{"id":21891,"date":"2022-03-18T10:25:55","date_gmt":"2022-03-18T07:25:55","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=21891"},"modified":"2022-03-18T10:25:56","modified_gmt":"2022-03-18T07:25:56","slug":"chipqon","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/chipqon\/","title":{"rendered":"CHIPQON"},"content":{"rendered":"\n<p>CHIPQON, furunkul \u2014 soch xaltachasi (follikula) va atrofidagi yog&#8217;bezi hamda to&#8217;qimalarining o&#8217;tkir yiringli nekrotik yallig&#8217;lanishi. Stafilokokklar qo&#8217;zg&#8217;atadi. Terida yog&#8217;va ter ajralishining kuchayishi, avitaminoz, moddalar almashinuvining buzilishi, tozalikka va shaxsiy gigienaga rioya qilmaslik, terining tirnalishi, chaqalanishi Chipqonga sabab bo&#8217;ladi. Chipqon terining tukli qismida, ko&#8217;pincha bo&#8217;yin (ensa sohasi), yuz, bel, dumba, son va boshqa joylarga chiqadi. Chipqon har xil kattalikda bo&#8217;lishi mumkin. Dastlab dumaloq, konussimon, qizg&#8217;ish tuguncha yuzaga kelib, teridan ko&#8217;tarilib chiqadi, bezillab og&#8217;riydi, atrofidagi to&#8217;qimalar shishadi. Agar lab, qovoq kabi yog&#8217;ko&#8217;p yig&#8217;iladigan sohada paydo bo&#8217;lsa, atrofi juda shishib ketadi, hatto bemor og&#8217;zi bilan ko&#8217;zini ocholmay qoladi, qattiq og&#8217;riydi. Kasallik sekinasta avj oladi; do&#8217;mbayib turgan tuguncha 3-4 kuvdan so&#8217;ng kattalashib yallig&#8217;lanadi, o&#8217;rtasi yiring boylaydi, keyin ko&#8217;kimtir tusga kiradi, yiring ko&#8217;payib, Chipqon uch beradi va yoriladi. Yorilgan yerdan bir oz yiring chiqib, yara paydo bo&#8217;ladi. Yara o&#8217;rtasida soch va uning atrofidagi to&#8217;qimalardan iborat Chipqon &#8220;o&#8217;ligi&#8221; ko&#8217;rinib turadi; 2-3 kundan keyin yara kattalashib, ichidan qon aralash yiring chiqadi. Bu vaqtda og&#8217;riq kamaygan, Chipqon atrofidagi shish va yallig&#8217;lanish alomatlari ancha pasaygan bo&#8217;ladi. Keyinchalik Chipqon &#8220;o&#8217;ligi&#8221; butunlay chiqib, yara chandiqlanib bitadi. Chipqonning ayni vaqtda ko&#8217;plab toshishi furunkulyoz deyiladi. Mahalliy va umumiy furunkulyoz farq qilinadi. Mahalliy yoki chegaralangan furunkulyoz, asosan, terining ma&#8217;lum bir qismida (ko&#8217;pincha bo&#8217;yin, bel, dumba sohasida) uchrab, sanitariya-gigiena qoidalarining buzilishi, Chipqonni o&#8217;z vaqtida davolamaslik yoki noto&#8217;g&#8217;ri davolash natijasida vujudga keladi. Umumiy yoki tarqoq furunkulyoz terining anchagina qismini egallaydi, bunga ko&#8217;pincha moddalar almashinuvining buzilishi (diabet, kolit, nevrit, anemiya va boshqalar), gipovitaminoz (A, V, S), tuzuk ovqatlanmaslik, og&#8217;ir infektsion yoki surunkali kasalliklar, birdan sovqotish, issiqlab ketish, shuningdek, jismonan toliqish, nerv sistemasi faoliyatining buzilishi va boshqalar sabab bo&#8217;ladi. Chipqon va furunkulyozni mutaxassis vrach davolaydi; davo kasallik bosqichi, o&#8217;rni va tanada tarqalishiga qarab olib boriladi. Chipqonni har kim o&#8217;z bilgicha sitishi yaramaydi, aks holda og&#8217;ir asoratlar yuzaga kelishi mumkin. Chipqon yoki furunkulyoz chiqqanda hammomga tushish, shuningdek, dush, vanna qabul qilishga ruxsat etilmaydi; vrach tavsiyasi bo&#8217;yicha dezinfektsiyalovchi vanna (margansovka bilan) qilish mumkin. Parhez saqlash, xususan, achchiq, sho&#8217;r ovkatlar va shirinliklarni cheklash, servitamin ovkatlar tavsiya etiladi. Chipqonga davo qilinganda avvalo unga sabab bo&#8217;lgan asosiy kasallikni davolash lozim.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>CHIPQON, furunkul \u2014 soch xaltachasi (follikula) va atrofidagi yog&#8217;bezi hamda to&#8217;qimalarining o&#8217;tkir yiringli nekrotik yallig&#8217;lanishi. Stafilokokklar qo&#8217;zg&#8217;atadi. Terida yog&#8217;va ter ajralishining kuchayishi, avitaminoz, moddalar almashinuvining buzilishi, tozalikka va shaxsiy gigienaga &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/chipqon\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[171],"tags":[],"class_list":["post-21891","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-ch-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21891","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=21891"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21891\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":21896,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21891\/revisions\/21896"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=21891"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=21891"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=21891"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}