{"id":21782,"date":"2022-03-17T15:21:21","date_gmt":"2022-03-17T12:21:21","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=21782"},"modified":"2022-03-17T15:21:21","modified_gmt":"2022-03-17T12:21:21","slug":"chimboy-tumani","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/chimboy-tumani\/","title":{"rendered":"CHIMBOY TUMANI"},"content":{"rendered":"\n<p>CHIMBOY TUMANI &#8211; Qoraqalpog&#8217;iston Respublikasidagi tuman. 1927 yil 3 iyulda tashkil etilgan. Shimoli g&#8217;arbdan Mo&#8217;ynoq, g&#8217;arbdan Bo&#8217;zatov va Janubdan Kegeyli, Sharq va shimoli sharqdan Qorao&#8217;zak, tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 3 ming kilometr. Aholisi 92,8 ming kishi (2004). Tumanda 8 ovul fuqarolari yig&#8217;ini (baxtli, Kenes, may, Mayjap, Tagjap, Tozajo&#8217;l, Qizilo&#8217;zek, Qo&#8217;sterek) bor. Markazi \u2014 Chimboy shahri. Tabiati. Tuman hududi Amudaryo quyi oqimining o&#8217;ng sohilidagi tekislikda, Kegeyli kanali sohilida joylashgan. Balandligi 60-70 metr. G&#8217;arbiy va shimoliy qismlari botqoqlashgan to&#8217;qaylardan iborat. Shimoli g&#8217;arbidagi qum tepalari uncha baland bo&#8217;lmagan (250 metr) qo&#8217;shxona tog&#8217;lariga tutashadi. Iqlimi keskin kontinental. Yer osti suvlari yaqin. Yozi issiq, quruq. Qishi sovuq. Yillik o&#8217;rtacha temperatura 11\u00b0. Yanvarning o&#8217;rtacha temperaturasi -6,9\u00b0. Eng past temperatura -32\u00b0. Amudaryo sohilida ko&#8217;lmak ko&#8217;p. Tuman hududida Qozoqdaryo va uning irmog&#8217;i Erkindaryo oqadi. Ulardan Tasjarma, Qizilo&#8217;zak, Qo&#8217;shqarjiqqan kanallari chiqarilgan. 1939-40 yillarda qurilgan Mayjap va Obodjap kanallaridan ham ekinlarni sug&#8217;orishda foydalaniladi. Tuman hududi orqali Kegeyli kanali o&#8217;tadi (tuman hududidagi uzunligi 70 kilometr). Qizketgan, O&#8217;rjap va boshqa kanallar, Qorako&#8217;l, Maqpalko&#8217;l, Shardaryo, Tobonko&#8217;l kabi ko&#8217;llar bor. Ulardan ham ekinlarni sug&#8217;orishda foydalaniladi. Tuproqlari, asosan, och bo&#8217;z, qo&#8217;ng&#8217;ir, o&#8217;tloqi, botqoqo&#8217;tloqi tuproq; ba&#8217;zi joylarda sho&#8217;r tuproklar va takirlar ham bor. Tabiiy o&#8217;simliklardan qamish, qo&#8217;g&#8217;a, yulg&#8217;un va boshqalar o&#8217;sadi. Yovvoyi hayvonlardan quyon, bo&#8217;rsiq, tulki, qobon, chiyabo&#8217;ri, bo&#8217;ri, tipratikan, ko&#8217;rsichqon, har xil ilonlar, kaltakesaklar; qushlardan o&#8217;rdak, g&#8217;oz, birqozon, qo&#8217;ton, qiziloyoq, yilqichi, qirg&#8217;ovul, to&#8217;rg&#8217;ay, kaptar, qirg&#8217;iy, musicha va boshqalar yashaydi. Aholisi, asosan, qoraqalpoqlar; o&#8217;zbek, rus, qozoq, tatar, koreys va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Aholining o&#8217;rtacha zichligi 1 kilometr kvadratga 31 kishi. Shahar aholisi 46,2 ming kishi, qishloq aholisi 46,6 ming kishi (2004). Xo&#8217;jaligi. Tuman xo&#8217;jaligida qishloq xo\u2019jaligi asosiy o&#8217;rinni egallaydi. Paxtachilik va sholikorlik, chorvachilik va polizchilik yaxshi rivojlangan. Pillachilik bilan ham shug&#8217;ullaniladi. Tumanda maishiy xizmat ko&#8217;rsatish shoxobchalari, paxta tozalash, yog&#8217;moy, g&#8217;isht, qurilish materiallari, keramika, asfaltbeton zavodlari va boshqalar bor. Chimboy tumanida 9 shirkat, 570 dan ziyod fermer xo&#8217;jaligi faoliyat ko&#8217;rsatadi. Qishloq xo\u2019jaligida foydalaniladigan yerlarga paxta, sholi, sabzavot va poliz, yem-xashak ekinlari ekiladi. Tuman jamoa va shaxsiy xo&#8217;jaliklarida qoramol, qo&#8217;y va echki, parranda boqiladi. Chimboy tumanida Pedagogika kasb-hunar kolleji, umumiy ta&#8217;lim maktablari, Qoraqalpog&#8217;iston qishloq xo&#8217;jaligi ilmiy tadqiqot instituti, naslchilik stansiyasi faoliyat ko&#8217;rsatadi. 6 kutubxona, bolalar madaniyat saroyi, 4 madaniyat uyi, 5 kasalxona, poliklinika, tug&#8217;ruqxona, 11 qishloq vrachlik punkti aholiga xizmat ko&#8217;rsatadi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>CHIMBOY TUMANI &#8211; Qoraqalpog&#8217;iston Respublikasidagi tuman. 1927 yil 3 iyulda tashkil etilgan. Shimoli g&#8217;arbdan Mo&#8217;ynoq, g&#8217;arbdan Bo&#8217;zatov va Janubdan Kegeyli, Sharq va shimoli sharqdan Qorao&#8217;zak, tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 3 &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/chimboy-tumani\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[171],"tags":[],"class_list":["post-21782","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-ch-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21782","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=21782"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21782\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":21785,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21782\/revisions\/21785"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=21782"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=21782"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=21782"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}