{"id":21937,"date":"2022-03-18T12:39:36","date_gmt":"2022-03-18T09:39:36","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=21937"},"modified":"2022-03-18T12:39:37","modified_gmt":"2022-03-18T09:39:37","slug":"chuqurlikdagi-yoriqlar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/chuqurlikdagi-yoriqlar\/","title":{"rendered":"CHUQURLIKDAGI YORIQLAR"},"content":{"rendered":"\n<p>CHUQURLIKDAGI YORIQLAR, o&#8217;ta chuqur yoriqlar \u2014 yer po&#8217;stining mantiyagacha bo&#8217;lgan qismidagi cho&#8217;kindi va magmatik tog&#8217; jinslarining geologik tashkil topish davrlarida tektonik harakatlar tufayli yaxlitligining buzilishi (deformatsiyalanishi, darz ketishi, sinishi va maydalanishi) natijasida hosil bo&#8217;lgan zonalar. Uzunligi yuzlab kilometr, chuqurligi 70-80 kilometr va eni bir necha yuz metrdan 10 kilometrga cho&#8217;zilgan bo&#8217;lib, ba&#8217;zi joylarda ular yer mantiyasigacha kirib boradi. Bu zonalar yirik geologik strukturalar (tog&#8217;tizmalari, cho&#8217;kma, vodiy va tekisliklar) ni birbiridan ajratadi va turli shakllarda namoyon bo&#8217;lib, chegara vazifasini o&#8217;taydi. Dastlabki Chuqurlikdagi yoriqlar proterozoy boshlarida (600 million yilcha avval) paydo bo&#8217;lgan. Chuqurlikdagi yoriqlar ta&#8217;limotiga asos solgan rus olimi A.V. Peyve 1945 yilda &#8220;Chuqurlikdagi yoriqlar&#8221; terminiga keng ta&#8217;rif bergan. Chuqurlikdagi yoriqlar haqidagi ta&#8217;limot geotektonikaning mustaqil bo&#8217;limiga aylandi. Chuqurlikdagi yoriqlar yer po&#8217;sti va yuqori mantiyaning o&#8217;ta o&#8217;tkazuvchan zonalari bo&#8217;lib xizmat qiladi, bu zonalarda magmatik o&#8217;choqlar vujudga keladi va magmatik faoliyat to&#8217;planadi. Chuqurlikdagi yoriqlarda vulkan mintaqalari, Ultra asosli magma mintaqalari, granitoid plutonlari va ruda maydonlari bo&#8217;ladi. Kontinent, dengiz va okeanlar, tog&#8217;li o&#8217;lkalarning chegaralari ko&#8217;pincha, Chuqurlikdagi yoriqlar bilan bog&#8217;liq. Ular geofizika usullari, aerokosmik fotos&#8217;yomka, ayniqsa, chuqur seysmik zondlash, zilzila to&#8217;lqinlari yordamida aniqlanadi va o&#8217;rganiladi. Chuqurlikdagi yoriqlarning yuqori qismi bilan zilzila o&#8217;choqlari bevosita bog&#8217;liq. Ba&#8217;zan ularning yo&#8217;llari bo&#8217;ylab neft va gaz konlari qatori joylashadi. O&#8217;rta Osiyoda, shuningdek, O&#8217;zbekistonda Talas Farg&#8217;ona, Farg&#8217;ona Janubi va shimol hamda Tyanshan Janub chuqur yoriqlari mavjud. Ular geologik strukturalarni va ular bilan boglik bo&#8217;lgan foydali qazilma boyliklarni shakllanishida muhim rol o&#8217;ynagan. O&#8217;rta Osiyoda Chuqurlikdagi yoriqlarni o&#8217;rganishda H.M. Abdullayev, M.O. Ahmadjonov, T.L.Bobojonov, F.X.Zunnunov, R.N.Ibrohimov, I.H.Hamroboev, J.H.Yaqubov va boshqalar salmoqli hissa qo&#8217;shganlar. Ad.: I.X. Xamrabayev, Glubinnoe stroeniye litosferi Pamira i Tyan Shana. Dinamika i evolyutsiya litosferi, M., 1986.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>CHUQURLIKDAGI YORIQLAR, o&#8217;ta chuqur yoriqlar \u2014 yer po&#8217;stining mantiyagacha bo&#8217;lgan qismidagi cho&#8217;kindi va magmatik tog&#8217; jinslarining geologik tashkil topish davrlarida tektonik harakatlar tufayli yaxlitligining buzilishi (deformatsiyalanishi, darz ketishi, sinishi va &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/chuqurlikdagi-yoriqlar\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[171],"tags":[],"class_list":["post-21937","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-ch-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21937","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=21937"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21937\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":21938,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21937\/revisions\/21938"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=21937"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=21937"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=21937"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}