{"id":21960,"date":"2022-03-18T13:45:35","date_gmt":"2022-03-18T10:45:35","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=21960"},"modified":"2022-03-18T13:45:36","modified_gmt":"2022-03-18T10:45:36","slug":"chiroqchi-tumani","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/chiroqchi-tumani\/","title":{"rendered":"CHIROQCHI TUMANI"},"content":{"rendered":"\n<p>CHIROQCHI TUMANI \u2013 Qashqadaryo viloyatidagi tuman. 1926 yil 29 sentabrda tashkil etilgan. 1962 yilda Yakkabog&#8217; tumaniga qo&#8217;shilgan. 1964 yil 22 Fevralda qayta tashkil etildi. Sharqdan Shaxrisabz, Kitob, Janubi sharqdan Yakkabog&#8217;, Janubdan Qamashi, G&#8217;arb va Janubi g\u2019arbdan Qarshi, Koson tumanlari, shimoldan Samarqand viloyatining Pastdarg&#8217;om va Nurobod tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 2,84 ming kilometr kvadrat. Aholisi 270 ming kishi (2003). Tumanda 1 shahar (Chiroqchi), 20 qishloq fuqarolari yig&#8217;ini (Dam, Dodiq, Jar, Ko&#8217;kdala, Langar, Mirzato&#8217;p, Oxunboboyev, Paxtaobod, Torjilg&#8217;a, Uymovut, Uyshun, Xumo, Chim, Chorvador, Shurkuduq, Eski Angor, Yangi hayot, Kalkama, Kaxramon, Qumdaryo) bor. Markazi \u2014 Chiroqchi shahri. Tabiati. Tuman hududi viloyatning shimol qismida joylashgan. Relyefi tekis cho&#8217;l va qir-adirlardan iborat bo&#8217;lib, Janubi g&#8217;arbdan shimoli sharqqa (Qoratepa tog&#8217;i) balandlashib boradi. Balandligi tekis cho&#8217;l qismida 400\u2014 600 metr, adirda 700-900 metr va Zarafshon tizmasining davomi bo&#8217;lmish Qoratepa tog&#8217;ida 1200-1500 metr. Dursun qishlog&#8217;i yonida tabiiy gaz koni topilgan. Iqlimi keskin kontinental. Yillik o&#8217;rtacha temperatura 14,7\u00b0. Yanvarning o&#8217;rtacha temperaturasi 2,7\u00b0, eng past temperatura -20\u00b0. Iyulning o&#8217;rtacha temperaturasi 28\u00b0, eng yuqori temperatura 45\u00b0. Vegetatsiya davri 220-230 kun. Yiliga 368 millimetr, sharqida 400-500 millimetr yog&#8217;in tushadi. Tumandagi ekinlar Qashqadaryo, Qumdaryo, Oyoqchidaryo va boshqa kanallardan sug\u2019oriladi. Tumanning Janubda Chimqo&#8217;rg&#8217;on suv ombori bor. Shimol tog&#8217;li zonada o&#8217;tloqi, tekislik qismida tipik bo&#8217;z tuproqlar, och bo&#8217;z tuproq, daryo vodiylarida o&#8217;tloqibotqoq tuproqlar tarqalgan. Yovvoyi o&#8217;simliklardan rang, qarg&#8217;aoyoq, qamish, chitir, karrak, bug&#8217;doyiq, yantoq, qashqar beda, qoramug&#8217;, qo&#8217;ziquloq, oqquray, tuyaqorin va boshqalar o&#8217;sadi. Yovvoyi hayvonlardan tulki, yumronqoziq, quyon, kalamush, qo&#8217;shoyoq, sichqon, echkemar; qushlardan qirg&#8217;ovul, so&#8217;fito&#8217;rg&#8217;ay, chumchuq, chug&#8217;urchiq, zarg&#8217;addoq va boshqalar bor. Aholisi, asosan, o&#8217;zbeklar, shuningdek, tojik, tatar, rus, ukrain va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Aholining o&#8217;rtacha zichligi 1 kilometr kvadratga 95,1 kishi. Qishloq aholisi 252,5 ming kishi, shahar aholisi 17,5 ming kishi (2003). Xo&#8217;jaligi. Tumanda 2526 yirik, o&#8217;rta, kichik korxona va mikrofirmalar, paxta tozalash, g&#8217;isht zavodlari, gilam fabrikasi, MTP, qurilish tashkilotlari, avtokorxona, bosmaxona, savdo, madaniy va maishiy xizmat ko&#8217;rsatish shoxobchalari bor. 20 shirkat, 970 fermer, bo&#8217;rdoqichilik xo&#8217;jaliklari faoliyat ko&#8217;rsatadi. Qishloq xo\u2019jagi paxtachilik, g\u2019allachilik va chorvachilikka ixtisoslashgan. Pillachilik bilan ham shug&#8217;ullaniladi. Ekin maydonlariga paxta, don, kartoshka, poliz, sabzavot, ozuqa ekinlari ekiladi. Tuman jamoa va shaxeiy xo&#8217;jaliklarida qoramol, Qorako&#8217;l qo&#8217;y, parranda boqiladi. 174 umumiy ta&#8217;lim, bolalar musiqa maktablari, 3 kasb-hunar kollejlari, Markaziy kutubxona va uning tarmoqlari, 18 klub muassasalari, madaniyat va istirohat bog&#8217;i ishlab turibdi. Kasalxona, feldsherakusherlik punktlari, poliklinika, dorixonalar va boshqa tibbiy muassasalar bor.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>CHIROQCHI TUMANI \u2013 Qashqadaryo viloyatidagi tuman. 1926 yil 29 sentabrda tashkil etilgan. 1962 yilda Yakkabog&#8217; tumaniga qo&#8217;shilgan. 1964 yil 22 Fevralda qayta tashkil etildi. Sharqdan Shaxrisabz, Kitob, Janubi sharqdan Yakkabog&#8217;, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/chiroqchi-tumani\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[171],"tags":[],"class_list":["post-21960","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-ch-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21960","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=21960"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21960\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":21969,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21960\/revisions\/21969"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=21960"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=21960"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=21960"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}