraina, Kavkazdan sermahsul oq cho&#8217;chqa, Ukraina dasht oq cho&#8217;chqasi, shimoliy Kavkaz va landras cho&#8217;chqa zotlari keltirildi. O&#8217;zbekiston chorvachilik institutida Cho&#8217;chqachilik bo&#8217;limi tashkil etildi. Cho&#8217;chqachilik bilan shug&#8217;ullanadigan naslchilik zavodlari, xo&#8217;jaliklari va fermalari barpo etildi. 1960-91 yillarda Cho&#8217;chqachilik sanoat asosida jadal rivojlantirilgan. Toshkent, Samarkand, Jizzax viloyatlarida ixtisoslashgan Cho&#8217;chqachilik komplekslari qurildi, jumladan, 108 ming boshga mo&#8217;ljallangan &#8220;G&#8217;allaquduq&#8221;, 54 ming boshga mo&#8217;ljallangan &#8220;Sirg&#8217;ali&#8221; va &#8220;Rassvet&#8221; komplekslari ishga tushirildi. 1990 yilda barcha toifadagi xo&#8217;jaliklarda cho&#8217;chqalar soni 716 ming boshga yetdi, 47 ming tonna cho&#8217;chqa go&#8217;shti tayyorlandi. 1991 yildan keyin qishloq xo\u2019jaligida o&#8217;tkazilgan iqtisodiy islohotlar davomida Cho&#8217;chqachilik fermalari xususiylashtirildi. O&#8217;zbekistonda 85,3 ming bosh cho&#8217;chqa boqildi, 5 ming tonna go&#8217;sht tayyorlandi (2003). O&#8217;zbekiston chorvachilik ilmiy tadqiqot instituti cho&#8217;chqachilik bo&#8217;limida Cho&#8217;chqachilik ishlarini tashkil etish, cho&#8217;chqalarni parvarish qilish va ulardan sifatli mahsulot olish kabi mavzular bo&#8217;yicha tadqiqot ishlari olib boriladi. Oliy va maxsus qishloq xo\u2019jalik o&#8217;quv yurtlarida Cho&#8217;chqachilik fan sifatida o&#8217;qitiladi. Ubaydulla Nosirov, Izatulla Eshmatov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>CHO&#8217;CHQACHILIK \u2014 chorvanichilikning cho&#8217;chqalarni urchitish, ulardan go&#8217;sht, yog&#8217;, teri va boshqa mahsulotlar olish bilan shug&#8217;ullanadigan tarmog&#8217;i; cho&#8217;chqalar biologiyasi, selektsiyasi, zootexnikasi, xo&#8217;jalik ahamiyatini o&#8217;rganadigan fan. Cho&#8217;chqachilik chorvachilikning juda qadimgi tarmoqlaridan biri. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/chochqachilik\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[171],"tags":[],"class_list":["post-21757","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-ch-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21757","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=21757"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21757\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":21762,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21757\/revisions\/21762"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=21757"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=21757"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=21757"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}