{"id":21942,"date":"2022-03-18T12:48:01","date_gmt":"2022-03-18T09:48:01","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=21942"},"modified":"2022-03-18T12:48:03","modified_gmt":"2022-03-18T09:48:03","slug":"chirildoqlar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/chirildoqlar\/","title":{"rendered":"CHIRILDOQLAR"},"content":{"rendered":"\n<p>CHIRILDOQLAR (Gryllidae) to&#8217;g&#8217;riqanotlilar turkumiga mansub hasharotlar oilasi. Tropik va mo&#8221;tadil mintaqalarda 2 mingdan ortiq turi ma&#8217;lum. Sernam o&#8217;tloq yerlarda, poliz va sabzavot ekinzorlarida, xonadonlarda yashaydi. O&#8217;rta Osiyoning sug&#8217;orma dehqonchilik mintaqalarida ko&#8217;pincha dasht chirildog&#8217;i (Acheta deserta Pall.) uchraydi. Erkagining tana uzunligi 10\u2014 16 millimetr, urg&#8217;ochisiniki 12-20 millimetr, qora; tanasi mayda kulrang tuklar bilan qoplangan. Orqa oyoqlari sakrovchi. Ustqanoti qornining uchigacha yetadi. Erkagi ustqanotlarini bir-biriga ishqalab chirillagan tovush chiqaradi. Eshitish organi oldingi boldirida. Qornining uchida uzun o&#8217;simtalari bor. Tuproq yoriqlari, toshlar tagi yoki uyalarda, ba&#8217;zilari uylarda (uy chirildog&#8217;i yoki qora chigirtka) yashaydi. Tuproqning yuza qatlamida katta (beshinchi) yoshdagi lichinkalari qishlaydi. Aprel-may oylarida lichinkalar pust tashlab, voyaga yetgan hasharotga aylanadi. Qanotlari shakllanib bo&#8217;lganidan keyin, bir oy o&#8217;tgach Chirildoqlar kichikroq gala bo&#8217;lib, tuproq yoriqlariga tuxum qo&#8217;yadi. 15-20 kunda tuxumdan lichinkalar chiqadi. Yiliga bir marta avlod beradi. Ekinlarni zararlaydi, ba&#8217;zan ko&#8217;chat qalinligining kamayishiga sabab bo&#8217;lishi mumkin. Vertun chirildog&#8217;i (Oecanthus turanicus Uv.) lalmi ekinzorlarni va ularga yakin joylashgan g&#8217;o&#8217;za, beda, yosh toklarni zararlaydi. Kurash choralari: zaharli xo&#8217;rak va o&#8217;simliklarga insektisidlar sepish, begona o&#8217;tlarga qarshi kurash, tuproqqa yaxshi ishlov berish va boshqalar. Sulton Alimuhamedov.<\/p>\n\n\n\n<p>CHIRILDOQLAR (Locustella) chumchuqsimonlar turkumiga mansub qushlar urug&#8217;i. Eng mayda qushlardan, uzunligi 12\u2014 16 santimetr. Tanasi cho&#8217;ziq, tumshug&#8217;i juda uzun va to&#8217;g&#8217;ri. Tanasining ustki tomonida yoki tomog&#8217;ida uzunasiga joylashgan qoramtir dog&#8217;lar bor. 7-8 turi, jumladan, O&#8217;zbekistonda 4 turi ma&#8217;lum. Yevropa, Shimoliy G&#8217;arbiy Afrika va Osiyoda (janubda Himolaygacha) tarqalgan. Afrika va Janubiy Osiyoda qishlaydi. O&#8217;rmon chetlari va to&#8217;qaylarda yashaydi. Butalarga yoki yerga uya quradi. Yer bag&#8217;irlab past uchadi. Hasharotlar bilan oziqlanadi. Chirqillashga o&#8217;xshash ovoz chiqarib sayraydi (nomi shundan).<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>CHIRILDOQLAR (Gryllidae) to&#8217;g&#8217;riqanotlilar turkumiga mansub hasharotlar oilasi. Tropik va mo&#8221;tadil mintaqalarda 2 mingdan ortiq turi ma&#8217;lum. Sernam o&#8217;tloq yerlarda, poliz va sabzavot ekinzorlarida, xonadonlarda yashaydi. O&#8217;rta Osiyoning sug&#8217;orma dehqonchilik mintaqalarida &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/chirildoqlar\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[171],"tags":[],"class_list":["post-21942","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-ch-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21942","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=21942"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21942\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":21943,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21942\/revisions\/21943"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=21942"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=21942"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=21942"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}