{"id":21899,"date":"2022-03-18T10:44:23","date_gmt":"2022-03-18T07:44:23","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=21899"},"modified":"2022-03-18T10:44:24","modified_gmt":"2022-03-18T07:44:24","slug":"chokindi-tog-jinslari","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/chokindi-tog-jinslari\/","title":{"rendered":"CHO&#8217;KINDI TOG\u2019 JINSLARI"},"content":{"rendered":"\n<p>CHO&#8217;KINDI TOG\u2019 JINSLARI &#8211; moddaning suvda cho&#8217;kishi yoki havodan tushishidan hamda quruqlik yuzasi, dengiz okean havzalaridagi muzlar faoliyati natijasida hosil bo&#8217;ladigan tof jinslari. Cho&#8217;kish mexanik (og&#8217;irlik kuchi ta&#8217;siri va muhit dinamikasining o&#8217;zgarishidan), kimyoviy (suvli eritmaning to&#8217;yinish kontsentratsiyasiga yetishidan va almashinuv reaktsiyalari natijasida) hamda biogen yo&#8217;l bilan (organizmlar hayot faoliyati bilan bog&#8217;liq) sodir bo&#8217;ladi. Cho\u2019kindi tog\u2019 jinslari cho&#8217;kish xarakteriga ko&#8217;ra, chaqiq, kimyoviy va biogen jinslarga bo&#8217;linadi. Cho\u2019kindi tog\u2019 jinslarini hosil qiladigan asosiy manbalar: yer po&#8217;stini tashkil qilgan magmatik, metamorfik va qadimgi cho\u2019kindi jinslar; tabiiy suvlarda erigan komponentlar; atmosfera gazlari; organizmlarning hayot faoliyati jarayonida hosil bo&#8217;ladigan mahsulotlar; vulkanogen materiallardan iborat. Hozirgi zamon okean cho&#8217;kindilari va qadimgi cho&#8217;kindi jinslarda kosmik material va organik qoldiqlar ham uchraydi. Ba&#8217;zi Cho\u2019kindi tog\u2019 jinslari (ohaktosh, ko\u2019mir, diatomit va boshqalar) butkul organik qoldiqlardan tarkib topgan. Zarra (donalar)ning o&#8217;lchami, ularning shakli va o\u2019zaro birikmalari Cho\u2019kindi tog\u2019 jinslari struktururasini belgilaydi. Cho\u2019kindi tog\u2019 jinslari shakli va hajmi turlicha bo&#8217;lgan qatlam, linza va boshqa shakllardagi geologik jismlar hosil qilib, yer pustida normalgorizontal, qiya yoki murakkab burmalar tarzida yotadi. Ushbu jismlarning ichki tuzilishi (donalarzarralarning o\u2019zaro joylashuvi va yo\u2019nalishi bilan bog&#8217;liq) va bo&#8217;shliqni qay yo&#8217;sinda to&#8217;ldirishi Cho\u2019kindi tog\u2019 jinslari teketurasi deyiladi. Cho\u2019kindi tog\u2019 jinslari quyidagicha hosil bo&#8217;ladi: tub tog&#8217; jinslarining yemirilishidan paydo bo\u2019lgan dastlabki mahsulot suv, shamol, muzliklar bilan ko&#8217;chib, quruqlik yuzasi va suv havzalariga cho&#8217;kadi. Natijada turli xil komponentlardan tuzilgan bo\u2019sh va g&#8217;ovak, suvga to&#8217;yingan cho&#8217;kindi hosil bo\u2019ladi. Bu cho\u2019kindi murakkab va xilma-xil fizik-kimyoviy (qisman biologik) sistemadan iborat bo&#8217;lib, vaqt o&#8217;tishi bilan asta-sekin cho\u2019kindi jinsga aylanadi. Cho\u2019kindi tog\u2019 jinslarining tasnifi ularning tarkibi va genezisiga ko&#8217;ra 10 dan ortiq guruhga ajratiladi: chaqiq jinslar, gillar, glaukonitli, glinozyomli, temirli, marganesli, fosfatli, kremniyli, karbonatli jinslar, tuzlar, kaustobiolitlar va boshqalar. Asosiy guruhlardan tashqari aralash tarkibli jinslar ham bor. Cho\u2019kindi tog\u2019 jinslari kimyoviy tarkibiga ko\u2019ra magmatik jinslardan farqlanadi: jins hosil qiluvchi komponentlar tarkibi turlicha buladi; tarkibida suv, karbonat kislota, organik uglerod, kaltsiy, oltingugurt, galoidlar kup buladi; temir oksidi bilan temir (II) oksidi nisbati katta. Cho\u2019kindi tog\u2019 jinslaridan gil (gil, argillit, gilli slaneslar \u2014 50% ga yaqin), qumtosh (qum va qumtoshlar) va karbonatli jinslar (ohaktoshlar, dolomitlar 45% cha) keng tarqalgan. Yer yuzasida Cho\u2019kindi tog\u2019 jinslarining hosil bulishi va joylashuvi iqlim va tektonik sharoitlar bilan aniqlanadi. Geosinklinallarda Cho\u2019kindi tog\u2019 jinslarining katta qatlamlari yig&#8217;iladi, platformalarda esa, aksincha ularning qalinligi kam bo\u2019ladi. Cho\u2019kindi tog\u2019 jinslari Yer po\u2019sti massasining 10% ni tashkil qilib, yer yuzasining 75% ni qoplaydi. Quruqlikdagi Cho\u2019kindi tog\u2019 jinslarining 75% geosinklinal oblastlarda bo&#8217;lib, 25% platformalarga to&#8217;g&#8217;ri keladi. Yer qa&#8217;ridan olinadigan jami foydali qazilmalar (ko\u2019mir, neft, tuzlar, temir, marganes va alyuminiy rudalari, oltin va platina sochmalari, olmos, fosforitlar, qurilish materiallari va boshqalar) ning 75% Cho\u2019kindi tog\u2019 jinslariga to\u2019g&#8217;ri keladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>CHO&#8217;KINDI TOG\u2019 JINSLARI &#8211; moddaning suvda cho&#8217;kishi yoki havodan tushishidan hamda quruqlik yuzasi, dengiz okean havzalaridagi muzlar faoliyati natijasida hosil bo&#8217;ladigan tof jinslari. Cho&#8217;kish mexanik (og&#8217;irlik kuchi ta&#8217;siri va muhit &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/chokindi-tog-jinslari\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[171],"tags":[],"class_list":["post-21899","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-ch-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21899","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=21899"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21899\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":21903,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21899\/revisions\/21903"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=21899"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=21899"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=21899"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}