{"id":21764,"date":"2022-03-17T14:53:25","date_gmt":"2022-03-17T11:53:25","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=21764"},"modified":"2022-03-17T14:53:26","modified_gmt":"2022-03-17T11:53:26","slug":"chilpish","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/chilpish\/","title":{"rendered":"CHILPISH"},"content":{"rendered":"\n<p>CHILPISH, chekanka, dekapitatsiya \u2014 o&#8217;simlikni bo&#8217;yiga o&#8217;sishdan to&#8217;xtatish, hosil to&#8217;plash va yetilishini tezlatish maqsadida o&#8217;sish nuqtasi yoki hosil novdaning uchki qismini olib tashlash; qo&#8217;shimcha agrotexnika tadbirlaridan biri. Chilpish shakllanayotgan hosilga oziq moddalarning yetib kelishini kuchaytiradi, ularning rivojlanishiga qulay sharoit yaratadi. Asosan, g&#8217;o&#8217;za, tok, mevali daraxtlar, tamaki, kanakunjut, pomidor va boshqalar chilpiladi. G&#8217;o&#8217;zani Chilpishda uning poyasi va yon shoxlari uchi olib tashlanadi. Agrotexnik nuqtai nazardan yorug&#8217;lik va issiqlik rejimini yaxshilaydi, ko&#8217;saklarning ortiqcha to&#8217;kilib ketmasligiga, tupning yotib qolmasligiga yordam beradi, hosildorlikni 1-4% ga oshiradi. Tolaning yetilishini va chanoqning ochilishini tezlashtiradi. Odatda, Chilpish g&#8217;o&#8217;za yalpi ko&#8217;saklay boshlagan paytda \u2014 o&#8217;rta tolali g&#8217;o&#8217;zada 14\u2014 16, ingichka tolali g&#8217;o&#8217;zada 20-22 hosil shoxi shakllanganda \u2014 iyulning o&#8217;rtalari \u2014 avgustning birinchi o&#8217;n kunligida o&#8217;tkaziladi. Asosiy poya uchi 4-6 santimetr, yon shoxlar uchi 2-3 santimetr uzunlikda chilpib tashlanadi. G&#8217;o&#8217;zani Chilpish qo&#8217;lda yoki maxsus Chilpish moslamalari, mashinalarda o&#8217;tkaziladi. Tokni Chilpish novdalarining pishishini tezlashtiradi, ularda oziq moddalarning to&#8217;planishiga yordam beradi, qishga chidamliligini oshiradi, yetarli yoruglik, havo, issiqlik ta&#8217;sirida g&#8217;ujumlari yirik, rangdor va shirali bo&#8217;ladi. Chilpish sug&#8217;oriladigan hosilli tokzorlarda yaxshi samara beradi. Toklar, birinchi marta sho&#8217;ra xomtokda (1-2 santimetr), asosan, ikkinchi marta avgustning 2-o&#8217;n kunligida novdalarning o&#8217;sish davri sekinlashganda chilpiladi, bunda novdalar uchining 1\/3 \u2014 1\/4 qismi olib tashlanadi. Sabzavotchilikda bodring va pomidor (issiqxonalarda avgustda ekilgan pomidor 7\u2014 9 shoxi ustidan) ni Chilpish g&#8217;ovlashga yo&#8217;l qo&#8217;ymay, hosil shox (palak) larini ko&#8217;paytiradi. Baklajon, Bryussel karami, urug&#8217;likka ekilgan lavlagi ham chilpiladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>CHILPISH, chekanka, dekapitatsiya \u2014 o&#8217;simlikni bo&#8217;yiga o&#8217;sishdan to&#8217;xtatish, hosil to&#8217;plash va yetilishini tezlatish maqsadida o&#8217;sish nuqtasi yoki hosil novdaning uchki qismini olib tashlash; qo&#8217;shimcha agrotexnika tadbirlaridan biri. Chilpish shakllanayotgan hosilga &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/chilpish\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[171],"tags":[],"class_list":["post-21764","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-ch-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21764","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=21764"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21764\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":21770,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21764\/revisions\/21770"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=21764"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=21764"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=21764"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}