{"id":21901,"date":"2022-03-18T10:44:49","date_gmt":"2022-03-18T07:44:49","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=21901"},"modified":"2022-03-18T10:44:50","modified_gmt":"2022-03-18T07:44:50","slug":"chol","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/chol\/","title":{"rendered":"CHO&#8217;L"},"content":{"rendered":"\n<p>CHO&#8217;L \u2014 o&#8217;simlik dunyosining yaxshi rivojlanishiga yo&#8217;l bermaydigan doimiy quruq va issiq iqlimli o&#8217;lkalardagi biom tipi. Yer quruqlik qismining 20% dan ortig&#8217;ini egallaydi. Tuprog&#8217;i va yer yuzasini qoplagan yotqiziqlariga ko&#8217;ra quyidagi Cho\u2019llar ajratiladi: qadimgi allyuvial tekisliklarning g&#8217;ovak jinslari ustidagi \u2014 qumli Cho\u2019l, gipsli plato va tog&#8217;oldi tekisliklaridagi shag&#8217;alli va qumshag&#8217;alli Cho\u2019l, gipsli plato va tog&#8217;oldi tekisliklaridagi chag&#8217;ir shag&#8217;alli gipsli Cho\u2019l, pasttog&#8217; va tepaliklardagi Toshloq Cho\u2019l, kam karbonatli qumoq tuproqlar ustidagi qumoq Cho\u2019l, tog&#8217; etagi tekisliklaridagi lyossli Cho\u2019l, tog&#8217; etaklaridagi tekisliklar va daryolarning qadimgi deltalari o\u2019rnidagi gilli taqir Cho\u2019l, sho&#8217;r mergel va gil jinslardan tuzilgan past tog&#8217;lardagi gilli baland Cho\u2019l, dengiz sohillari va sho&#8217;rxok depressiyalardagi sho&#8217;rxok Cho\u2019llar. Cho\u2019lning o&#8217;simlik turlari o&#8217;ziga xos. Ular qadimgi tur hosil bo&#8217;lish markazlaridan. Bu yerlarda kaynozoygacha bo&#8217;lgan endemiklar ko&#8217;p tarqalgan. O&#8217;simlik turlari Cho\u2019llar yer yuzasining tuzilishi, tuproq tarkibi, namgarchilik miqdoriga bog&#8217;liq. Turli qit&#8217;alardagi Cho\u2019l o&#8217;simliklarining tarqalishida o&#8217;xshashlik xususiyatlari ham bor; barcha yerda o&#8217;simlik siyrak, turi kam, katta maydonlarda bir xil o&#8217;simliklar o&#8217;sadi. Mo&#8217;tadil mintaqalarning materik ichkarisidagi Cho\u2019llarida sklerofil tipdagi o&#8217;simliklar, jumladan, bargsiz buta ko&#8217;p. Ular orasida efemer va efemeroidlar muhim o&#8217;rinni egallaydi. Subtropik va tropik mintaqalarning materik ichkarisidagi Cho\u2019llarida kserofil butalar va ko&#8217;p yillik o&#8217;t ko&#8217;p. Qumli Cho\u2019llarning o&#8217;simlik dunyosi bir qadar boy, qumshag&#8217;alli Cho\u2019llarda esa o&#8217;simlik kam bo&#8217;ladi. Sho&#8217;r qatqaloq bosgan Cho\u2019llarda o&#8217;simlik umuman o&#8217;smaydi. Subtropik Cho\u2019llarning o&#8217;simlik dunyosi ancha boy. Bu yerlarda pakana akatsiya va evkaliptlar o&#8217;sadi, shag&#8217;al aralash chag&#8217;ir toshli Cho\u2019llarda sho&#8217;ra va sho&#8217;radoshlar uchraydi. Okean sohillaridagi subtropik va tropik Cho\u2019llarda sukkulent tipidagi o&#8217;simlik ko&#8217;p. Osiyoning mo&#8217;tadil mintaqa cho&#8217;llaridagi daryo vodiylarida barg to&#8217;kuvchi daraxtlar \u2014 turang&#8217;il, terak, tol, jiyda, subtropik va tropic mintaqalardagi daryo vodiylarida doim yashil o&#8217;simliklar \u2014palma va tolgullar o&#8217;sadi. Potihkamol G&#8217;ulomov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>CHO&#8217;L \u2014 o&#8217;simlik dunyosining yaxshi rivojlanishiga yo&#8217;l bermaydigan doimiy quruq va issiq iqlimli o&#8217;lkalardagi biom tipi. Yer quruqlik qismining 20% dan ortig&#8217;ini egallaydi. Tuprog&#8217;i va yer yuzasini qoplagan yotqiziqlariga ko&#8217;ra &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/chol\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[171],"tags":[],"class_list":["post-21901","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-ch-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21901","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=21901"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21901\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":21905,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21901\/revisions\/21905"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=21901"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=21901"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=21901"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}