{"id":21817,"date":"2022-03-18T07:49:44","date_gmt":"2022-03-18T04:49:44","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=21817"},"modified":"2022-03-18T07:49:45","modified_gmt":"2022-03-18T04:49:45","slug":"chollanish","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/chollanish\/","title":{"rendered":"CHO&#8217;LLANISH"},"content":{"rendered":"\n<p>CHO&#8217;LLANISH \u2014 qurg&#8217;oqchil iqlimli o&#8217;lkalarda ekologik tizimlarning buzilishi, ulardagi organik hayotning barcha shakllari yomonlashuviga va natijada tabiiy-iqtisodiy imkoniyatlarning pasayib ketishiga olib keluvchi tabiiy-geografik hamda antropogen jarayonlar majmui. Bu jarayonlar tabiiy o&#8217;simliklar turlari va miqdorining kamayishi, tuproq eroziyasi, tuproqning sho&#8217;rlanishi va unumdorligining kamayib ketishi kabilardan iborat. Cho&#8217;llanish natijasida cho&#8217;llarning maydoni ortadi, cho&#8217;l tavsifli landshaftlar yuzaga keladi. Yer yuzasining 48,5 million kilometr kvadratga yaqin qismi cho&#8217;l va chala cho&#8217;llardan iborat bo&#8217;lib, uning 10 million kilometr kvadratga yaqini antropogen omillar ta&#8217;sirida yuzaga kelgan. Cho&#8217;llanish jarayoni deyarli barcha qit&#8217;alarda, ko&#8217;proq Afrika, Osiyo, Avstraliya hamda Janubiy Amerikaning qurg&#8217;oqchil iklimli hududlarida kuzatilmoqda. O&#8217;rta Osiyoda Orol dengizi va Orolbo&#8217;yi regionida ham mavjud bo&#8217;lib, tang ekologik holat yuzaga keldi. Cho&#8217;llanish murakkab va jahon miqyosidagi ekologik muammoga aylandi. Cho&#8217;llanish 1968-79 yillarda Afrikada Sahroi Kabirning Janubiy hududlarida, g&#8217;arbdan Mavritaniya va Senegaldan boshlab, sharqda Chad va Sudan chegarasigacha bo&#8217;lgan juda kata maydonda ro&#8217;y bergan va bu qurg&#8217;okchilik &#8220;Sahel fojiasi&#8221; nomi bilan mashhur bo&#8217;ldi. Cho&#8217;llanishni o&#8217;rganish, oldini olish va unga qarshi kurashish chora-tadbirlari bo&#8217;yicha jahon miqyosida ishlar olib boriladi. Bu mavzudagi 1-ilmiy anjuman 1977 yilda Keniyaning Nayrobi shahrida o&#8217;tkazilgan va unda Cho&#8217;llanishga qarshi kurash rejasi ishlab chiqilgan. Bunday ilmiy anjumanlar O&#8217;zbekistonda 1981 yilda Toshkentda, 2000 yilda Samarqandda o&#8217;tkazilgan. O&#8217;zbekiston Respublikasi 1995 yil 31 oktabrda qurg&#8217;oqchilik va Cho&#8217;llanishga qarshi kurash xalqaro konventsiyasiga qo&#8217;shilgan. Shuhrat Zokirov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>CHO&#8217;LLANISH \u2014 qurg&#8217;oqchil iqlimli o&#8217;lkalarda ekologik tizimlarning buzilishi, ulardagi organik hayotning barcha shakllari yomonlashuviga va natijada tabiiy-iqtisodiy imkoniyatlarning pasayib ketishiga olib keluvchi tabiiy-geografik hamda antropogen jarayonlar majmui. Bu jarayonlar tabiiy &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/chollanish\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[171],"tags":[],"class_list":["post-21817","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-ch-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21817","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=21817"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21817\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":21823,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21817\/revisions\/21823"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=21817"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=21817"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=21817"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}