{"id":21975,"date":"2022-03-18T14:18:48","date_gmt":"2022-03-18T11:18:48","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=21975"},"modified":"2022-03-18T14:18:49","modified_gmt":"2022-03-18T11:18:49","slug":"chust","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/chust\/","title":{"rendered":"CHUST"},"content":{"rendered":"\n<p>CHUST \u2014 Namangan viloyati Chust tumanidagn shahar, tuman markazi. Farg&#8217;ona vodiysining shimoliy chekkasida, tog&#8217; etagidagi tekislikda, Chust soyi sohilida, Namanganning 36 kilometr g&#8217;arbida, Chust temir yo\u2019l stantsiyasidan 13 kilometr shimolda 1000-1200 metr balandlikda joylashgan. Aholisi 63,8 kishi (2004). Chusovitina Farg&#8217;ona vodiysining qadimgi shaharlaridan biridir. Chustning shimol chekkasidagi Buonamozor (Bibionamozor) manzilgohi hududidan Chust madaniyatiga oid materiallar topilgan. Chustning Yoshi to&#8217;g&#8217;risida bir qancha taxminlar mavjud. Bibiona manzilgohida 1953, 1957, 1959, 1961 yillarda olib borilgan arxeologik qazilma ishlari natijasida bu yerdagi madaniyat so&#8217;nggi jez va ilk temir davriga mansubligi ma&#8217;lum bo&#8217;ldi. O&#8217;rta asrlarda shahar harbiy qal&#8217;a sifatida rivojlandi. Boburning otasi Umarshayx Mirzo 1480 yilda Chustni o&#8217;z qarorgohiga aylantirgan. 16-asr boshida Chust bir necha qo&#8217;rg&#8217;ondan iborat bo&#8217;lib, ular umumiy devor bilan o&#8217;ralgan. 1882 yilda qal&#8217;a devorlari buzib tashlandi. Shahar kengayib, 1886 yildan Chust Chust uezdi markazi bo&#8217;lgan. Chustga oid dastlabki ilmiy ma&#8217;lumotlar sharqshunos olim akademik A.F. Middendorfning &#8220;Farg&#8217;ona vodiysi ocherklari&#8221; da (Sankt-Peterburg, 1882) uchraydi. Shahar nomining kelib chiqishi to&#8217;g&#8217;risida tarixchi, tilshunos va toponimisg olimlarning bir qancha taxminlari mavjud. Tarixiy manbalardan shahar qadimdan Chust va tus nomlari bilan ma&#8217;lum bo&#8217;lganligi aniqlangan. Mahalliy tilshunos olimlarning fikricha Chust so&#8217;zi forschada &#8220;tez&#8221;, &#8220;tezkor&#8221; ma&#8217;nosini bildiradi. Chust qadimdan Farg&#8217;ona vodiysining hunarmandchilik markazlaridan biridir. Chustlik temirchilar, to&#8217;quvchilar, sopol buyum ustalari, zargarlarning mahorati shuhrat qozondi, Chust pichoqlari va do&#8217;ppilarining dong&#8217;i keng tarqaldi. 1912 yilda 6 paxta tozalash, charm zavodlari faoliyat ko&#8217;rsatgan. 1926 yildan Chust yangi tashkil qilingan Chust tumanining markazi bo&#8217;ldi. Chustda &#8220;Barion&#8221;, &#8220;Paxta tolasi&#8221;, &#8220;Chustmash&#8221; va boshqa aktsiyadorlik jamiyatlari, &#8220;Suvmash&#8221;, non zavodlari va savdo korxonalari, bosmaxona, ko&#8217;zi ojizlar korxonasi, kichik korxona, mikrofirmalar, qurilish, transport korxonalari va boshqalar faoliyat ko&#8217;rsatadi. Umumiy ta&#8217;lim maktablari, shu jumladan, gimnaziya-internat maktabi, sanatoriy-internat maktabi, iqtidorli bolalar internat maktabi, 2 bolalar va musiqa san&#8217;at maktablari, 6 kasb hunar kolleji, 3 bolalar va yoshlar sport maktabi, stadion, tennis korti, suzish havzasi, kutubxonalar va klublar, muzey, madaniyat va istirohat bog&#8217;i, tug&#8217;rukxona, Markaziy tuman kasalxonasi va uning bo&#8217;limlari ishlab turibdi. Chust orqali Farg&#8217;ona halqa avtomobil yo&#8217;li o&#8217;tadi va shaharni Namangan, Andijon, Pop, Farg&#8217;ona, Kosonsoy, G&#8217;ova, Varziq, olmos, Axcha va boshqa aholi punktlari bilan bog&#8217;laydi. Murodilla Haydarov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>CHUST \u2014 Namangan viloyati Chust tumanidagn shahar, tuman markazi. Farg&#8217;ona vodiysining shimoliy chekkasida, tog&#8217; etagidagi tekislikda, Chust soyi sohilida, Namanganning 36 kilometr g&#8217;arbida, Chust temir yo\u2019l stantsiyasidan 13 kilometr shimolda &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/chust\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[171],"tags":[],"class_list":["post-21975","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-ch-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21975","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=21975"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21975\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":21977,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21975\/revisions\/21977"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=21975"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=21975"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=21975"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}